Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposi (ВЧД-1)
Depo nima?
Rus tilida leksikasida “depo” so`zi uchramaydi. Bu so`z fransuz tilidan o`zlashgan bo`lib, (fr. “dépôt”) “ombor, saqlaydigan xona” ma’nolarini bildirgan. Bunday joylarda temir yo`l harakat tarkiblari ta’miri yoki texnik xizmat ko`rsatilishi amalga oshirilgan. Temir yo`l depolari xizmat ko`rsatilinayotgan harakat tarkiblari turiga qarab:
- lokomotiv deposi;
- motor-vagonli harakat tarkib deposi;
- vagon depolariga bo`linadi.
Shuningdek, aralash turdagi depo turlari mavjud bo`lib, ular bir vaqtning o`zida turli harakat tarkiblariga xizmat ko`rsatadi (Masalan, ham elektrovozlarga ham elektropoyezdlarga).
Yuk vagonlari deposi
Vagon deposi – bu vagonlardan foydalanish, vagonlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatishga mo`ljallashtirilgan depo.
Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposi (ВЧД-1) Toshkent Mintaqaviy temir yo`l uzeli (MTU) tarkibiga kiruvchi muhim korxonalardan biri bo`lib, uning asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Vagonlarning xizmat muddatini uzaytirgan holda vagonlarni depodagi, kapital va kapital-qayta tiklovchi ta’mirlash, vagonlarni tarkibdan uzgan holda joriy ta’mirlash, vagonlarga texnik xizmat ko`rsatish (TK-3) ishlarini amalga oshirish;
- Yonilg`i, elektroenergiya va boshqa materiallarni iqtisod qilgan holda sarflash chora –tadbirlarini amalga oshirish, mehnat tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish;
- Depo qurilmalari va uskunalaridan ratsional foydalanish hamda ularni rivojlantirish, soz holda saqlash; fan va texnika, ilg`or tajribaning yangi kashfiyotlarini joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal foydalanish;
- Mehnat sharoitini yaxshilash va ish o`rinlarini tashkil etish hamda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo`yicha me’yoriy qoidalar talablarini bajarish;
- Aholining transport va ta’mirlashga oid ehtiyojlarini qondirish va xalq iste’molidagi tovarlar (xizmatlat nazarda tutilyapti)ni ishlab chiqarish;
- Mobilizatsiya tayyorgarliklari bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish;
- Maxfiylik rejimini ta’minlash hamda mehnat ma’lumotlari va maxfiy ma’lumotlarni saqlash bo`yicha muhim tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshirish;
- MDH davlatlari korxonalarining barcha turdagi vagonlariga barcha turdagi ta’mir xizmatini taqdim etish.
Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposida quyidagi ta’mir turlari bajariladi:
- Joriy ta’mir;
- Depo ta’miri;
- Kapital ta’mir;
- Xizmat muddatini uzaytirish maqsadidagi kapital ta’mir;
- G`ildirak juftliklarini to`liq ko`rikdan o`tkazish.
Yuqorida sanab o`tilgan ta’mir turlari amalga oshirilganda korxonaning shartli kodi (kleymosi) vagonga yoziladi. Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposi kleymosi – 687.
Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposining ko`rinishi.
Deponing sexlari soni va nomlari quyidagi tartibda:
1. Kuzov sexi;
2. Tormozlarga xizmat ko`rsatish sexi;
3. Avtoulagichlarni ta’mirlash sexi;
4. G`ildirak juftliklari sexi;
5. Yig`uv sexi;
6. Bo`yash sexi.
Depoga nosoz yoki ta’mir talab vagonlar depo yonginasida joylashgan “Toshkent” bekati (eski nomi “Toshkent yuk bekati”)ning manyovr lokomotivi yordamida olib kiriladi va olib chiqiladi. Stansiya sutkalik rejasi o`z vaqtida va to`liq bajarilishi uchun depo hududidagi manyovr ishlari faqatgina kechki payt, sutkada bir marotaba amalga oshiriladi.
Vagonlarni ta’mirlash deposiga nosoz vagonlar stansiyalardagi TKP (Texnik ko`rik punkti – “ПТО”) xodimlari tomonidan vagon qismlarini va qurilmalarini ko`zdan kechirish va tekshirish orqali aniqlangan nuqson va nosozliklar ko`zga tashlanganda yoki maxsus tekshirish va o`lchash asbob-uskunalari yordamida aniqlanganda, nosoz vagon poyezddan uziladi va agar yuklangan bo`lsa, tavsifnomasi aynan bir xil bo`lgan boshqa soz vagonga qayta yuklanadi. Qayta yuklangan soz vagon o`zining belgilangan manziliga, nosoz vagon esa, nosozlik aniqlangan vagon esa stansiyaga avvaldan biriktirilgan depoga yo`l oladi.
Depoda vagonlar kuzov sexidagi stoylolarga maxkamlanib turg`azilib chiqiladi. Agarda g`ildirak juftliklarida nosozlik aniqlansa, sex ichidagi maxsus ko`prikli kran yordamida aravachalar sexidagi ta’mirlash uchastkasiga olib o`tiladi. U yerda maxsus ta’mirlash (agar lozim bo`lsa, payvandlash, sayqallash) ishlari amalga oshirilib yana kuzov sexiga qaytariladi va o`z o`rniga o`rnatiladi.
Texnologik jarayon bo`yicha eng so`nggi sex bu bo`yash sexi bo`lib, u yerda vagonlarning qismlari o`zining talab etilgan rangiga bo`yaladi hamda vagonning qaysi yo`lga mansubligini anglatuvchi yozuvlar (yoki kodlar), vagon kodi, uning yuk ko`taruvchanligi va tarasini bildiruvchi son va so`zlar o`zining me’yoriy talablariga muvofiq holda vagon kuzoviga maxsus bo`yoqlar yordamida yozib chiqiladi.
To be continued or to be added…
Do'stlaringiz bilan baham: |