Tovar siyosati. Tovarlarning ishlab chiqarish assortimenti


- Mavzu: Korxonalarning pul oqimlarini va xususiy kapitalini o’rganishning ahamiyati vazifalari va manbalari



Download 0,71 Mb.
bet23/29
Sana22.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#838474
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
olim aka qolgan mavzulari

30- Mavzu: Korxonalarning pul oqimlarini va xususiy kapitalini o’rganishning ahamiyati vazifalari va manbalari
Reja:



Pul oqimlari to‘g‘risida- O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 9 - son “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” nomli milliy standartiga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” tuzadilar va aqdim etadilar.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun korxonaning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek, Pul oqimlari harakati to’grisidagi axborot bo’lajak pul oqimlari prognozi to’griligini tekshirish chogida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o’zgarishi ta’siri o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish uchun zarur bo’ladi.
Pul oqimlari to’grisidagi hisobotda pul tushumlari va to’lovlari uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsiya faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablagiga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablagining sof o’zgarishini belgilab beradi.
Operatsiya faoliyati - xo’jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo’lmagan o’zga xo’jalik faoliyati.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida korxona olgan pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunday ma’lumotlar bo‘lajak pul oqimlari to‘g‘risidagi bashoratini to‘griligini tekshirish, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish uchun zarur bo‘ladi.
Korxonaning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi korxona amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakatini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi (ssudalarni to‘lash, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini). Operatsion faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotdan operatsion faoliyatidan bo‘lajak pul oqimlarini bashorat qilish uchun ham foydalaniladi.
Operatsion faoliyatidan pul oqimi korxonaning asosiy faoliyatidan, odatda, asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki xizmat ko‘rsatishdan kelib tushadi.
Operatsion faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:

  1. Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;

  1. Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag’lari tushumi;

  1. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari;

  2. Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;

  3. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

  4. Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar;

  5. Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

  6. boshqalar.

Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarini sotib olish va sotish.
Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot korxona kelajakda oladigan daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi. Shuning uchun korxona hisobotda investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotni alohida pozitsiyada ko‘rsatadi. Bunday pul oqimlariga quyidagilar kiradi:

  1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga yo‘naltirilgan pul to‘lovlari (bu to‘lovlar tajriba - konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo‘jalik yo‘li bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog’liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi);

  1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;

  1. Boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari;

  2. Boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va kreditlar (moliyaviy institutlarga berilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);

  3. Fyuchers, forvard, opsion va svop bitimlar bo‘yicha pul tushumlari.

Moliya faoliyat - xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo’lib, uning natijasida o’z mablagi va qarz mablaglari miqdori va tarkibida o’zgarishlar yuz beradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korxonaning moliyaviy faoliyatdan bo‘ladigan pul oqimlari haqidagi ma’lumotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlariga quyidagilar kiradi:

  1. Aksiyalar yoki o‘z mablag’i bilan bog’liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;

  1. Subyektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;

  1. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;

  2. Zayomlarni to‘lash;

  3. Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari va boshqalar.

SHuningdek, hisobotda xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari ham keltiriladi.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish kursi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi va xorijiy shu’ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak.
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan pul mablagi harakati hisoblanmaydi. Biroq, bunday daromad yoki zarar xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablagiga yoki ularning ekvivalentlariga almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning ta’sirini hisobot davri boshiga va oxiriga muvofiqlashtirish maqsadida pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida aks ettiriladi.
Bank muassasalari uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Shuningdek boshqa korxonaga to‘langan va ulardan olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular korxonaning moliyaviy natijasiga qo‘shiladi.
To‘lanadigan dividendlar, odatda, moliyaviy resurslarni olish uchun to‘langan haq hisoblanadi, shuning uchun ular moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin.
Hisobotda daromad (foyda) solig’i bo‘yicha pul oqimlari alohida ochib berilishi lozim chunki, ular operatsion faoliyatdan tushadigan pul oqimlari qatoriga kiradi.
Shu’ba korxonalarni yoki boshqa xo‘jalik birliklarini xarid qilish yoki sotishdan bo‘ladigan pul oqimlari yig’indisi alohida ochib ko‘rsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
Kichik korxonalar va boshqa xo‘jalik birliklarini xarid qilish va sotish bo‘yicha hisobotlari quyidagilarni ochib berishi lozim:

  1. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymatini;

  1. Xarid qilish yoki sotishning pul mablag’i va pul ekvivalentlari vositasida to‘langan qismini;

  1. Xarid qilingan yoki sotilgan shu’ba jamiyatga yoki xo‘jalik birligiga tegishli pul mablaglari va pul ekvivalentlari miqdorini;

  2. Aktivlar va majburiyatlarning miqdorini alohida turlari bo‘yicha.

Pul mablaglari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobotlarda ochib beriladi.
Korxona, shuningdek pul mablaglari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini ko‘rsatishi hamda pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kerak.
Korxonada mavjud bo‘lgan, lekin foydalana olmaydigan pul mablaglari va pul ekvivalentlari qoldigi hisobotda rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim.
Pul oqimlari hisobotida pul oqimlari korxonaning alohida bo‘linmalari bo’yicha ochib berilishi lozim.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish