Qonunchilik tamoyili.
Elektron tijoratni axborot xavfsizligini
ta’minlash sohasidagi amaldagi mavjud qonunchilikning keng miqyosda
amal qilinishini talab qiladi.
Personalning javobgarlik tamoyili.
Ushbu tamoyilga muvofiq
korxona, muassasa va tashkilotning har bir xizmatchisiga o‘z vakolatlari
yoki mos qo‘llanmalar doirasida rejimini saqlash uchun shaxsiy personal
javobgarligi yuklanadi.
Vakolatlarni chegaralash tamoyili.
Bu tamoyilga muvofiq elektron
tijoratni olib borish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi buni talab
qilmasa, konfedensial axborotdan foydalanish ta’qiqlanadi. Personalning
funksional majburiyatlari va mijozlar buyurtmalarning zaruriy
harakatlari doirasidan chiquvchi barcha vositalar va imkoniyatlar
minimallashtiriladi.
O‘zaro aloqa va hamkorlik tamoyili.
Ushbu tamoyil elektron tijoratni
olib borishda axborot xavfsizligining qulay ichki va tashqi muhitini
yaratishga qaratilgan.
224
16.3. Axborot tizimlarida axborot xafvsizligini
ta’minlash texnologiyasi
Axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘p qirrali faoliyat bilan bog‘liq
jarayon bo‘lib, unda muvaffaqiyatga erishish uchun tizimli va kompleks
yondoshish talab etiladi. Axborot tizimlaridan foydalanuvchi
subyektlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha manfaatlarini quyidagilar
tashkil qiladi: axborotga murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash,
axborotning yaxlitligini ta’minlash, axborotning maxfiyligini ta’minlash.
Gohida axborot xavfsizligining bu asosiy tashkil etuvchilariga
axborotdan ruxsatsiz nusxa olishdan himoyalanishni ta’minlashni ham
kiritishadi. Lekin bu toifadagi himoyalanish hali-xanuz o‘z yechimini
to‘lato‘kis topmagan.
Axborotga murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash belgilangan vaqt
oralig‘ida vakolatga ega bo‘lgan axborot foydalanuvchilari va
subyektlari uchun axborot yoki u bilan bog‘liq servisga murojaat qilib
foydalanish imkoniyatini ta’minlashni anglatadi. Axborotning
yaxlitligini ta’minlash saqlanayotgan axborot vakolatga ega bo‘lmagan
subyektlar tomonidan o‘zgartirilishidan, ya’ni axborot tuzilishi va
ma’nosi qanday berilgan bo‘lsa, shunday saqlashni ta’minlashni
anglatadi. Axborotning maxfiyligini ta’minlash axborotga vakolati
bo‘lmagan subyektlar tomonidan murojaat qilib, undan oshkor holda
foydalanishdan himoya qilishni anglatadi. Axborotga murojaat qilish
imkoniyatini ta’minlash turli sohalardagi axborot tizimlarida, ayniqsa
ishlab chiqarishni boshqarish, transport, bank va shu kabi sohalarda
muhim ahamiyatga ega. Bu tizimlardan foydalanishda to‘xtalishlar yoki
nosozliklar ro‘y bersa, moddiy va ma’naviy zarar miqdori katta bo‘lishi
bilan birga, ko‘pchilik axborot foydalanuvchilari o‘zlariga zarur bo‘lgan
qimmatli axborotlarni vaqtida olish imkonidan mahrum bo‘ladilar. Misol
uchun, temir yo‘l va aviabiletlarni sotish, banklarda mijozlarga xizmat
ko‘rsatish va h.k. Axborot yaxlitligi ikki turga bo‘linadi: statik va
dinamik yaxlitlik. Statik yaxlitlik deganda belgilangan obyekt haqidagi
ma’lumotlar o‘zgarmay saqlanishi tushunilsa, dinamik yaxlitlikda
axborotlarni qayta ishlash jarayonida bir axborotni qayta ishlash
225
natijasida to‘g‘ri natijaviy axborot olinib, o‘zgartirilmagan holda tegishli
bo‘g‘inga yetkazilishi tushuniladi. Axborotning dinamik yaxlitligini
nazorat qiluvchi vositalar moliyaviy operatsiyalarning to‘g‘ri
bajarilishini aniqlashda, ma’lum bir qimmatga ega bo‘lgan axborotlarni
tartiblashda, ulardan nusxa olish jarayonlarida ishlatiladi. 3. Axborotga
bo‘ladigan tahdid tushunchasi.
Тahdid deganda kimlarningdir manfaatlariga ziyon yetkazuvchi ro‘y
berishi mumkin bo‘lgan voqea, ta’sir, jarayon tushuniladi. Axborotga
yoki axborot tizimiga salbiy ta’sir etuvchi potensial ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan voqea yoki jarayon axborot munosabatlari subyektlari
manfaatlariga qaratilgan tahdid deb ataladi. Тahdidni amalga oshirishga
qaratilgan harakat hujum deb ataladi. Hujum uyushtiruvchi esa
buzg‘unchi deb ataladi. Potensial buzg‘unchilar tahdid manbai deb
ataladi. Axborot tizimlaridagi zaifliklarning mavjudligi turli xil
tahdidlarni keltirib chiqaradi (muhim bo‘lgan qurilmalardan begona,
vakolati bo‘lmagan shaxslarning foydalanishi yoki dasturiy ta’minotdagi
xatoliklar). Zaifliklar ma’lum bo‘lgan vaqtdan to ularni bartaraf
etilgunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘i xavfli darcha deyiladi. Хavfli
darcha mavjud ekan axborot tizimiga bo‘lgan tahdid muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi turgan gap. Agar gap dasturiy ta’minot haqida borsa,
u holda xavfli darcha xatoliklardan foydalanish vositalari yordamida
ochilib, kamchiliklar va xatoliklar bartaraf etilganidan so‘nggina
yopiladi. Korxona miqyosida bo‘ladigan tahdidlar qaysi mezonlarga
ko‘ra turlarga va sinflarga ajralishini ko‘rib chiqaylik. Тahdidlarni
quyidagi mezonlar asosida sinflarga ajratish mumkin: axborot
xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilariga nisbatan bo‘ladigan tahdidlar
(axborotga murojaat qilish imkoniyatiga qarshi, axborotning yaxlitligini
buzishga qaratilgan, axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan
tahdidlar); Axborot tizimining tashkil etuvchilariga nisbatan bo‘ladigan
tahdidlar (berilgan ma’lumotlar, dasturlar, apparat qurilmalari va tizimni
qullab-quvvatlovchi infrastruktura); Тahdidni amalga oshirish usuli
bo‘yicha (tabiiy, texnogen, tasodifiy, g‘arazli maqsadda);
Тahdid manbaining axborot tizimiga nisbatan joylashgan o‘rni
bo‘yicha (ichki yoki tashqi). Axborot xavfsizligiga nisbatan bo‘ladigan
226
tahdidlarni asosiy mezon sifatida belgilab, ular haqida alohida to‘xtalib
o‘tamiz. Тahdidlarning keng tarqalgan turlari keltiradigan ziyon miqdori
nuqtai-nazaridan eng xavfli va tez-tez bo‘ladigan tahdidlar axborot
tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona xodimlari (operator, muhandis,
tizim ma’muri va boshqalar) tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar
natijasida kelib chiqadigan tahdidlardir. Ba’zida bunday xatoliklar
bevosita tahdidni keltirib chiqaradi (noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumot,
dasturdagi xatolik, tizimdagi xatolik) va gohida ular tizimdagi
zaifliklarni keltirib chiqaradilar. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ko‘rilgan
zararlarning 65 %i mana shunday xatoliklar tufayli kelib chiqqan.
Yong‘inlar va suv toshqinlari tufayli axborot tizimlariga yetkazilgan
zarar miqdori savodsizlik va mas’uliyatni his etmaslik tufayli ko‘rilgan
zarar miqdoridan kam bo‘lsa-bo‘ladiki, lekin ortiq emas. Тasodifiy yoki
ko‘r-ko‘rona xatoliklar oldini olishning eng qat’iy usuli – ishni
maksimal darajada avtomatlashtirish va qat’iy nazorat. Boshqa keng
tarqalgan tahdidlar quyidagilar natijasida kelib chiqadilar:
•
foydalanuvchilarning voz kechishlari;
•
Axborot tizimining ichki nosozligi;
•
Axborot munosabatlarini qo‘llab-quvvatlovchi infrastrukturaning
rad etishi.
Foydalanuvchilarning voz kechishlari natijasida kelib chiqadigan
tahdidlar quyidagi holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin :
Axborot tizimi bilan ishlash xohishining yo‘qligi (ko‘pincha yangi
turdagi tizim joriy etilganida yoki yangi texnikaga moslashtirilgan
texnologiyalarning joriy etilishi natijasida yoki foydalanuvchi so‘rovi
bo‘yicha kerakli ma’lumotlar olishning iloji yo‘qligi);
Тizim bilan ishlash uchun kasbiy tayyorgarlik saviyasi pastligi
(kompyuter savodining yetarli darajada emasligi, kritik holatlardan
chiqib keta bilmaslik, tizimga oid hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasining
yo‘qligi va h.k.);
Тizim bilan ishlash uchun normal sharoitning yo‘qligi (texnik
hujjatlarning yetarli emasligi, tizimda ishlatiladigan axborotlar
strukturasi va ularni qayta ishlash texnologiyasi bosqichlarining
mukammal yoritilmaganligi).
227
Axborot tizimidagi ichki nosozliklarning asosiy sabablari:
Belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilmasdan (tasodifiy yoki
g‘arazli) ishlash;
Foydalanuvchilarning yoki personalning ataylab yoki tasodifan
harakatlari tufayli tizimning ishdan chiqishi (bir vaqtning o‘zida ko‘plab
so‘rovlar berilishi, qayta ishlanadigan ma’lumotlar hajmining
me’yoridan ortiqligi va h.k.);
Тizim parametrlarini belgilashda yoki qayta o‘zgartirishda ro‘y
beradigan xatoliklar va nosozliklar;
Dasturiy va texnik ta’minotdagi uzilish va nosozliklar;
Тashqi xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarning buzilishi;
Apparatura qurilmalarining buzilishi yoki nosozligi.
Axborot munosabatlarini qo‘llab-quvvatlovchi infrastrukturaning
rad etishi quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin: aloqa, elektr
ta’minoti, suv va issiqlik ta’minoti, sovutish tizimlaridagi nosozliklar
(tasodifiy yoki ataylab tashkil etilgan); xonalar va ulardagi jihozlarning
buzilishi, avariya holatiga kelishi; xizmat ko‘rsatuvchi personalning
normal sharoitda ishlashi uchun sharoitning yo‘qligi yoki ularning o‘z
vazifalaridan voz kechishi (fuqarolik tartibsizliklari, transportdagi
avariya holatlari, terroristik harakatlar yoki ish tashlashlar va h.k.)
Do'stlaringiz bilan baham: |