Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Nazorat savollari………………………….. 
2
55
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………… 
2
5




KIRISH 
XXI asr zamonaviy axborot texnologiyalari asri bo‘lib kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda jahonda raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayoni tubdan 
rivojlanmoqda va hayotimizning barcha jabhalarida axborot hal qiluvchi 
kuch vazifasini o‘tamoqda. 
Davlatimizda jismoniy sog‘lom, manaviy yetuk, har tomonlama 
uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual 
salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, 
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga 
olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bugun 
har bir muhandis-pedagog oldidagi ulkan mas’uliyatli vazifadir. “Kimki 
haqiqiy axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga hukmronlik qiladi” degan naql 
bugungi kunda o‘z tasdig‘ini topmoqda. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida turli xil mulk 
shaklidagi xo‘jalik subyektlarining yuqori iqtisodiy samaradorlikka 
erishish yo‘lidagi faoliyatlari bozorda iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilar manfaatlari tengligi asosida iste’mol bozorining aholi 
ehtiyojlarini qondirish va shu orqali ularning turmush sharoitlarini 
yaxshilash hamda farovonligini yanada oshirishni nazarda tutadi. 
Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda mulk shaklidan qat’iy 
nazar, barcha xo‘jalik subyektlarining informatsion texnologiyalardan 
keng miqyosda foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Bizning 
mamlakatimizda, 2017-2021 yillarga 
mo‘ljallangan Harakat 
strategiyasining 
uchinchi 
“Iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
va 
liberalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bandida ham ustivor 
yo‘nalishlaridan biri qilib “Kichik biznes va tadbirkorlikning izchil 
rivojlanib borishini ta’minlash belgilanganligi”, bu sohada axborot 
kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini tizimli qo‘llash kerakligini 
davlatning asosiy vazifasi sifatida e’tibor berishi muhim ahamiyatga 
egadir. Bu vazifani amalga oshirishda tadbirkorlik va biznesda yangi 
zamonaviy dasturiy vositalar hamda integratsiyalashgan axborot 
tizimlarini keng miqyosda qo‘llash va ularni mamlakatimiz siyosati 



orqali barcha jabhalarga tadbiq etish iqtisodiy samarani ancha oshirishga 
imkon beradi. 
Hozirgi paytda butun jahonda axborot-kommunikatsiya va 
raqamli texnologiyalarini jadal rivojlanishi, va uning iqtisodiyotning 
barcha sohalarida qo‘llanilishi, iqtisodiyotda yangi innovatsiyaga 
asoslangan “Internet-iqtisodiyot”, ya’ni “raqamli iqtisodiyot”ni paydo 
bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bu yangi iqtisodiyot zamonaviy axborot-
kommunikatsiya vositalariga asoslangan internet texnologiyalari asosida 
ishlaydigan iqtisodiyot bo‘lib, u bugungi kunda barcha sohalarni qamrab 
oldi. Dunyoning yetakchi olimlari tomonidan e’tirof etilishicha, 
raqamli-iqtisodiyot eng jadal rivojlanayotgan istiqbolli yo‘nalishlardan 
biri bo‘lib borayapti. 
O‘zbekiston 
Respublikasi elektron tijoratni 
rivojlanish 
tendensiyalari va uning aniq faoliyat yuritishi – barcha rivojlangan 
davlatlar taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanadi. 
Elektron tijorat korxonalarning kerakli resurslar oqimini samarali 
boshqarishda, 
resurslardan 
tejamkorlik 
bilan 
foydalanishda, 
faoliyatlarini olib borishda vaqtdan yutishda, mijozlar bilan ishlashda 
informatsion tо‘siqlarni boshqarishda eng asosiy instrument hisoblanadi. 
Hozirgi qattiq raqobat sharoitida har bir biznes faoliyatini olib 
borayotgan subyektlar elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanishga 
majbur. Tadbirkorlik faoliyatida korxonalar elektron tijorat yordamida 
bо‘lg‘usi mijozlarga, mol yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan 
web tizimi orqali aloqa о‘rnatish, savdo bitimlarini amalga oshirish 
uchun kerakli hujjatlarni elektron kо‘rinishda ayirboshlash, tovar va 
xizmatlar sotilishi va yetkazib berilishini nazorat qilish, tovar reklamasi 
va xariddan keyingi qо‘llab-quvvatlash va xarid uchun elektron tо‘lovni 
amalga oshirish masalarini arzon va qulay amalga oshirish mumkin. 
Shuning uchun elektron tijorat tadbirkorlar faoliyatining ajralmas 
qismiga aylanib boryapti.
Rivojlangan davlatlar elektron tijoratning imkoniyatlarini va 
istiqbollarini aniq his qilgan holda bu sohaning rivojlanishiga yetarlicha 
investitsiya ajratayaptilar. Rivojlangan davlatlarda elektron tijorat bu 
mamlakatlarning yalpi milliy mahsulotlarida salmoqli о‘rin egallaydi. 


10 
Rivojlangan davlatlar bu sohani yangi iqtisodiy tizim sifatida qaray 
boshlashdi va bu sohada yetakchi о‘rinni egallash maqsadida elektron 
tijoratni о‘rgana boshlashdi. Elektron tijoratni rivojlatirishga xalaqit 
beradigan tо‘siqlarni yechish mexanizmlarini ishlab chiqilgan. Yevropa 
Ittifoqi bu borada о‘zining “Elektron Yevropa”(e-europe) loyihasini 
ishlab chiqdi. Bu loyiha Yevropa Ittifoqini kelajakda yangi iqtisodiy 
tizimdagi holatini yaxshilashda muhim rol о‘ynaydi. 
Rivojlanayotgan davlatlarda elektron tijoratni mamlakatning 
eksport salohiyatini oshiruvchi asosiy jarayon deb bilishadi. Bu 
davlatlardagi kichik biznes vakillari elektron tijoratning ahamiyatini 
sekinlik bilan anglashmoqda. Shuni inobatga olib, rivojlanayotgan 
davlatlar hukumatlari elektron tijorat rivojlanishiga turtki bо‘ladigan 
asosiy axborot kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasini 
rivojlantirishga e’tiborlarini qaratmoqdalar. 
О‘zbekistonda ham elektron tijorat jadal sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Oxirgi yillarda mamlakatimizda ham zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish borasida bir 
qancha qaror va farmoyishlar e’lon qilindi. Qabul qilingan 
farmonlarning ichida 30 may 2002-yildagi PF-3080 Respublikamizda 
axborotlashtirish jarayonlarini jadallik bilan rivojlantirishga olib keldi. 
O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil 
etish to‘g‘risidagi 2005-yildagi qarori bilan barcha o‘quv tashkilotlari 
zamonaviy kompyuter texnologiyalari va internet tarmog‘i bilan 
ta’minlandi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-
1730 21-mart 2012-yilda qabul qilinib, barcha boshqaruv organlarini 
kompyuterlashtirish va dasturiy ta’minot bilan ta’minlash bo‘yicha 
ancha ishlar qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi PQ-1989 26- mart 2013-yil, O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi PF-4702 04.02.2015-yil, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-
dekabrdagi “2016-2018 yillarda O‘zbekiston tijoratni rivojlantirish 


11 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 353-son qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston 
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli qaror va farmonlarni keltirish mumkin, shu 
bilan birgalikda bu misollar sohaga katta e’tibor berilayotganligidan 
dalolat berib turibdi. 
Нukumatimizning bu sohaning muhimligini anglagan holda olib 
borayotgan islohotlari О‘zbekistonda ham elektron tijoratning 
rivojlanishiga sabab bо‘lmoqda. Elektron tijorat mamlakatimiz 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni hisobga olgan holda, 
bu soha beradigan tо‘siqlarni bartaraf etish zarur. Ushbu sohada ma’lum 
darajadagi ilmiy va amaliy natijalar qo‘lga kiritilganiga qaramay, 
ta’kidlash joizki, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati samaradorligini 
oshirishda elektron tizoratdan foydalanish masalalari bilan bog‘liq 
muammolarni hal etish ustida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yetarli 
emas. Mazkur vazifaning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda yagona 
yondashuvning mavjud emasligi tadbirkorlik faoliyatida elektron tijorat 
platformalaridan foydalanishning samarali mexanizmlari shakllanishiga 
imkon bermayapti. Yuzaga kelgan holat axborotlashgan jamiyatni barpo 
etishda iqtisodiy samaradorlikni oshirishda zamonaviy raqamli va 
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron 
tijorat platformalaridan foydalanishni oshiradigan yondashuvlar va 
usullarni ishlab chiqish muhim ekanligini ko‘rsatadi. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish