Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va ko’rsatkichlari.
1.Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari.
Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari
Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni ichkiva tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi darajasini, tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi, hamda uning rahbarlariga bog’liq bo’lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari va bozordagi talab, hamda taklifning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o’zgarishi, jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari, boshqa korxonalar Bilan kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiq-puxtaligi, tabiiy shart-sharoit va hokazolar taalluqli.
Barcha omillarni o’z ichki mazmuni va mohiyatiga ko’ra, quyidagi uchta asosiy guruhga birlashtirish qabul qilingan:
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari (ularga Fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi (ta’siri) shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda esa anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lganlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo’ladi).
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichi bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog’igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog’liq bo’ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo’llar bilan erishish mumkin:
a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to’laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat o’zgaruvchan qismi ko’payadi, doimiy esa o’zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo’lishini qisqartirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.
Xullas, unumdorlikni Aniqlash uchun yaratilgan mahsulot ( ) ishlovchilar soniga ( ) bo’linadi:
Unumdorlik soatboy hisoblanganda yaratilgan mahsulot ( ) ishlangan soatlarga bo’linadi ( ) :
Agar bir million soat ish bajarilib 50 million so’mlik mahsulot yaratilgan bo’lsa, bir soat mehnat unumdorligi 50 so’mga teng bo’ladi:
Mehnatning intensivligi - bu vaqt birligiga sarflanadigan mehnat sarfining darajasi. Nafaqat jismoniy energiya xarajatlari, balki hissiy va aqliy resurslar ham o'lchanadi. Shunday qilib, bu ichki inson resurslarining ishlab chiqarish hajmiga ta'sirini aniqlaydigan keng qamrovli ko'rsatkichdir.
Ish unumdorligi va mehnat zichligi o'zaro bog'liq tushunchalardir. Birinchi indikatorning o'sishi muqarrar ravishda birlik vaqtining ikkinchi darajasining pasayishiga olib keladi. Shunga qaramay, mehnat intensivligining o'sishi ma'lum vaqt davomida inson resurslari narxini maksimal darajada oshirishga olib keladi. Shunday qilib, ushbu kontseptsiyalarni qarama-qarshi yo'naltirilganligi sababli aniqlash mumkin emas.
Mehnatning intensivligi bir yoki bir guruh ishchilar sarflagan mehnat miqdorini ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Ushbu ko'rsatkichni baholash uchun iqtisodiy, tashkiliy, fiziologik va boshqa jihatlarni tavsiflovchi turli xil xususiyatlardan foydalanish mumkin. Bu sizga kamchiliklarni aniqlash va tuzatishlar kiritish uchun ish jarayonini ob'ektiv tahlil qilish imkonini beradi.
Mehnatning normal intensivligi bu barcha bilim va ko'nikmalarni, xodimning jismoniy kuchini texnologik taraqqiyot yutuqlari bilan birgalikda to'liq ishlatishdir. Bu xodimning psixologik va jismoniy holatiga zarar bermasdan maksimal iqtisodiy samara beradigan maqbul ko'rsatkich.
Asosiy jihatlari
Mehnat intensivligi quyidagi asosiy jihatlar bilan tavsiflanadi:
Bu ma'lum bir vaqt ichida sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanishi sababli iqtisodiy kategoriya.
Bu fiziologik toifadir, chunki u mehnat, hissiy, aqliy va boshqa resurslarni iste'mol qilish bilan tavsiflanadi.
Mehnatning intensivligi mehnat va inson resurslaridan foydalanishni tavsiflovchi usullar va sur'atlarga bog'liq, shuningdek, mehnat unumdorligini belgilovchi omil hisoblanadi.
Ushbu toifa davlat darajasida belgilangan standartlarga muvofiq ko'rib chiqiladi va baholanadi.
Mehnat intensivligini to'g'ri va o'z vaqtida baholash ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan ishchilarning sharoitlarini yaxshilashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 280-326 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H, Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 126-143 betlar.
3.Dodoboev Yu.T., Xudoyberdiev.A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Farg’ona-2001 yil, 64-84 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999 yil, 88-90-betlar.
5.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 16-18-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |