Tovarlarni bojxona bahosi va rasmiylashtiruvi


Bojxona ta’rif siyosatining asosiy yo’nalishlari



Download 87,35 Kb.
bet4/7
Sana14.06.2022
Hajmi87,35 Kb.
#668642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xalqaro biznes

3. Bojxona ta’rif siyosatining asosiy yo’nalishlari
Boj tarifi - davlat chegarasi orqali oʻtadigan tovarlardan undiriladigan bojlar stavkalari majmui (toʻplami). Boj: olinadigan tovarlar nomi va tasnifi, boj stavkasi, ularni hisoblash va toʻlash usullari, boj olinmay oʻtkaziladigan tovar (buyum)lar roʻyxati, shuningdek olib kelish, olib ketish, olib oʻtish (tranzit) taqiqlangan mahsulotlar roʻyxati koʻrsatiladi. Boj tarifi da tovarlar qayta ishlanish darajasi (tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, xom ashyo) va tarmoq turiga (sanoat, qishloq xoʻjaligi, mineralxom ashyo) koʻra guruhlanadi. Boj tarifi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Bojxona kodeksining 26-moddasi bilan bojxona rejimini tanlash va o’zgartirish tartibi belgilangan.
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o’tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo’ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o’zgartirishga haqli.
Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma’lum qilinadi.
Erkin muomalaga chiqarish-erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu yerda doimiy qoladi. Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj toʻlovlarini toʻlashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.
Reimport-reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan Oʻzbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni toʻlamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi. Olib chiqilgan paytdan boshlab oʻn yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi.
Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chogʻida toʻlov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.
Eksport-eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojxona toʻlovlari toʻlangan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi. Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoxud toʻlangan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim. Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojxona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday boʻlsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim.
Reeksport-reeksport shunday rejimki, bunda chet el tovarlari bojxona hududidan olib chiqiladi. Agar tovarlar bojxona organiga keyinchalik reeksport rejimida olib chiqib ketishga moʻljallangan tovar sifatidagina maʼlum qilingan boʻlsa, ular bojxona hududiga olib kirilayotganda import bojlari, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda import bojlari, soliqlar, shuningdek ular yuzasidan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda eksport bojlari, soliqlar undirilmaydi, olib chiqish chogʻida amal qilib turgan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan import bojlari va soliqlar qaytarilishi va ayni bir paytda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim: reeksport qilinayotgan tovarlar olib kirilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda boʻlsa, tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno; reeksport rejimida tovarlarni olib chiqish ular olib kirilgan paytdan boshlab ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa; reeksport qilinayotgan tovarlardan daromad olish maqsadida foydalanilmagan boʻlsa.
Tranzit-bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga moʻljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida Bojxona kodeksining 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish man etilgan tovarlar hamda roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaxslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam boʻlmasligi kerak. Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxs tomonidan tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish soʻralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojxona organiga qarashli bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.
Erkin bojxona zonasi va erkin ombor-erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, Oʻzbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qoʻllaniladigan shartlarga koʻra joylashtiriladi va ishlatiladi. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno. Bojxona kodeksining va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qoʻyishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qoʻllaniladi. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish maqsadlarida Oʻzbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni-boj olinmaydigan savdo doʻkoni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari Bojxona kodeksiga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo doʻkonlarida realizatsiya qilinadi.
Bojxona hududida qayta ishlash-bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular oʻzga rejim ostida joylashtiriladi.
Davlat foydasiga voz kechish-davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning xarajatlar qilishiga sabab boʻlmaydi. Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari-Ushbu Qonun boj tarifini shakllantirish va qo‘llanish tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlardan boj undirish qoidalarini belgilaydi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan samarali integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida amal qiladi.
Boj tarifi - bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (bundan keyin matnda Tovar nomenklaturasi deb yuritiladi) prinsiplari va qoidalariga muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan boj stavkalarining to‘plamidir.
Tovar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tarif - bu mamlakat hukumati yoki milliy oliy ittifoq tomonidan tovarlar importi yoki eksporti uchun olinadigan soliq. Import bojlari hukumat uchun daromad manbai bo'lishdan tashqari, mahalliy sanoatni rag'batlantirish yoki himoya qilish uchun xorijiy mahsulotlarga soliq soluvchi tashqi savdo va siyosatni tartibga solish shakli bo'lishi mumkin. Tariflar import va eksport kvotalari bilan bir qatorda protektsionizmning eng keng tarqalgan vositalaridan biridir.
Tariflar qat'iy (import qilinadigan tovarlar birligiga doimiy summa yoki narxning foizi) yoki o'zgaruvchan (miqdori narxga qarab o'zgaradi) bo'lishi mumkin. Importga soliq solish, odamlar qimmatlashgani sababli ularni sotib olish ehtimoli kamroq ekanligini anglatadi. Maqsad shundaki, ular o'rniga mahalliy mahsulotlarni sotib olib, o'z mamlakatlari iqtisodiyotini yuksaltirishadi. Shuning uchun tariflar ishlab chiqarishni rivojlantirish va importni mahalliy mahsulotlar bilan almashtirishga turtki beradi. Tariflar tashqi raqobat bosimini kamaytirish va savdo kamomadini kamaytirish uchun mo'ljallangan. Ular tarixan yangi sanoatlarni himoya qilish va import o'rnini bosuvchi sanoatlashtirishga imkon beruvchi vosita sifatida oqlangan. Tariflar, shuningdek, “demping”, eksport subsidiyalari yoki valyuta manipulyatsiyasi tufayli ayrim import qilinadigan tovarlar uchun sunʼiy ravishda past narxlarni tuzatish uchun ham qoʻllanilishi mumkin.
Iqtisodchilar o'rtasida deyarli bir ovozdan kelishuv mavjud: tariflar iqtisodiy o'sish va iqtisodiy farovonlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi, erkin savdo va savdo to'siqlarini qisqartirish esa iqtisodiy o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Savdoni erkinlashtirish ba'zan katta va teng bo'lmagan taqsimlangan yo'qotishlar va daromadlarga olib kelishi va qisqa muddatda importga raqobatdosh sektorlarda ishchilarning sezilarli iqtisodiy dislokatsiyasiga olib kelishi mumkin bo'lsa-da, erkin savdo tovarlar va xizmatlar narxini pasaytirishning afzalliklariga ega. ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste'molchilar.
Afina shahar davlatida Pirey porti Afina hukumati uchun soliqlarni oshirish uchun yig'imlar tizimini joriy qildi. G'alla port orqali import qilinadigan asosiy tovar bo'lib, Pirey sharqiy O'rta er dengizidagi asosiy portlardan biri edi. Pirey doklari orqali bozorga kelgan tovarlarga ikki foizlik yig'im qo'yildi. Miloddan avvalgi 399 yil [noaniq] Peloponnes urushiga qaramay, Pirey port to'lovlari bo'yicha 1800 soliq daromadini hujjatlashtirgan edi. Afina hukumati, shuningdek, qarzga pul berish va g'alla tashishga faqat Pirey porti orqali ruxsat berish uchun cheklovlar qo'ydi.
Britaniya iqtisodiy siyosatida protektsionistik burilish nuqtasi Robert Uolpol tomonidan ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish siyosati joriy etilganda sodir bo'ldi. Bular chet elda ishlab chiqariladigan import qilinadigan tovarlarga tariflarni oshirish va eksport subsidiyalarini o'z ichiga olgan. Bu siyosatlar Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya, Koreya va Tayvan kabi davlatlar qoʻllagan siyosatlarga oʻxshash edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya o'z mustamlakalarida rivojlangan ko'rishni istamagan ilg'or ishlab chiqarish faoliyatiga taqiq qo'ydi. Shuningdek, Britaniya oʻz mahsuloti bilan mamlakat ichkarisida va xorijda raqobatlashayotgan mustamlakalarining eksportini ham taqiqlab qoʻydi va bu mustamlakalarni Britaniya qoʻlida eng daromadli tarmoqlarni qoldirishga majbur qildi.
Yevropa aholisining qariyb 10% ni tashkil etgan Britaniya Yevropada ishlab chiqarilgan barcha cho'yanning 29% ni ta'minladi, bu ulush 1830 yilga kelib 45% ga ko'tarildi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi bundan ham yuqori edi: 1830 yilda u 250% yuqori edi. Evropaning qolgan qismiga qaraganda, 1800 yildagi 110% dan.
Sanoatni ilgari surishning proteksionistik siyosati 19-asr oʻrtalarigacha davom etdi. O'sha asrning boshida Britaniyada ishlab chiqarilgan tovarlarga o'rtacha tarif 50% ni tashkil etdi, bu barcha yirik Evropa mamlakatlari orasida eng yuqori ko'rsatkichdir. Shunday qilib, iqtisodchi tarixchi Pol Bayroxning fikricha, Britaniyaning texnologik taraqqiyotiga "yuqori va mustahkam tarif to'siqlari ortida" erishilgan. 1846 yilda mamlakatning aholi jon boshiga sanoatlashtirish darajasi eng yaqin raqobatchilarnikidan ikki baravar ko'p edi. Ko'pgina tovarlar uchun erkin savdoni qabul qilgandan keyin ham, Britaniya to'qimachilik mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish uchun mashinalar kabi strategik kapital tovarlari savdosini yaqindan tartibga solishda davom etdi.
Boj-O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to‘lov. O‘zbekiston Respublikasida import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, antidemping, kompensatsiya) boj qo‘llaniladi. Alohida bojlarning qo‘llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Boj stavkalarining turlari .O‘zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi: boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavkalar; boj undiriladigan tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavkalar; bojning advalor hamda xos turlarini o‘z ichiga oladigan aralash stavkalar.
Xalqaro shartnomalar-agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boj tarifi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Import va eksport boji -O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibini qo‘llayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng ko‘p miqdori qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tarif preferensiyalari beriladigan hollar bundan mustasno. Import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Mavsumiy bojlar - mavsumiy bojlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e’tiboran olti oydan ortiq amal qilishi mumkin emas.
Bojxona qiymati - ushbu Qonunga muvofiq belgilanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. Bojxona qiymati o‘tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ma’lum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi).
Bojxona qiymatini aniqlash to‘g‘ri va hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Bojxona qiymatini belgilashda deklarantning huquq va majburiyatlari Deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona organiga taqdim etilgan, bojxona qiymatini belgilashda foydalanilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini isbotlash; e’lon qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zaruriyati vujudga kelganida bojxona organining ruxsati bilan o‘zi deklaratsiya bergan tovardan garov qo‘yib yoki vakil bankning kafolati ostida yoxud bojxona organi chiqargan tovarning bojxona bahosiga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lab foydalanish; bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organi chiqargan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Deklarant quyidagilarni amalga oshirishi shart: bojxona organiga bojxona qiymatini e’lon qilish; bojxona organining talabiga binoan bojxona qiymatini belgilashga doir ma’lumotlarni taqdim etish. Deklarant tomonidan e’lon qilingan tovarning bojxona qiymatiga aniqlik kiritilishi yoki bojxona organiga qo‘shimcha axborot berilishi munosabati bilan yuzaga kelgan xarajatlarni deklarant to‘laydi. Tovarning bojxona bahosini aniqlash munosabati bilan uni bojxonada rasmiylashtirish muddatining uzayishidan deklarant bojni to‘lash muddatini amalda kechiktirish uchun foydalanishi mumkin emas. Tovarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organining huquq va majburiyatlari
Tovarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organi quyidagi huquqlarga ega: deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida qaror qabul qilish; basharti deklarant o‘zi foydalangan ma’lumotlarining to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmasa, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant foydalangan usulni qo‘llash mumkin emasligi haqida qaror qabul qilish; deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lmasa yoki deklarant taqdim etgan ma’lumotlarni noto‘g‘ri va (yoki) to‘liq emas deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, o‘zida bor ma’lumotlarga (shu jumladan aynan bir xil bo‘lgan yoki o‘xshash tovarlarning baholari haqidagi axborotga) asoslanib, ushbu Qonunga muvofiq tuzatishlar kiritish yo‘li bilan bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin-ketin qo‘llagan holda deklaratsiya berilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash.
Bojxona organi deklarantning yozma so‘roviga binoan, u e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligining sabablari ko‘rsatilgan tushuntirish xatini deklarantga taqdim qilishi shart. Bojni hisoblab chiqarish, to‘lash va undirish Tovar uchun bojni hisoblab chiqarish, to‘lash va undirish uning bojxona qiymati asosida O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 87,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish