Tovarlarni bojxona bahosi va rasmiylashtiruvi


Tovarlarning bojxona bahosi



Download 87,35 Kb.
bet6/7
Sana14.06.2022
Hajmi87,35 Kb.
#668642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xalqaro biznes

5. Tovarlarning bojxona bahosi
Bojxona bahosi - O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar qiymatini bojxonada aniqlashning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladigan usullari tizimidir.O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona bahosini chiqarish usullari-olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir. Agar asosiy usuldan foydalanib bo‘lmasa, bojxona bahosini chiqarishning quyidagi usullari birin-ketin qo‘llaniladi, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash, o‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash, qiymatlarni chegirib tashlash asosida, qiymatlarni qo‘shish asosida, rezerv usul.
Qiymatlarni chegirib tashlash va qiymatlarni qo‘shish asosidagi usullar istalgan ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin. Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymati bitim qiymatidan, ya’ni olib kirilayotgan tovar uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tish vaqtida amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bahodan iboratdir, basharti: bojxona qiymatini e’lon qilish vaqtida deklarant foydalangan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan va to‘g‘ri bo‘lsa; xaridorning tovarlarni tasarruf etishi yoki ulardan foydalanishiga taalluqli cheklovlar bo‘lmasa, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar bundan mustasno; tovarlarning sotilishi yoki narxi baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati aniqlab bo‘lmaydigan holga olib keladigan qandaydir shartlar yoki fikrlarga sabab bo‘lmasa; xaridor tovarni keyinchalik qayta sotishi, tasarruf etishi yoki undan foydalanishidan kelgan tushumning biron-bir qismi bevosita yoki bilvosita sotuvchiga o‘tmasa, faqat agar ushbu modda ikkinchi qoidalariga muvofiq tegishli tuzatishlar kiritish mumkin bo‘lmasa; xaridor va sotuvchi bir-biriga bog‘liq shaxslar bo‘lmasa, bunday o‘zaro bog‘liqlik bitim qiymatiga ta’sir etmaganligi deklarant tomonidan isbot qilingan hollar bundan mustasno.
Bojxona qiymatini aniqlashda olib kirilayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bahoga quyidagi xarajatlar qo‘shiladi, basharti ular mazkur bahoga kiritilmagan bo‘lsa:
1) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib keltirgunga qadar qilingan xarajatlar: tashish qiymati; yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish bilan bog‘liq xarajatlar; sug‘urta summasi;
2) xaridor tomonidan qilingan xarajatlar: vositachilik va brokerlik haqlari, tovarni sotib olish chog‘idagi vositachilik xarajatlari bundan mustasno; konteynerlar va (yoki) ko‘p marta ishlatiladigan boshqa idishlar qiymati, agar ular baholanayotgan tovar bilan bir butun deb hisoblansa; o‘rash qiymati, bunga o‘rash materiallari qiymati va o‘rash haqi kiradi;
3) xizmatlarning hamda sotuvchi xaridorga tekinga yoki arzon narxda bevosita yoxud bilvosita beradigan boshqa tovarlarning qiymati;
4) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun xaridor baholanayotgan tovarlarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita to‘lashi shart bo‘lgan litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar;
5) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, tasarruf etish yoki undan foydalanishdan kelgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak bo‘lgan istalgan qismining qiymati.
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish usulidan foydalanish mumkin emas, basharti: xaridorning baholanayotgan tovarga bo‘lgan huquqlari cheklangan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va tovar bahosiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklovlar bundan mustasno; tovarni sotish va bitim qiymati ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa; bojxona qiymatini e’lon qilish vaqtida deklarant foydalangan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa yoki ular noto‘g‘ri bo‘lsa; bitim qatnashchilari bir-biriga bog‘liq shaxslar bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligi bitim bahosiga ta’sir etmagan va bu narsa deklarant tomonidan isbot qilingan hollar bundan mustasno.
Bir-biriga bog‘liq shaxslar deyilganda quyida keltirilgan belgilarning aqalli bittasiga mos keladigan kishilar tushuniladi: bitim qatnashchilaridan bittasi (jismoniy shaxs) yoki bitim qatnashchilaridan birining mansabdor shaxsi ayni bir vaqtda bitimda qatnashayotgan boshqa shaxsning mansabdor shaxsi bo‘lsa; bitim qatnashchilari korxonaga birgalikda egalik qiluvchi shaxslar bo‘lsa; bitim qatnashchilari mehnat munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lsa; bitim qatnashchilaridan biri bitimda qatnashayotgan boshqa shaxs ustav kapitalining ovoz huquqini beruvchi kamida besh foiziga teng bo‘lgan ulush (pay) yoki aksiya egasi bo‘lsa; bitimning har ikkala qatnashchisi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs nazorati ostida bo‘lsa; bitim qatnashchilari birgalikda bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilsalar; bitim qatnashchilaridan biri bitimda qatnashayotgan boshqa shaxsning bevosita yoki bilvosita nazorati ostida bo‘lsa; bitim qatnashchilari yoki ularning mansabdor shaxslari qarindosh bo‘lsalar.
Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish. Aynan bir xil tovar deyilganida har jihatdan, shu jumladan: fizik xususiyatlari; sifati va bozordagi qadri; qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi kabi belgilari jihatidan baholanayotgan tovar bilan bir xil bo‘lgan tovar tushuniladi.
Tovarning tashqi ko‘rinishidagi juz’iy farqlar, agar u boshqa jihatlari bilan ushbu moddaning birinchi qismi talablariga mos bo‘lsa, uni aynan bir xil emas, deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi. Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymati boj qiymatini belgilash uchun asos qilib olinadi, agar bu tovar: baholanayotgan tovar olib kirilgunga qadar ko‘pi bilan 90 kun oldin O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish uchun sotilgan bo‘lsa; taxminan o‘shancha miqdorda va (yoki) o‘shanday tijorat shartlarida olib kirilgan bo‘lsa. Agar aynan bir xil tovar ko‘p yoki kam miqdorda va (yoki) boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan bo‘lsa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga ana shu farqlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritiladi, basharti, bu tuzatishlarning asosli ekanligini bojxona organiga hujjatlar bilan tasdiqlab berish mumkin bo‘lsa.
Aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab aniqlanadigan bojxona qiymatiga ushbu Qonunning 18-moddasida ko‘rsatilgan xarajatlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi lozim. Tuzatishlar deklarant tomonidan to‘g‘ri va hujjat bilan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida kiritilishi lozim. Agar ushbu usulni qo‘llash vaqtida aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning ikki va undan ortiq narxi mavjudligi aniqlansa, olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini belgilash uchun ularning eng past narxi qo‘llaniladi.
O‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish . O‘xshash tovar deyilganida har jihatdan bir xil bo‘lmasa-da, o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lganligi va tarkibiy jihatdan o‘xshashliligi tufayli baholanayotgan tovar bilan bir xil vazifalarni bajara oladigan va tijorat nuqtai nazaridan uning o‘rnini bosa oladigan tovar tushuniladi.
Tovarning o‘xshashligini aniqlashda uning quyidagi belgilari: sifati, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri; qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi; ishlab chiqaruvchisi hisobga olinadi. O‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona bahosini chiqarish usulidan foydalanganda ushbu Qonun 19-moddasi uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlarining qoidalari qo‘llaniladi va ushbu moddaning qoidalari asosida bojxona bahosini chiqarish usullaridan foydalanilganida: agar tovar baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda ishlab chiqarilmagan bo‘lsa, u baholanayotgan tovar bilan aynan bir xil yoki o‘xshash hisoblanmaydi; baholanayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisi tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar, baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan aynan bir xil tovar ham, o‘xshash tovar ham bo‘lmagan taqdirdagina e’tiborga olinadi; agar tovarni loyihalash, uning ustidagi tajriba-konstruktorlik ishlari, uning badiiy bezagi, dizayni, eskizi, chizmalari va boshqa shunga o‘xshash ishlar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday tovar aynan yoki bir xil o‘xshash hisoblanmaydi.
Qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish.Agar baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar o‘zining dastlabki holati o‘zgarmagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilsa, qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish amalga oshiriladi. Qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish usulidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida foydalanilganda tovar birligining baholanayotgan, aynan yoki bir xil o‘xshash tovarlar olib kelingan vaqtdan boshlab kamida 90 kundan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida katta turkumlarda bitimning sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ishtirokchisiga sotilgan bahosi qo‘llaniladi.
Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi: vositachilik haqi to‘lashga qilingan xarajatlar, foydaga qo‘yiladigan odatdagi ustamalar va olib kelingan bir xil klassdagi va turdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida sotish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar; tovarlar olib kirish yoki sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanishi lozim bo‘lgan import bojlari, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar summasi;
O‘zbekiston Respublikasida transportda tashish, sug‘urtalash, yuklash va tushirish uchun qilingan xarajatlar. Olib kirilayotgan vaqtda qanday holatda bo‘lsa, shu holatda baholangan, aynan bir xil bo‘lgan yoki o‘xshash tovarlar sotilgan hollar mavjud bo‘lmasa, deklarantning iltimosiga binoan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari qoidalariga rioya etgan holda hamda qo‘shilgan qiymatga tuzatish kiritilib, qayta ishlangan tovar birligining bahosidan foydalanish mumkin.
Qiymatlarni qo‘shish asosida bojxona bahosini chiqarish-qiymatlarni qo‘shish asosida bojxona bahosini chiqarish usulidan foydalanilganda, tovarning: baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan tayyorlovchi tomonidan sarflangan materiallar qiymatini va boshqa xarajatlarni; ayni bir turdagi tovarlarni olib chiqilayotgan mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga sotishga xos bo‘lgan umumiy xarajatlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tish joyigacha transportda tashib keltirish, yuklash va tushirish, sug‘urtalash xarajatlarini; aynan yoki bir xil o‘xshash tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish natijasida eksportyor tomonidan odatda olinadigan foydani qo‘shgan holda chiqariladigan bahosi bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Rezerv usul yordamida bojxona bahosini chiqarish-agar tovarning bojxona qiymatini ushbu qonunning 18-22-moddalarida ko‘rsatilgan usullar yordamida aniqlash mumkin bo‘lmasa, baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud bo‘lgan narxlarga doir axborot asosida belgilanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatini belgilashda quyidagilarga asoslanish mumkin emas:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarning sotuv narxiga; ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqorisiga; tovarning olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakat ichki bozoridagi bahosiga; olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilgan tovarning bahosiga; eng past bojxona qiymatlariga, shuningdek tovarlarning o‘zboshimchalik bilan qo‘yilgan yoki o‘z tasdig‘ini topmagan soxta qiymatlariga. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat. Tovar batamom ishlab chiqarilgan yoki ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va basharti, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko‘rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
Muayyan mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan tovarlar .Quyidagilar muayyan mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanadi: uning hududidan yoki hududiy suvlaridan yoxud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘lsa; mamlakat hududida o‘stirilgan yoki yig‘ib olingan o‘simlik mahsulotlari; mamlakatda tug‘ilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar; mamlakatda etishtirilgan o‘simlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot; mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti; mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarda jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari; mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi bo‘lmish ikkilamchi xomashyo va chiqindilar; mamlakatga qarashli yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori texnologiya mahsulotlari; mamlakatda ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezoni-agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan bo‘lsa, uning ishlab chiqarilgan joyi shu tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezoniga muvofiq aniqlanadi. Muayyan mamlakatda tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlari quyidagilardan iborat: tovarni qayta ishlash natijasida uning Tovar nomenklaturasidagi o‘rnining (tovarning tasniflovchi kodining) dastlabki to‘rtta kod belgisining istalgan biri darajasida o‘zgarishi (umumiy qoida); foydalanilgan materiallar qiymatining yoki qo‘shilgan qiymatning foizlardagi ulushi yetkazib berilayotgan tovar bahosining qayd etilgan ulushiga etganda (advalor ulush qoidasi) tovar qiymatining o‘zgarishi.
Quyidagilar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi: saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar; tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo‘natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o‘rash); oddiy yig‘uv operatsiyalari; tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlantiradigan xususiyatlarni bermaslik; yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalarning ikkitasi yoki undan ortig‘ini bir vaqtda amalga oshirish;
Muayyan tovarlar hamda mamlakatlar uchun yetarli darajada qayta ishlanganlik mezoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda joriy etiladi va qo‘llaniladi. Tovarlar turkum-turkum qilib yetkazib berilganda ularni ishlab chiqargan mamlakatni aniqlash Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga ko‘ra, tovarlarni bitta turkum qilib jo‘natishning iloji bo‘lmaganligi sababli ular bo‘lib-bo‘lib yoki yig‘ilmagan holda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga bo‘lingan bo‘lsa, uni ishlab chiqargan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga ko‘ra, yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidani qo‘llanish sharti quyidagilardan iborat: bo‘laklarga bo‘lingan yoki yig‘ilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini, bunday taqsimlash sabablarini, Tovar nomenklaturasiga ko‘ra tovarlarning kodlari, har bir turkumga kiradigan tovarlarning qiymati va ularni ishlab chiqargan mamlakatni ko‘rsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojxona organiga oldindan ma’lum qilish;tovar bir necha turkumga noto‘g‘ri taqsimlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar; barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yuborilganligi; tovarlarning barcha turkumlari bitta bojxona organi orqali olib kirilganligi; barcha turkumdagi tovarlar kontraktda ko‘rsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni tasdiqlash Tovar muayyan bir mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat vakolatli organ tomonidan beriladi, basharti, uning zarurligi tegishli kontraktlarda, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalarida qayd etilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar olib kirilganida tovarning kelib chiqishga doir sertifikat quyidagi hollarda albatta taqdim etiladi: boj tarifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan preferensiya berilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga; muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalash) orqali yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga; bojxonada rasmiylashtirishga taqdim etilgan hujjatlarda tovarlar qayerda ishlab chiqarilganligiga doir ma’lumotlar bo‘lmagan yoki bojxona organida tovarni deklaratsiyasida tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga doir noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan deb taxmin qilishga asos bo‘lgan hollarda; basharti.O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa.
Tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat -tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat mazkur tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligidan aniq dalolat berishi va unda: jo‘natilayotgan tovarning tegishli kelib chiqish mezonlariga mosligi haqida tovar jo‘natuvchi tomonidan berilgan yozma ariza; sertifikatda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi to‘g‘risida tovar olib chiqib ketilayotgan mamlakatning sertifikat bergan vakolatli organining yozma guvohnomasi bo‘lishi lozim. Tovarning kelib chiqishiga doir sertifikat bojxonada rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Sertifikat yo‘qotilgan taqdirda, uning rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi. Sertifikat yoki undagi ma’lumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi ma’lumotning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilsa.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona organi qo‘shimcha yoki aniqlik kiritadigan ma’lumot berishini so‘rab ushbu sertifikatni bergan organga yoki sertifikatda Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida ko‘rsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin. Ushbu Qonunda belgilangan hollarda tovarning kelib chiqishiga doir tegishli suratda rasmiylashtirilgan sertifikat yoki so‘ralgan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
Xulosa
Xulosa qilib aytgan xorijiy tovarlar, xomashyo va materiallarni bojxonada rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish maqsadida 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
- bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berilgan;
- tadbirkorlik subyektiga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona to‘lovlari to‘lamagan holda qayta ishlagandan so‘ng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish bo‘yicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritilgan;
- mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat berilgan;
- olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan o‘zaro bog‘liq holda monitoring qilish tartibi joriy qilingan;
- olib kirish kontrakti bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati ushbu kontraktlar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan;
- olib chiqish kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi lozimligi belgilab qo‘yilgan;
- sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan mablag‘larni qaytarish yoki sotish kontrakti bo‘yicha 3mablag‘larning kelib tushishi sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi nazarda tutilgan. Bunda sotish kontrakti bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning miqdori sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan mablag‘lar miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
Tovarni chiqarishni rad etish asoslari-O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarini chiqarish mumkin bo‘lmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona organi bunday tovarni bojxona chegarasidan chiqarishni rad etishi mumkin. Boshqa hollarda sertifikat yoki tovarning kelib chiqishiga doir ma’lumotlar taqdim etilmaganligi tovarni bojxona chegarasidan chiqarishni rad etishga asos bo‘lmaydi. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashga doir qo‘shimcha qoidalar.Bojxonada rasmiylashtirish amalga oshirilganidan keyin uzog‘i bilan bir yil ichida tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakat haqida tegishli guvohnoma olinsa, tovarlarga nisbatan eng ko‘p qulaylik berish tartibi yoki preferensial rejimi qo‘llanilishi (qayta tiklanishi) mumkin.
Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan energiya, mashinalar, uskunalar va asboblarning qayerda ishlab chiqarilganligi inobatga olinmaydi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan olib kiriladigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kiriladigan tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tarif imtiyozlari va preferensiyalar-tovarlarga nisbatan tarif imtiyozlari va preferensiyalar ushbu Qonun bilan belgilanadi va ular individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas, ushbu Qonunning 33, 34 hamda 35-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tarif imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Boj undirishdan quyidagilar ozod qilinadi: xalqaro yo‘nalishda yuklar, bagaj va yo‘lovchilar tashiydigan transport vositalari, shuningdek ularning yo‘lda, oraliq to‘xtash joylarida bir maromda ishlashi uchun zarur bo‘lgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun chet ellarda sotib olingan moddiy-texnika ta’minoti buyumlari va asbob-anjomlari, yonilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mol-mulk; qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining valyutasi, chet el valyutasi (numizmatika uchun ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar; dengizda ov bilan band bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi kemalarini hamda O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarni ta’minlash maqsadida bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika ta’minoti buyumlari va anjomlar, yonilg‘i, oziq-ovqat va boshqa mol-mulk, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat mulkiga aylantirilishi lozim bo‘lgan tovarlar; chet davlatlar vakillarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq boj to‘lamasdan bularni olib kirish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning rasmiy yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishiga mo‘ljallab bojxona hududiga olib kiriladigan yoki bu hududdan olib chiqiladigan buyumlar; tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar; bepul o‘quv, davolash va maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalari; uchinchi davlatlar uchun mo‘ljallangan va bojxona nazorati ostida O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tranzit tartibida olib o‘tiladigan tovarlar; bojxona qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyatini olib borish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar; erkin savdo rejimi o‘rnatilgan davlatlarga mansub bo‘lgan va ulardan olib kiriladigan tovarlar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarlar; ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk; chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa; mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlar olib borish uchun mo‘ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor tomonidan olib kiriladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo‘lgan mahsulot; reklamalar va taqdimotlar uchun olib kiriladigan tovarlar.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyozlar qo‘llanilgan butun davr uchun boj to‘lash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilinadi; vakolatli organning yozma tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari.
Ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyoz yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish uchun olib kiriladigan iste’mol tovarlari bundan mustasno. Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tarif preferensiyalari berish -O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarini amalga oshirishda: O‘zbekiston Respublikasi bilan birga erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqini tashkil qilgan yoxud shunday zona yoki ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlovchi bitimni imzolagan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasi milliy preferensiya tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan boj to‘lashdan ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferensial tartibda tovar olib kirishga (olib chiqishga) tarif kvotalari belgilash kabi preferensiyalar yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet elda investitsiya sohasidagi hamkorlik obyektlarini qurish uchun butlovchi buyumlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlarga; O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun eksportga ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga; O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning ayrim turlariga nisbatan ilgari to‘langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo‘l qo‘yiladi.



Download 87,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish