Toshkent yangiyul poligraph service


§. 0‘zbekistonda kimyo sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Download 0,69 Mb.
bet8/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. 0‘zbekistonda kimyo sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi

0‘zbekistonda 1930- yilgacha kimyoviy xomashyo manbalari yo‘q edi, ular yer qa’rida yashirinib yotardi. 1930- yillardan keyin respublikamiz hududida geologik qidiruv ishlari qizg'in boshlab yuborilganligi munosabati bilan birin-ketin turli xomashyo manbalari, qazilma boyliklar ochila boshlandi. 1931-yilda topilgan Olmaliq mis koni 0‘zbekistonda rangli metalluigiya sanoatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik Angren ko‘mir koni (1941- yilda topildi), Oltintopgan qo‘rg‘oshin va rux koni (1948- yilda topildi), volfram, aluminiy, vismut, simob, surma, neft, gaz, marmar, fulyuorit, magniy rudalari, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli tuzlar, kaolin, bentonit, bezak toshlari: feruza, oniks, xolsedon, amitist va boshqa konlar topildi.

Respublika mustaqil bo‘lgandan so‘ng kimyo sanoati keng rivojlandi. Masalan, 1991- yilda Toshkent viloyatida «Mediz» zavodi (bir marta ishlatiladigan shpritslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan), 1994- yilda Samarqand, Navoiy va Buxoroda marmar va granitni qayta ishlash qo‘shma korxonalari tashkil etildi. 1995- yildan boshlab Farg‘ona neftni qayta ishlash birlashmasi neft va gaz kondensatini qayta ishlay boshladi. 1998- yilda ushbu korxona rekonstruksiya qilingach 27 xil neft mahsulotlari bera boshladi.

1997- yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilib ishga tushirildi. 1998- yilda Buxoroda «Gufik — Avisenna» Buxoro Hindiston qo‘shma farmasevtika korxonasi, 1999- yilda Navoiy viloyati hududida (Tomdi tumani) Qizilqum fosforit zavodi ishga tushirildi, Sho‘rtanda polietilen ishlab chiqarish zavodi qurilmoqda (Qashqadaryo viloyatida).

0‘zbekiston Respublikasi oltin, kumush, uran, mis, molibden, rux, volfram, singari qimmatbaho va nodir metallar zaxirasi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. 0‘zbekiston hududida 30 ta oltin koni borligi aniqlangan. Bu konlaming umumiy zaxirasi



  1. ming tonnadan ortiqdir.

Respublikamizning topilgan gaz zaxiralarida 2 trillion m3 ga yaqin gaz, ko'mir konlarida — 2 mlrd. tonnadan ziyod ko‘mir, 350 mln. tonnaga yaqin neft zaxiralari mavjudligi aniqlangan. Shu kungacha respublikamizda hammasi bo‘lib 95 xildan ortiq xomashyo konlari ochilgan va ular 700 ta konlarda joylashgan. Ular asosida hozirgi vaqtda foydalanilayotgan 370 ta shaxta konlardan har yili 200 mln. t. gacha xomashyo qazib olinmoqda.

sarfiyotlami kamaytirish jarayonini jadallash maqsadida konsentr- langan xomashyo ishlatishga harakat qilinadi. Burring uchun xomashyo boyitiladi, ya’ni uning tarkibidagi foydali tarkibiy qismining miqdori oshiriladi.

Xomashyo u qazib olingan joyda, maxsus boyitish korxonalarida boyitiladi. Bu holat ortiqcha transport harakatlarini (tashish, ortish, tushirish) tejaydi^Xomashyolarni agregat holatlariga qarab ularni boyitishning turli usullari qo‘llaniladi.

Tog* jinslari (rudalar) boyitishdan ilgari zarrachalari (kristallari) orasidagi bog‘larni buzish uchun maydalaniladi, zarur bo‘lsa suvsizlantiriladi. Maydalashni shartli ravishda: dag!aLmaydatesh yoki tuyish va unsimon maydalash yoki kukunlashtirishga bo'lish mumkin^ Tuyish maxsus mashinalarda olib boriladi. Tuyilganjins bo‘laklarining kattaligi bir millimetrdan katta bo‘ladi. Kukunlashtirish esa, tegirmonlarda amalga oshiriladi va bo‘lakchalarining kattaligi to 0,1 mikrongacha bo'ladi. Tuyish har doim quruq holda olib boriladi. Kukunlashtirish esa, yo quruq yo ho‘l usulda amalga oshiriladi. Barcha maydalovchi mashinalarni (2- rasm) maydalash usuliga qarab 5 tipga bo'lish mumkin:



  1. Jag‘li maydalagich mashinaning asosiy ish organlari vazifasini qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan yassi qismlar bajaradi. Xomashyo qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas yassi qismlar oralig'ining yuqori tomonidagi bo'shliqqa beriladi, bunda xomashyo qo‘zg‘aluvchan yassi qismning tebranma harakati ta’sirida tuyiladi. Maydalangan zarrachalar pastki tor tirqish orqali tashqariga chiqariladi.

  2. Konusli tuyish mashinalari bir-biriga nisbatan ekssentrik (umumiy markazga ega bo‘lmagan) holatda aylanadigan ikkita konuslar oralig‘ida xomashyoni siqish, ezish prinsiplari yordamida maydalashga asoslangan.

  3. Valikli maydalagich, bunda ikkita silindrsimon aylana valiklar bo'lib, ulardan biri qo‘zg‘almas ikkinchisi esa, harakatlanuvchi valikdir, ashyo valiklar orasida qisilib maydalanadi.

  4. To‘qmoqli maydalagich, urib maydalashga asoslangan.

  5. Sharli maydalagich (tegirmon) maydalovchi jismlar (metall yoki kvarsdan tayyorlangan sharlar) bilan qisman to‘ldirilgan barabandan iborat. Barabanning aylanishi paytida ishqalanish kuchi ta’sirida sharlar baraban bilan birga harakat qilib ma’lum balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng erkin tushib ashyoni zarba kuchi va yeyilish natijasida maydalaydi.

2- rasm. Maydalovchi mashinalar. a — lunjli maydalagich: 1 — qo‘zg‘olmas yuzasi; 2 — harakat qiluvchi (qo‘zg‘aluvchan) yuzaning ikki holati; 3 — shatun; 4 — ochib-yopib turuvchi plitalar; 5 - vallar; 6 — marganetsli po'latdan yasalgan plitalar; b — konusli maydalagich; 1 — aylanuvchi konus; 2 — qo‘zg‘almas konus; 3 — val;


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish