Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o’rganiladi. SHunga asosan uning quyidagi bo’limlari mavjud: - Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o’rganiladi. SHunga asosan uning quyidagi bo’limlari mavjud:
- 1. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi.
- 2. Xususiy fonetika – fonetikaning muayyan bir til tovushlarini, ularning turlari fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. U quyidagi 2 qismdan iborat:
- A) tavsifiy fonetika – muayyan tilning fonetik tizimini statik (o’zgarmas) holatda (til taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog’lamay) o’rganadi.
- B) tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog’lab) o’rganadi va shu asosda tilning fonetik-fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar aniqlanadi.
- 3. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o’rganadi.
- 4. Eksperemental fonetika – nutq tovushlari, o’rg’u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o’rganadigan fonetikadir.
XIX asr oxirlariga kelib, nutq tovushlarini o’rganishda ularning 2 xil ko’rinishi – til tovushlari va nutq tovushlarini farqlay boshlandi. Til tovushlari haqidagi ilk g’oyalar rus va polyak tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene tomonidan ilgari surildi. U (va shogirdi Krushevskiy) o’z tadqiqotlarida til tovushlarini ilk bor fonema deb nomladi. Fonema yoki til tovushlari mavhum – hodisa bo’lib, bevosita kuzatishda berilmaydi, faqat aql bilan idrok etiladi. Masalan, miyaning til xotirasi qismida o’zbek tilidagi har bir tovushning ramzi (belgisi) mavjuddir. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi – xususiyatlar haqidagi axborotlar mujassamlangan bo’ladi. Miyadan biror tovushni aytish haqida «ko’rsatma» berilsa, nutq a’zolari shu tovushning ramzida mujassamlangan axborotga binoan harakatga kelib, (masalan, «u» tovush uning ramzida «ovozdan iborat», «og’iz bo’shlig’t tor holatda, tovush hosil bo’lish oralig’i tilning orqa qismida», lablar aktiv qatnashadi degan axborotlar bor) ma’lum holat egallaydi va o’pkadan zarb bilan chiqariladigan havo oqimi nutq tovushi sifatida namoyon bo’ladi. - XIX asr oxirlariga kelib, nutq tovushlarini o’rganishda ularning 2 xil ko’rinishi – til tovushlari va nutq tovushlarini farqlay boshlandi. Til tovushlari haqidagi ilk g’oyalar rus va polyak tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene tomonidan ilgari surildi. U (va shogirdi Krushevskiy) o’z tadqiqotlarida til tovushlarini ilk bor fonema deb nomladi. Fonema yoki til tovushlari mavhum – hodisa bo’lib, bevosita kuzatishda berilmaydi, faqat aql bilan idrok etiladi. Masalan, miyaning til xotirasi qismida o’zbek tilidagi har bir tovushning ramzi (belgisi) mavjuddir. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi – xususiyatlar haqidagi axborotlar mujassamlangan bo’ladi. Miyadan biror tovushni aytish haqida «ko’rsatma» berilsa, nutq a’zolari shu tovushning ramzida mujassamlangan axborotga binoan harakatga kelib, (masalan, «u» tovush uning ramzida «ovozdan iborat», «og’iz bo’shlig’t tor holatda, tovush hosil bo’lish oralig’i tilning orqa qismida», lablar aktiv qatnashadi degan axborotlar bor) ma’lum holat egallaydi va o’pkadan zarb bilan chiqariladigan havo oqimi nutq tovushi sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |