Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

 Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari 
Elektron tijorat modelining asosiy ko‘rinishlari. 
Elektron bozorda marketingni yuritishning xususiyatlarini 
tavsiflashdan oldin shu paytgacha shakllangan elektron tijorat asosiy 
tushunchalarini aniqlashtirib olish zarur. 
Kompyuter tizimlari samaradorligini oshirish va tarmoq 
texnologiyalarining mukammallashtirilishi yangi iqtisodiy faoliyat turi - 
elektron tijoratning shakllanishiga olib keldi. Elektron tijorat - 


60 
tijoratning o‘ziga xos turi bo‘lib, axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqarish, savdo va mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash jarayonlariga 
ma‘lum ma‘noda tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Elektron tijorat 
asoslarini ko‘rib chiqish o‘rganilayotgan fan sohasi uchun kalit 
tushunchalar va ta‘riflarni shakllantirish maqsadga muvofiq. Bugungi 
kunda ishlatilayotgan ta‘rif va iboralar ularning mualliflarining 
mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga mos kelib, iqtisod 
sohasidagi voqealarni faqat qisman qamrab oladi va bir qancha nuqtai 
nazarlarni o‘zida aks ettiradi. Masalan, IBM kompaniyasi 
mutaxassislarining ta‘rifiga ko‘ra “Elektron biznes - bu asosiy biznes 
jarayonlarni Internet texnologiyalar orqali amalga oshirish”. Internet 
biznes ensiklopediyasining ta‘rifiga ko‘ra esa u foyda olish maqsadida 
ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot 
tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznes 
faoliyat. Bu ta‘riflar Internet tarmog‘ining rivojlanishi va amaliy 
qo‘llanishi nuqtai nazaridangina iqtisod sohasida yuz bergan 
jarayonlarni aks ettiradi. Shubhasiz, milliy, shaxsiy va korporativ 
kompyuter tarmoqlarining yagona Internet tarmog‘iga birlashishi 
elektron tijorat rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli 
ta‘sir ko‘rsatdi. Lekin ma‘lum doiradagi masalalarni yechish uchun 
Internet tarmog‘i tomonidan taklif qilinadigan usullar majmuasi sifatida 
elektron tijorat savollarini umumiy yoki elektron marketing 
savollarining qisman ko‘rib chiqilishi perspektiv deb hisoblab 
bo‘lmaydi. Chunki tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy 
jarayonlarning obyektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. 
Global tarmoq iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot, 
korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o‘rganish bilan 
yangi kategoriyalar va tushunchalarning o‘zaro ta‘siri hamda bo‘ysunish 
darajasini aks ettiruvchi modelni tuzish va bugungi kun talablariga mos 
keladigan ta‘riflarni shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu 
tijorat faoliyati shakliga mos tijorat jarayonlar - biznes, tijorat, savdo, 
marketing turadi. Bunda YUNIDO ta‘rifiga ko‘ra elektron biznes 
qo‘llanishining to‘rt bosqichi - marketing, ishlab chiqarish, savdo, 
to‘lovlar e‘tiborda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va 


61 
tizimlarini qo‘llash darajasi chegara (o‘lchov) bo‘lib, u bo‘yicha biznes 
(tijorat, savdo)ni elektron deb hisoblasa bo‘ladi. 
XXI asr boshida elektron tijoratni axborot, telekommunikatsion 
texnologiya va tizimlarni qo‘llash orqali tijorat jarayonlarni amalga 
oshirish deb tushunish kerak. Ammo tijorat jarayonlarning bir qismi 
innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan amalga oshirilmoqda. Bu esa 
“tijorat” va “elektron tijorat” tushunchalarini mustaqil kategoriyalar 
sifatida ajratishga imkon beradi, lekin ular orasidagi farq asta-sekin 
yo‘qolib bormoqda. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish