III. Kurs ishining mazmuni
Yozuv qismida:
1. Bosh to‘sin yo‘nalishini aniqlash
2. Monolit plitaning hisobi
3. Ikkinchi darajali to‘sinning hisobi
4. Bosh to‘sinning hisobi
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Chizmada:
1. Monolit orayopmaning rejasi
2. Monolit plitani armaturalash
3. Ikkinchi darajali to‘sinlarni armaturalash
4. Bosh to‘sinlarni armaturalash va bosh to‘sin uchun qurilgan materiallar epyurasi
5. Qo‘llanilgan armaturalarning sarfini hisoblash jadvallari
IV. Kurs ishi uchun topshiriq
Ushbu metodik ko‘rsatmaning 1 va 2 jadvallaridan kurs ishi raxbari tomonidan beriladi.
V. Kurs ishini bajarishga doir ko‘rsatmalar
To‘sinli plitalari bo‘lgan monolit qoburg‘ali orayopmalar monolit plita, ikkinchi darajali to‘sin va bosh to‘sinlardan iborat.
Bosh to‘sin binoning chetki qismida g‘isht devolarga, o‘rta qismida esa monolit ustunlarga tiralgan bo‘ladi.
Bosh to‘sinning yo‘nalishini tanlashda har ikki xil variantning (ya’ni bosh to‘sin ko‘ndalang yo‘nalishda yoki bo‘ylama yo‘nalishda) eskizni chizib olib ko‘ramiz. Sanoat binolarida ko‘ndalang yo‘nalishda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, sanoat binolarida binoning fazoviy bikrligini ko‘ndalang ramalar ta’minlaydi. Fuqaro binolarida esa ustunlar oralig‘i qaysi yo‘nalishda kattaroq bo‘lsa, bosh to‘sin shu yo‘nalishda qo‘yilishi kerak.
1-jadval
№
|
Oxir-gidan oldin-gi raqam
|
Sinov daftarchasining oxirgi raqami bo‘yicha
|
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
0
|
15x30
5x5
|
16,5x35
5,5x5
|
18x40
6x5
|
19,5x45
6,5x5
|
21x50
7x5
|
22,5x30
7,5x5
|
24x35
8x5
|
15x44
5x5,5
|
16,5x49,5
5,5x5,5
|
18x55
6x5,5
|
1
|
19,5x33
6,5x5,5
|
21x38,5
7x5,5
|
22,5x44
7,5x5,5
|
24x49,5
8x5,5
|
15x60
5x6
|
16,5x36
5,5x6
|
22,5x46,4
7,5x5,8
|
19,5x48
6,5x6
|
21x54
7x6
|
22,5x60
7,5x6
|
2
|
24x48
8x6
|
15x58,5
5x6,5
|
16,5x65
5,5x6,5
|
18x33
6x6,5
|
19,5x45,5
6,5x6,5
|
21x31,5
7x6,3
|
22,5x58,5
7,5x6,5
|
24x65
8x6,5
|
15x42
5x7
|
16,5x49
5,5x7
|
3
|
18x63
6x7
|
19,5x70
6,5x7
|
21x70
7x7
|
22,5x49
7,5x7
|
24x56
8x7
|
15x67,5
5x7,5
|
16,5x75
5,5x7,5
|
18x45
6x7,5
|
19,5x52,5
6,5x7,5
|
21x60
7x7,5
|
4
|
22,5x75
7,5x7,5
|
24x45
8x7,5
|
15x56
5x8
|
16,5x64
5,5x8
|
18x80
6x8
|
19,5x48
6,5x8
|
21x56
7x8
|
22,5x64
7,5x8
|
24x72
8x8
|
15x53
5x5,3
|
5
|
16,5x31,8
5,5x5,3
|
18x37,1
6x5,3
|
19,5x42,4
6,5x5,3
|
21x47,7
7x5,3
|
18x53
6x8
|
19,5x48
6,5x8
|
24x31,8
8x5,3
|
15x58
5x5,8
|
22x46,4
5,5x5,8
|
19,5x58
6,5x5,8
|
6
|
21x46,4
7x5,8
|
18x42
6x6
|
24x52,2
8x5,8
|
15x63
5x6,3
|
16,5x37,8
5,5x6,3
|
24x44,1
6x6,3
|
19,5x50,4
6,5x6,3
|
21x56,4
7x6,3
|
22,5x63
7,5x6,3
|
24x37,8
8x6,3
|
7
|
15x54,4
5x6,8
|
16,5x61,2
5,5x6,8
|
18x68
6x6,8
|
19,5x40,8
6,5x6,8
|
21x47,6
7x6,8
|
22,5x54,4
7,5x6,8
|
24x61,2
8x6,8
|
15x73
5x7,3
|
16,5x43,8
5,5x7,3
|
18x51,1
6x7,3
|
8
|
19,5x65,7
6,5x7,3
|
21x73
7x7,3
|
22,5x43,8
7,5x7,3
|
24x51,1
8x7,3
|
15x62,4
5x7,8
|
16,5x70,2
5,5x7,8
|
18x78
6x7,8
|
19,5x46,8
6,5x7,8
|
21x54,6
7x7,8
|
22,5x62,4
7,5x7,8
|
9
|
24x78
8x7,8
|
23,4x43,8
7,8x6,5
|
21,9x42
7,3x6
|
20,4x38,5
6,8x5,5
|
15,9x52
5,3x6,5
|
17,4x54
5,8x6
|
20,4x60
6,8x6
|
18,9x30
6,3x5
|
17,4x42
5,8x6
|
15,9x40
5,3x5
|
Jadvalda binoning o‘lchamlari L1 × L2 va ustunlarning ko‘ndalang va bo‘ylama qadamlari l1 × l2 berilgan.
2-jadval.
Sinov daftarchasining oxirgi raqami bo‘yicha
|
Vaqtinchalik yuklama miqdori
|
Beton sinfi
|
Armatura sinfi
|
0
|
3000
|
V 15
|
A-II
|
1
|
5000
|
V 15
|
A-III
|
2
|
7000
|
V 20
|
A-II
|
3
|
8500
|
V 25
|
A-II
|
4
|
6000
|
V 20
|
A-III
|
5
|
10000
|
V 20
|
A-III
|
6
|
9000
|
V 20
|
A-III
|
7
|
12000
|
V 25
|
A-III
|
8
|
10000
|
V 30
|
A-II
|
9
|
15000
|
V 30
|
A-III
|
V.1 Monolit plitalarni hisoblash
Avvalo plitaning qalinligini aniqlab olish kerak. Uni aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya qilinadi.
3-jadval
Plitaning qalinligi
|
Vaqtinchalik yuklamaning miqdori
|
3000
|
5000
|
7500
|
10000
|
15000
|
6
|
2,4
|
2,0-2,2
|
1,6-1,8
|
-
|
-
|
7
|
2,8
|
2,4-2,6
|
2,0-2,2
|
1,7-1,9
|
-
|
8
|
-
|
2,9-3,1
|
2,2-2,4
|
1,9-2,1
|
1,6-1,8
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, plitaning qalinligi vaqtinchalik yuklamaning miqdoriga va plitaning ikkinchi darajali to‘sinlar orasidagi masofasiga bog‘liq. Plitaning ikkinchi darajali to‘sinlar orasidagi masofasini aniqlash uchun ikkinchi darajali to‘sinlarni ko‘ndalang kesimi o‘lchamlarini aniqlab olish kerak.
Ikkinchi darajali to‘sinlarni ko‘ndalang kesimining balandligi uni uzunligining ulushicha, eni esa ushbu kesim balandligining (0,4÷0,5) ulushicha qabul qilinadi.
Plitani hisoblash uchun orayopma rejasida shartli ravishda eni 1 m bo‘lgan yo‘lak tanlab olinadi. (1-rasm).
Plitaning 1m2 qismi qabul qilinadigan yuklama aniqlanadi va bu yuklama o‘z navbatida tanlab olingan 1 metrli yo‘lning 1 pog. m. qismi qabul qilinadigan yuklama deb hisoblanadi.
Plitaning hisobiy oralig‘i quyidagicha aniqlanadi:
;
bu yerda: - devor bilan chetki qismdagi ikkinchi darajali to‘sin o‘qlari orasidagi masofa;
- ikkinchi darajali to‘sinlar o‘qlari orasidagi masofa;
- plitaning qalinligi;
- ikkinchi darajali to‘sin kesimining eni.
Plita ko‘p oraliqli uzluksiz to‘sinlar kabi hisoblanib, hisobiy eguvchi momentlari quyidagicha aniqlanadi:
a) birinchi oraliq va chetki oraliq tayanch uchun:
;
b) o‘rta qatordagi oraliqlar va tayanchlar uchun:
;
Armaturalarning ko‘ndalang kesim yuzasini quyidagi formuladan aniqlanadi:
;
bu yerda: M - hisobiy eguvchi moment;
Rs - armaturaning hisobiy qarshiligi;
ho - kesimning ishchi balandligi;
- jadvaldan olinadigan koeffitsient bo‘lib, Aoning qiymatiga bog‘liq;
;
- betoninng ish sharoiti koeffitsienti.
V.2 Plitalarni armaturalash
To‘sinli plitalarni 3 xil usulda armaturalash mumkin:
1. Alohida sterjenlar bilan;
2. Uzluksiz o‘ramli to‘rlar bilan;
3. Alohida tekis to‘rlar bilan.
Alohida sterjenlar bilan armaturalash qurilishni industrlashtirish talabalariga javob bera olmaydi. Shuning uchun ushbu usulni ish hajmi kamroq bo‘lgan joylarda, shuningdek, qurilish maydonida payvandlangan to‘rlar yo‘qligida qo‘llash mumkin.
Shuning uchun to‘sinli plitalarni armaturalashda asosan Vr-I sinfdagi sim armaturalardan tayyorlangan o‘ramli to‘rlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Plitalarni payvandlangan to‘rlar bilan armaturalashda ham uzluksiz armaturalash (o‘ramli to‘rlar bilan) yoki alohida armaturalash (tekis to‘rlar bilan) mumkin. Agar ishchi armaturaning diametri 5 mm yoki undan kam bo‘lsa, uzluksiz armaturalash, armatura diametri 6mm yoki undan ortiqbo‘lsa alohida armaturalash maqsadga muvofiqdir. Plitalarni armaturalash hisobiy eguvchi moment epyurasiga asosan amalga oshiriladi. (2-rasm).
Chetki oraliqlarda va birinchi oraliq tayanchlarda eguvchi momentning qiymati katta bo‘lganligi sababli qo‘shimcha to‘rlar bilan armaturalanadi. (2-rasm).
V.3 Ikkinchi darajali to‘sinlarni hisoblash
Ikkinchi darajali to‘sin o‘rta qatordagi tayanchlari bosh to‘sindan iborat bo‘lgan ko‘ndalang kesimi tavr shaklidagi uzluksiz to‘sinlar kabi hisoblanadi. Ikkinchi darajali to‘singa eni ushbu to‘sinlar orasidagi masofaga teng bo‘lgan yuklanish maydoni bilan yuklamalar ta’sir qiladi.
Ikkinchi darajali to‘sinlarning hisobiy oralig‘i Lo bosh to‘sinlar orasidagi masofaga, chetki oraliqlari esa g‘isht devorga tiralgan qismining markaziy o‘qidan bosh to‘singacha bo‘lgan masofaga teng.
o‘rta oraliqlar: ;
chetki oraliqlar: ;
Ikkinchi darajali to‘sinlarga ta’sir qiladigan yuklamalar hisoblangandan so‘ng, eguvchi moment va qirquvchi kuchlar aniqlanadi.
Birinchi oraliqdagi eguvchi moment monolit plitadagi kabi aniqlanadi:
;
Birinchi oraliq tayanchdagi eguvchi moment quyidagicha aniqlanadi:
;
O‘rta qatordagi oraliqlar va tayanchlarda eguvchi moment quyidagi formula bilan aniqlanadi:
;
Ko‘ndalang kuchlarni (yoki qirquvchi kuchlarni) quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
chetki tayanchda: ;
chapdan birinchi oraliq tayanchda: ;
o‘ngdan birinchi oraliq tayanchda va qolgan hamma tayanchlarda: ;
Ikkinchi darajali to‘singa kesim tanlash uchun birinchi oraliq tayanch momenti orqali uning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari aniqlab olinadi.
To‘sinning hisobini tenglashtirilgan momentlar bilan hisoblanayotganligi uchun deb qabul qilinadi.
To‘sinning tayanchdagi momenti manfiy bo‘ladi, chunki plita cho‘ziluvchi zonada. Shuning uchun hisobni to‘g‘ri burchakli kesimdagi kabi davom ettiramiz.
Buning uchun ni aniqlab, to‘sinning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari va foydali balandlikni haqiqiy hisobiy qiymatiga ega bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |