“yelka” (leverage)
termini o‘rniga boshqacha termin
“avans” (margin)
yoki
margin
account
terminlari ishlatiladi. Brokerlar hisob - kitobni yuritish
maqsadlarida ikki xil hisob raqamlaridan foydalanadilar:
margin
account
va
cash account
.
Cash account
da sizning pullaringiz hisobi olib boriladi,
margin
account
da esa ishlatilayotgan kreditlar hisobi olib boriladi. Fond
birjalarida savdo qilayotganda brokerlar barcha kelishuvlarga avtomatik
ravishda kredit ajratmaydilar. Odatda kredit 2 x 1 nisbatda beriladi,
ya’ni siz yarmini to‘lashingiz kifoya. Ikkinchidan, kreditlar barcha
operatsiyalar uchun ham berilavermaydi. Masalan, ko‘pchilik brokerlar
optsionlar bo‘yicha operatsiyalarga kredit bermaydilar. Va nihoyat,
kreditlar sizga o‘z mablag‘laringiz yetmagan taqdirdagina beriladi.
6.3. O‘zbekistonda elektron tijoratni C2C sektorini rivojlantirish
masalalari
Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda elektron
biznesning turli xil darajadagi quyidagi andozalardan foydalaniladi:
Masalan, B2B - korxona - korxona, B2C - korxona - iste’molchi, B2P -
korxona – hamkor, B2E - davlat-tadbirkor, S2B
-
iste’molchi - korxona, C2C - iste’molchi – iste’molchi, B2G –
korxona-davlat, G2P - davlat-hamkor, G2B - davlat - korxona va P2G -
hamkor -davlat.
“Ideal” holatda B2B andoza bo‘yicha elektron tijorat yuritish
tadbirkorlarning avtomatik o‘zaro aloqadorligini ko‘zda tutadi. Xorijda
B2B andozasi 40 yil oldin paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. B2B
andozasidan foydalanishning ikki ko‘rinishi bor: ikki yoki undan ortiq
korxonalar o‘zaro turli xil shartnomalar tuzadi. Masalan, korxonalar
Internet orqali shartnoma tuzishda o‘z takliflarini yuborishlari, hisob
varaqalarini qabul qilishlari va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Ikkinchisi - B2B sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan
tizimlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bu holat korporativ axborot-
kommunikatsion tizimlari bilan integratsiyalashish hisoblanadi. Shunday
90
qilib, istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv jarayonining avtomatlashuvi,
balki korxona boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi masalalari
yechimi ham ta’minlanadi. Ichki bozor doirasida elektron tijoratning bu
yo‘nalishi ichki ishlab chiqaruvchilar orasida yangi tijorat aloqalarini
vujudga keltirishga yordam beradi, shuningdek, materiallar va
uskunalarni xarid qilish jarayoni sezilarli darajada yengillashdi. Xalqaro
darajada B2B andoza bizning ishlab chiqaruvchilarga dunyo bozorida
ishtirok etishiga keng imkoniyatlar yaratadi. B2B andozasini qurish va
muvaffaqiyatli faoliyat yuritish maqsadida mo‘ljallangan bozor segmenti
shu kabi yechimlarni qabul qilish va joriy etishga tayyor bo‘lishi lozim.
Bozorning bu segmenti bir necha tasnifga ega bo‘lishi kerak. Ularning
eng ahamiyatlilari quyidagilar hisoblanadi: hajmlilik va sig‘imlilik.
Tabiiyki, Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va bizning bozorlar
uchun hajm bo‘yicha ko‘rsatkichlar keskin farqlanadi. Agar B2B andoza
bo‘yicha elektron tijorat yurituvchi Amerika kompaniyalari aylanmasi
milliardlab dollarlarni tashkil etadigan segmentga mo‘ljallangan bo‘lsa,
bizning korxonalar bunday ko‘rsatkichlarga xali-beri tenglasha
olmaydilar. Turli xil korxonalar va ishtirokchilar bozorning bu
segmentida har biri o‘z maqsadini ko‘zlaydi, lekin B2B andozasini
tadbiq etib, undan foydalanishda barcha foydalanuvchilar yutishi
mumkin. Texnologik yechimlarni yetkazib beruvchilar B2B andozasini
amalga oshirishda o‘z mahsulotlari texnologiya va bilimlarini sotishdan
va keyinchalik bu yumushlar bo‘yicha elektron tijorat jarayonini olib
borish funksiyalarni amalga oshirishdan naf ko‘rishadi.
Endi O‘zbekistonda elektron biznesning rivojlanish jarayoni
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida
mobil aloqa, yuqori tezlikda ishlaydigan internet, kabelli televizion
aloqa, masofaviy bank xizmatlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi,
avtomobillar va texnologik uskunalarni ta‘mirlash va ularga xizmat
ko‘rsatish kabi zamonaviy yuqori texnologiyalar asosidagi xizmat turlari
aholi o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. Aholi, jumladan,
mamlakatimizning olis hududlarida yashayotgan aholining axborot -
kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini
kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda
91
internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi
kunda ular 12 million kishidan oshdi yoki mamlakatimiz aholisining
uchdan bir qismidan ortig‘ini tashkil etmoqda. Respublikamizda
Internetning o‘tkazuvchanlik darajasi 4 barobardan ko‘proq miqdorda
oshirildi, internetga ulanish tezligi esa salkam ikki marta ortdi. Shu bilan
birga, undan foydalanish narxi ancha kamaydi. Iqtisodiyotimiz va
jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
alohida hamda muhim o‘rin tutishini hisobga olib, keyingi 5 yillikda
O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida
amalga oshirilayotgan loyihalar yaqin kelajakda mamlakatimizda barcha
avtomat telefon stansiyalarini raqamli tizimga o‘tkazishni ma’lumotga
boy resurslar va davlat organlari tizimi yaratiladiki, bunda elektron
xizmatlar faoliyati yagona davlat portalidan amaliy jihatdan olib
borilishi ta’minlanadi va saytga joylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi
ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Bu borada xalqaro
ilg‘or tajribalardan unumli ravishda foydalanilmoqda (Elektron hukumat
bo‘yicha Koreya Respublikasi bilan faol hamkorlik bunga yaqqol misol
bo‘la oladi). Davlat interaktiv axborot tizimining shakllanishida tegishli
hukumat qarorlari muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi
kunda barcha davlat organlari tomonidan doimiy ravishda yangilanib
turuvchi veb-saytlar yaratilgan bo‘lib, ular huquqiy va jismoniy
shaxslarga davlat organlarining faoliyati va ular qabul qilayotgan
qarorlari haqida batafsil ma’lumotlar berib bormoqdalar. Davlat
organlari tomonidan foydalanuvchilarga juda ko‘p xildagi davlat
interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish amalga oshirilmoqdaki, ularning
faoliyati ochiq, tiniq va tezkor bo‘lishga qaratilgan. 2013-yil 1-iyuldan
boshlab Axborot xizmati ishga tushirilib, Yagona portal xizmatlari va
axborotdan foydalanish, foydalanuvchilarni doimiy ravishda axborot
bilan ta’minlash, murojaatlar statusi haqida axborot berish, davlat
organlari faoliyati, Yagona portal servislari va xizmatlari haqida
ma’lumotlar olish kabi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Axborot mavzusi
dolzarbligi va keng omma uchun kerakli va ommabop sanalgan
saytlardan Davlat soliq qo‘mitasi, Statistika bo`yicha davlat qo‘mitasi,
92
Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi kabi davlat
mahkamalarining veb-sahifalari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
o‘z saytida “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab
chiqishda elektron hukumat sohasidagi chet el tajribasi batafsil
o‘rganilgan. Jumladan, Koreya Respublikasining “Elektron hukumat
to‘g‘risida”gi qonuni tarjima qilinib, chuqur o‘rganilgan va bundan
tashqari Rossiya, Germaniya, Britaniya, AQSH va boshqa ilg‘or
mamlakatlar qonunlari ham tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilgan. Hozirgi
kunda “elektron hukumat”ning samarali elementlari sifatida yigirmadan
ortiq loyihalar amalga oshirilgan. Hozircha aholi uchun mo‘ljallangan
interaktiv xizmatlar soni nisbatan kam bo‘lib, ularni yanada ko‘paytirish
talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |