23 % MgS04 va 1,8—2,5 % H3B03 saqlaydi. Bu eritma bug‘lantirilib, tarkibida 13 % H3B03 va 13 % MgO saqlovchi bormagliyli o‘g‘it olinadi. Bu tarkibida ham bor, ham magniy saqlovchi o‘g‘it hisoblanadi.
Misli, ruxli, marganetsli, molibdenli, kobaltli o‘g‘itlar. Misli o‘g‘itlarga odamlarning sutkalik talabi 2 mg atrofida bo‘ladi. Misli o‘g‘it sifatida sulfat kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan kolchedan kuyundisi va mis ishlab chiqarishda hosil bo'luvchi kuyundilar qo‘llaniladi. Ular tarkibida 0,3—0,6 % mis va boshqa mikroelementlar: Zn, Co, Mo saqlaydi. Konsentrlangan misli o‘g‘it sifatida mis kuparosi, CuS045H20 (tarkibida 23,4—24 % gacha Cu saqlaydi) qo‘llaniladi. U ham sof holda, ham boshqa o‘g‘itlaiga qo'shib ishlatiladi. Masalan, miskaliyli o‘g‘it (90 % KC1, 1 % — Su dan iborat). В markali ammofos (0,3—0,5 % Cu saqlaydi) ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |