TOSHNIYOZOV HAYOT
1.Massivlar deb nimaga aytiladi?
Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massivlar deyiladi.Barcha elementlar bir xil turda bo’lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi.
Massivlar dasturlash tillari uchun eng muhim hisoblanadi . Ular biz elementlar deb ataydigan o'zgaruvchilarning massividan iborat.
Massivlarning bir qator elementlari C# da 0, 1, 2, ... N- 1 bilan nomerlanadi. Ana shu raqamlar indekslar deb ataladi. Berilgan massivdagi qator elementlarning umumiy soni esa bu massiv uzunligi deyiladi. Massiv elementlari bir xil tipda bo'ladi. Bu bizga bir guruh o'xshash elementlarning belgilangan ketma – ketlikda namoyon bo'lishi va umuman ular ustida ishlash imkonini beradi.
Massivlar o'lchami turli bo'lishi mumkin, lekin eng ko'p foydalaniladigan massivlar bir o'lchovli va ikki o'lchovlilardir. Bir – o'lchovli massivlar vektor va ikki o'lchovli massivlar esa matristalar deyiladi.
Massivlarni e'loni uchun xotiradan joy ajratish
Ushbu C# tilida massivlar uzunligi massiv e'loni paytida aniq bo'ladi va aynan shu paytda elementlar soni ham aniq bo'ladi. Bir marta massivning uzunligi kiritildimi, uni boshqa o'zgartirib bo'lmaydi.
2. Massiv indeksi sifatida qanday son ishlatiladi?
Massivlar indeksi sifatida butun son qo’llaniladi.Umuman olganda indeks sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatilishi mumkin va uning qimati massiv elementi nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida o’zgaruvchi olinishi ham mumkinki, o’zgaruvchining qiymati o’zgarishi bilanmurojaat qilinayotgan massiv elementlarini aniqlovchi indeks ham o’zgaradi.Shunday qilib ,dasturdagi bitta indeksli o’zgaruvchi orqali massivni barcha elementlarini belgilash mumkin bo’ladi. Masalan, Reyting[I] ozgaruvchi orqali I o’zgaruvchining qiymatlariga bog’liq ravishda Reyting massivining ixtiyorivelementlariga murojaat qilish mumkin. Biz massivni quyidagicha e'lon qilamiz:
Ushbu misolda myArray o'zgaruvchisi massivning nomi hisoblanadi, qaysiki butun sonlar tipiga(int) tegishli. Bu shuni anglatadiki biz massiv elementlarini butun sonlar tipidan olamiz. Ushbu belgi [] orqali biz bu o'zgaruvchi massiv elemetlari yagona emasligini ko'rsatamiz. Biz massiv o'zgaruvchisini tipini e'lon qilganimizda u qiymatga ega bo'lmaydi (bo'sh). Chunki, unda hali elementlar uchun xotira ajratilmagan bo'ladi. Quyidagi rasmda e'lon qilinmagan massiv elementlari uchun xotira ajratilmagan paytida qanaqa ko'rinishda bo'lishini ko'rsatadi.
Dasturning amalga oshirish jarayonida myArray o'zgaruvchisi kiritiladi va unga qiymati nolga teng( qiymatga ega emas)
2.Dasturda ishlatiladigan har bir konkret massiv qanday nomga ega?
Dasturda ishlatiladigan har bir konkret massiv uning indivudual nomiga ega bo’lishi kerak.Bu nom to’liq o’zgaruvchi deyiladi,chunki uning qiymati massivning o’zi bo’ladi.Massivninghar bir elementi massiv nomi,hamda kvadrat qavsga olingan va elemenr sektori deb nomlanuvchi indeksni ko’rsatish orqali oshkor ravishda blgilanadi.Murojaat sintaksisi:[]Bu ko’rinishga xususiy o’zgaruvchi deyiladi,chunki uning qiymati massivning alohida elementidir.
Massivlarning elementlariga murojaat qilish qanday amalga oshiriladi?
Massivlarning elementlarigamurojaat indekslari orqali bo’ladi.Indeks nbutun son tipidagi o’zgaruvchilardan foydalanish mumkin .Xaqiqiy turdagi (float,double) qiymatlar toplami cheksiz bo;lganligi sababli ular indeks sifatida ishlatilmaydi.
Massiv elementlari 0 dan boshlab indekslanadi. Birinchi element 0 bilan, 2-element 1 bilan va shu tartibda n-element n-1bilan indekslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |