Toshmurodov Asadulla


Robototexnika va IT bo‘yicha jahon chempioni. O‘zbekistonlik 15 yoshli o‘quvchining yutuqlari haqida



Download 3,32 Mb.
bet4/10
Sana31.05.2022
Hajmi3,32 Mb.
#623050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5393419724711267237

Robototexnika va IT bo‘yicha jahon chempioni. O‘zbekistonlik 15 yoshli o‘quvchining yutuqlari haqida



Foto: «uzedu.uz»
2003-yilning 26-noyabrida Navoiy shahrida muhandislar oilasida dunyoga kelgan o‘g‘longa ota-onasi orzu-havas bilan Suhrob deya ism qo‘ydi. Bolakay oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgani bois unga yaxshi ta’lim-tarbiya bera boshlashdi.
O‘g‘il bola bo‘lgani uchun ham Suhrob bolaligidan singan o‘yinchoqlarini o‘zi tuzatishga urindi. Boladagi qobiliyatni payqagan ota farzandiga yanada kengroq imkoniyat yaratib berdi. Farzandiga internetdan qanday foydalanishni o‘rgatib, qurish va yasash bo‘yicha videoroliklar ko‘rishni tavsiya qildi. Onasi shifokor bo‘lgani bois farzandiga kompyuterdan to‘g‘ri foydalanish tartiblarini o‘rgatdi. Shu bilan birga Suhrob 4 tilni, ya’ni o‘zbek, rus, ingliz va koreys tillarida mukammal suhbatlashishni o‘rgana boshladi.
Ota-onasi o‘gitlariga amal qilgan Suhrob ijtimoiy tarmoqlardan foydali videoroliklarni ko‘ra boshladi. Robototexnikaga oid lavhalarga kundan-kun qiziqishi ortib bordi. Yoshiga yosh qo‘shilgan sari axborot texnologiya sohasiga qiziqib, ixtirolar bilan shug‘ullana boshladi.
Suhrob Haydarov Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 4-umumta’lim maktabida tahsil olib, bo‘sh vaqtida ijtimoiy tarmoqlar orqali dasturlash, robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil bilim ola boshladi.
Yozgi ta’til kunlari Suhrob qishloqda oilaviy dam olishni xush ko‘rardi. Qishloqda ham bekor yurmay, broyler tovuqlarini parvarishlay boshladi. Tovuqlarga yilning 4 faslida parvarish kerak, lekin doimam qishloqda yashamaydigan Suhrob 15 yoshida «Aqlli katak»ni ixtiro qildi. Bu ixtiro tovuqlarni professional boqish uchun yaratilganligi mutaxassislar tomonidan alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Mazkur ixtirodan zavqlangan Suhrob «Robot Maks» kabi IT loyihalarini yarata boshladi. Maks ismli robot ingliz, fransuz va koreys tillarida erkin so‘zlashishi, shu bilan birga 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ushbu tillarni o‘rgata olishi bilan omma e’tiborini o‘ziga jalb etdi.
Asta-sekin qator robototexnika olimpiadalari hamda ko‘rik-tanlovlarida qatnashgan Suhrob Haydarov faxrli o‘rinlarni egallay boshladi. Xususan, 2018 yilning oktyabr oyida «Iqtidorli yoshlar forumi»ning Respublika miqyosida robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Bir oydan so‘ng 24-25 dekabr kunlari o‘tkazilgan «Youth techno art-2018» Respublika tanlovining «Robototexnika» yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, xalqaro «Youth techno art-2019» festival-tanlovida qatnashish uchun yo‘lanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Suhrob Yevropa davlatlarida turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Jumladan, Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tgan «Kampus-2019» xalqaro DIV va robototexnika olimpiadasida faol qatnashib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Vengriyaning Dor shahrida 2019-yilning 8-10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan WRO-2019 xalqaro robototexnika olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, EDUTUS universitetida 100 foizlik imtiyozli grand asosida o‘qish imkoniga ega bo‘ldi. Youth techno art - 2019 xalqaro robototexnika olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. NYC ya’ni National youth conference «Milliy yoshlar konferensiyasida» IT speaker bo‘lib faol ishtirok etdi. «Carnival of robotics» nomli robotlar karnavalida organizatorlik qildi.
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlariga «IT-PARK»larni barpo etish bo‘yicha topshiriq berganida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqqan yoshlar juda xursand bo‘ldi, — deydi Suhrob Haydarov. – Biz yoshlar 2020-yilda axborot texnologiyalari sohasida yaratiladigan sharoitlardan unumli foydalanib, kelgusida yurtimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shamiz.
Hozirda Suhrob Haydarov yosh bo‘lishiga qaramay, Navoiy viloyati «Barkamol avlod» bolalar markazida tashkil etilgan «Yosh olimlar klubi»ga rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, u «IT-PARK» huzuridagi «Raqamli texnologiyalar markazi»da «Robototexnika» bo‘yicha mentor vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Amiti universitetida robototexnika bo‘yicha taqdimot, ko‘rgazma va mahorat darslari tashkil etildi. Dastlab, talaba yoshlarga axborot texnologiyalari tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, yoshlarni axborot va kommunikatsiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni rivojlantirish ishlariga keng jalb qilishga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat yo‘nalishlarini o‘rgatish maqsadida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir bildirgan takliflari ham o‘rganildi. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda “Robotics lab” kelajak texnologiyalari kompaniyasi va Muxammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z qo‘llari bilan yasagan turli xildagi robotlari bilan ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda yoshlarni robototexnikaga qiziqtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, yoshlar tomonidan ishlab chiqarilgan robot va texnikalar, ularni harakatga keltirish uchun dasturlar, dasturlash tillari haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek jahon miqyosida robotlarga bo‘lgan talab, ularni inson xayotidagi ahamiyati, iqtisodiyotning turli jabhalarida, ya’ni inson yetib borishi qiyin bo‘lgan joylarda robotlardan foydalanish ish unumdorligini oshirishga katta foyda keltirishi, algoritmlash, dasturlash va robomuhandislik to‘g‘risida ham ma’lumotlar



    1. Download 3,32 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish