Gaz — suyuq (g — s) sistemalarida jarayonlarni o‘tkazish uchun apparatlar. G — S sistemalarda jarayonlarni olib boruvchi apparatlar turli xil bo‘lib, bir xil tipdagi apparatlar kimyoviy reaktor sifatida ishlatilishi yoki fizik jarayonlarni: suyuqliklami gaz bilan isitish, distillyatsiya, rektifikatsiya va boshqalarni amalga oshirishda qo'llanilishi mumkin.
Reaktorlar, xomashyoni mumkin qadar to‘liqroq tayyor mahsulotga aylantirishi, jarayonlarni jadal borishini ta’minlaydigan bo'lishi lozim. Shuning uchun apparat konstruksiyasi, fazalaming o‘zaro ta’sir yuzasini kengaytirishni, uni yangilab turishni, jarayonning diffuzion qarshiligini kamaytirish uchun samarali aralashtirishni ta’minlashi kerak. Ko‘pchilik reaktorlar eng awal fazalar orasida, bevosita aralashtirish yo‘li bilan yoki bevosita reaktor ichida o‘rnatilgan issiq almashtirgichlar yordamida issiqlikni almashinib turishini ta’minlashi lozim.
Fazalarning o'zaro ta’siri yuzasini hosil qilish usuliga qarab gaz
suyuq sistemalarda foydalaniladigan apparatlar to‘rt asosiy tipga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |