Korxona daromadi tovar va xizmatlarini sotilishi tufayli uning ixtiyoriga kelgan pul tushumidir.
Korxona daromadi (D) 2 narsaga bog'liq.
Birinchisi, tovar va xizmatlarning miqdori (Q). Ikkinchisi, ularning bozor narxi (P). Korxonaning daromadi bularning har ikkalasiga to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Tovar va xizmatlar miqdori (Q) qanchalik ko'p bo'lsa va ularning bozorda sotilish narxi (P) qanchalik yuqori bo'lsa, shunchalik daromad ko'p bo'ladi. Aksincha tovarlar oz bo'lib, ular narxi past bo‘lsa, shunga qarab daromad ham oz bo'ladi. Daromadni aniqlash uchun tovarlar miqdori ularning narxiga ko'paytiriladi. Bunda D=Q*P hosil bo'ladi.
Tovarlar miqdori ishlab chiqarish ko'lamiga, ularning narxi esa bozorbopligiga bog'liq bo'ladi. Yirik korxonalar ko'lami katta bo'lganidan ular daromadi ham katta bo'ladi. Aksincha kichik korxonalar daromadi oz bo'ladi. Tovarlar narxiga kelsak bu ularning bozordagi xaridorlarning talabiga qanchalik to'la javob berishiga, aniqrog'i tovarning qadr-qiymatiga bog'liq bo'ladi. Demak, daromadni ko‘- paytirishning asosiy sharti bozorbop tovarlarni ko'plab c'hiqarishdir. Agar korxona shunga erishsa, u tovarlarini yaxshi pullay oladi, tovariga talab yuqori bo'lganidan uni ishlab chiqarishni yana ham kengaytirish mumkin bo'ladi.
Daromadlar yalpi daromad, o'rtacha daromad va marjinal daromadlarga bo'linadi.
Agar korxonaning asosiy daromadi asosiy funktsiyalarni bajarish uchun pul olishni nazarda tutadigan bo'lsa, unda uning yalpi xilma-xilligi - bu materiallar sotib olish, texnik xizmat ko'rsatish yoki asbob-uskunalarni sotib olish va shu kabilarga sarflangan mablag'lar bilan olingan pul o'rtasidagi farq. Aslida, bu kompaniyaning sof shaklida oladigan foydasi, ya'ni mahsulotni yaratishga qancha pul sarflangani va buning uchun qancha mablag 'olinganligi aniq bo'lganida. Quyidagi holat misol bo'la oladi. Kompaniya tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan materiallarni sotib oladi. U bunga pul sarflaydi. Endi qo'shimcha ravishda asbob-uskunalar sotib olish, ishchilarga ish haqi to'lash va boshqalar talab qilinadi. Bu ham xarajat deb hisoblanadi. Keyinchalik, natijada xaridorga sotiladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu allaqachon daromad. Bu mahsulotni yaratish uchun sarflangan mablag'lar va oxir-oqibat olingan miqdorlar o'rtasidagi farq va bu yalpi daromad.
Yalpi daromad muayyan vaqtda, masalan bir yilda korxonaning topgan jami daromadi bo'ladi, bu barcha tovarlar va xizmatlarni sotishdan kelgan pul tushumidan iborat.
Ilgari aytib o'tganimizdek bu tovarlar miqdorini bir tovar narxiga ko'paytmasidan iborat, ya’ni D=Q*P. Masalan, korxona yiliga 100 ming dona tovar chiqarib, uning har birini 1200 ming so'mdan sotadi. Bunda uning yalpi daromadi D=100 ming * 1200 ming = 120 mlrd so'm bo'ladi.
Korxonaning yalpi daromadini uni qancha tovar sotgani bilan taqqoslaganda o'rtacha daromad kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |