Tovuq homilasini ochib virus saqlovchi materialni olish.
Tovuq homilalarini ochishdan maqsad virus ko‘payganligini bilish va virus saqlovchi materialni olishdir. Virus saqlovchi materialni olish uchun homilani ochish aseptika qoidalariga amal qilinadi.
Homilaga qaysi virus yuqtirilganligini bilish uchun virusni homila strukturalaridagi tropizmiga e’tibor beriladi. Virus saqlovchi material bo‘lib XAP, homila to‘qimasi, sariq xalta devorlari, hamda allantois va amnion suyuqligi xizmat qiladi.
Amnion suyuqligidan virusni ajratib olish juda qulay, chunki allantois, amnion suyuqliklari tayyor virus suspenziyasi hisoblanadi. Homilasi bor tuxumning po‘chog‘ini ochishdan oldin yod qo‘shilgan spirt bilan ishlov beriladi ayrim hollarda flombirlash ham mumkin.
Ochib ko‘rish steril boksda, steril instrument va idishdan foydalangan holda bajariladi. Havo kamerasi ustidagi tuxum po‘chog‘i virus yuqtirilgan joyidan qirqiladi. Bunday tuxum burchak ostida tutib turilib, po‘choqning ichki qismiga tushishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qaychi esa havo kamerasi tagidagi po‘stloqni zararlamasligi uchun qirqishni havo kamerasining ustki qismi chegarasidan yuqoriroqdan o‘tkazish kerak. Ochilgan XAP patologoanatomik o‘zgarishlarni uchratish uchun pinset yordamida ko‘tarilib qaraladi XAP virus saqlovchi material yuqtirilgan qismida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Sinchiklab tekshirib chiqish uchun XAP bir qismini pinset yordamida ko‘tarib, o‘zgarishi bor joyi qaychi yordamida qirqib olinadi.
X
33-rasm. Allantois suyuqligini so‘rib olish (Nikolay va boshq. bo‘yicha).
AP kuzatish uchun homila, sariq xaltadan, oqsildan ajratib tuxum po‘chog‘ining ichki qismidan xorionallantois po‘stloq ajratib olinib fiziologik eritma quyilgan Petri likobchasiga solinadi.
Po‘stloqni chayqatib yuvgach ikkita pinset yordamida tekislanadi va bir tomonlama yoyib kuzatiladi. Po‘stloqdagi patologoanatomik o‘zgarishlar aniq ko‘rinishi uchun Petri likobchasining tagiga qora qog‘oz qo‘yiladi.
10 ml miqdordagi allantois suyuqligi po‘choq osti po‘stloq, homila tanasi ustidagi XAP teshilgach, pipetka yordamida so‘rib olinadi (33-rasm).
Pipetkani bu holda yuborish sariq xaltaning devorini tasodifan teshilishini va olinadigan allantois suyuqligi bilan aralashib ketishining oldini oladi.
Amnion suyuqligini 1ml gacha so‘rib olish mumkin. Buning uchun allantois suyuqligini olib bo‘lgach, homila tanasining bosh qismi ya’ni bo‘yin ostiga va amnion oralig‘iga pipetka kiritiladi (34-rasm). Sariq xalta devorini virus saqlovchi material sifatida olish uchun, sariq xalta Petri likobchasida chiqarilgach,devori qaychi bilan qirqilib tarkibidagi moddalardan fiziologik eritma bilan yuvish tufayli tozalanadi. Homila tanasining bo‘yin qismidan pinsetga qistirib chiqarib olinadi (35- rasm ).
35-rasm.Homila tanasini chiqarish (Nikolay bo‘yicha).
34-rasm. Amnion suyuqligini so‘rib olish (Nikolay va boshq.bo‘yicha).
Tovuq homilalarini ochib ko‘rganda virus saqlovchi materialni bakteriologik nazorat qilish uchun GPSh, GPA, GPJSh, Saburo muhitlariga ekiladi. Virus saqlovchi material minus 250c va undan past haroratda saqlanadi.
Topshiriq
1. Tovuq homilalarini virus yuqtirish uchun tayyorlash.
2. Tovuq homilalariga n’yukasl kasalligi va kabutarlarning, tovuqlarning chechak virusini yuqtirish.
3. Yuqtirilgan tovuq homilalarini ochish, XAP va allantois suyuqligini olish.
4. Allantois suyuqligidan olib GAR tomchi usulida qo‘yib ko‘rish.
5. XAP chechaklarni sanash va suratini chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |