Jp = J – Tj
bu yerda
Jp - real foiz stavkasi;
J – pul bozorida vujudga kelgan inflyasiyani hisobga olgan holda nominal foiz stavkasi.
Pul mablag‘larini real foiz stavkasi bo‘yicha o‘stirish jarayonida pul mablag‘larining kelajakdagi real qiymatini aniqlashda uch xil vaziyatga duch kelish mumkin:
a) J = Tj. Bu vaziyatda pul mablag‘larining real qiymatining o‘sishi yuz bermaydi, chunki ularning o‘sishi inflyasiya bilan bir xil bo‘ladi;
b) J > Tj. Bu vaziyatda pul mablag‘larining real qiymati inflyasiyaga qaramay, o‘sib boradi;
v) J < Tj. Bu vaziyatda pul mablag‘larining real qiymati pasayib boradi, ya’ni investitsiyalash jarayoni zarar keltiradi.
3. Inflyasiyani hisobga oluvchi investitsiya daromadi darajasini shakllantirish «inflyasiya mukofoti» (inflation Premium) hajmini aniqlashni nazarda tutadi. Bu mukofot hajmi inflyasiya natijasida investorning real daromad summasini yo‘qotishining o‘rnini bosishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |