Toshkent yangiyul poligraph service


§. Kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti



Download 0,69 Mb.
bet5/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti

Kimyoviy ishlab chiqarish juda qadim zamonlardan (hatto ibtidoiy jamoa davridan) boshlangan. Yog'ochning yonishi inson tomonidan foydalanilgan birinchi kimyoviy reaksiyadir. Olov tufayli eng avvalo kulolchilik va temirchilik hunarmandchiligi paydo bo‘ldi. Loydan yasalgan buyumlar olovda pishirilgan, tug'ma metallar va ulaming oksidlari olovda suyuqlantirilib mehnat qurollari tayyorlangan. Dastlab, Sharq xalqlari va 0‘rta yer dengizi sohillarida yashagan xalqlar: misrliklar, finikiyaliklar, yahudiylar, eronliklar, vavilonliklar, arablar, rumliklar, yunonlar va Uzoq Sharqda yaponlar va xitoyliklarda kimyoga oid bilimlar taraqqiy etdi. Ayniqsa, misrda kimyoga oid bilimlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda rivojlangan.

Qadimgi Misrdagi Fifa shahrining 4500- yillardan beri saqlanib kelayotgan qadimgi yodgorliklarida kulollar va shishasozlaming suratlari bor, arxeologik qazishlar natijasida eramizdan awalgi 1700- yilga to‘g‘ri keladigan rang-barang shisha vazalar topildi. Misrliklar kulolchilik buyumlari ustiga sir berishni ham bilganlar. Mashhur Misr tadqiqotchisi Georg Ebers eramizdan awalgi 1552- yilda tayyorlangan 20 metr uzunlikdagi yozuv qog'ozini topdi.

Misrliklar kamolga yetkazgan yana bir soha — bo'yoqlardir. Misrda buyumlar bo‘yalgandan beri necha ming yillar (4 ming yildan ko'proq) o‘tgan bo‘lishiga qaramay, bo'yoqlar hozir ham o‘zining tiniqligini, ajoyib yaltiroq jilosini yo‘qotgan emas. Masalan, havorang bo'yoqni olaylik. Bu bo'yoq shishani mis tuzlari bilan biiga suyultirib, suyuq qotishmani sovuq suvga quyish yo‘li bilan tayyorlangan.

Misrliklar faqat mineral bo'yoqlamigina emas, balki tabiiy oiganik bo‘yoqlami ham bilishgan. Ulaming ko'pchiligi: рифиг (qirmizi bo‘yoq), indigo (ko‘k bo‘yoq), alizarin kabi bo'yoqlar qadimgi madaniy dunyoda juda mashhur bo'lgan. Qadimgi Misrda po‘lat tayyorlashni ham bilganlar. Eramizdan 2900- yil oldin qurilgan Hufii piramidasida topilgan po‘lat iskana buning dalili bo‘la oladi. Bu davrda turli xildagi kosibchilik ham paydo bo‘lgan. Kosiblar o‘z xunarlarini sir saqlab, faqat o‘z avlodlarigagina o‘rgatib kelganlar. Shuning uchun ham texnologiya sekin rivojlangan va keng tarqalmagan. Ayniqsa, rudalardan metall ajratib olish, awal (6 ming yil ilgari) «bronza asri», keyinchalik (4 ming yil ilgari) «temir asri», davrlarida mis va bronza, keyinchalik temir va ulardan turli buyumlar yasash keng taraqqiy etdi.

Armaniston va Hindistonda, Kichik Osiyoda temir, oltin, kumush va ulardan turli taqinchoqlar, bezaklar, tangalar ishlab chiqarilgan. Qadimgi misrliklar va vavilonliklar g‘isht, ohak oshlovchi moddalar, dorivor moddalar, o'simlik moylarini ishlab chiqarishni ham bilganlar. Xitoyda ko‘pgina mahsulotlami - qand va qog‘oz (II asr), chinni (VI asr), qora porox (VIII asr) ishlab chiqarish paydo bo‘lgan.

0‘rta asrlarga kelib alkimyogarlar noasl metallardan oltin olish, kasallarni tuzatish, kishilami yoshartirish, ummi uzaytirish kabi xossalarga ega bo'lgan «Sirli falsafa toshi»ni axtarib topish uchun ko‘p Lzlanganlar, natijada ba’zi moddalami, jumladan, xlorid, sulfat va nitrat kislotalarini hamda bir qancha tuzlami olishga muvaffaq bo'ldilar.

Kimyoviy texnologiya XVIII asming oxirlarida mustaqil fan sifatida paydo bo‘ldi va tez rivojlanib bordi. Chunki bu davr sanoat taraqqiyotida burilish yili bo‘ldi. Natijada kimyoviy mahsulotlarga ehtiyoj keskin oshib ketdi.

Texnologiya so‘zi dastlab Gyotengen universiteti professori I. Beg- man tomonidan fanga kiritilgan. U 1772- yilda birinchi bo‘lib kimyoviy texnologiya kitobini chiqardi. 1795- yilda I. F. Gemelinning ikki tomli «Texnik kimyo bo'yicha qo‘llanma» nomli darsligi chop etildi. Bu kitob 1803- yilda rus tiliga taijima qilindi. Shu yildan boshlab Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ham asosiy fan sifatida o‘qitila boshlandi.

1748- yilda Angliyaning Birmingem shahrida qo‘rg‘oshinli kame- ralarda (kamerali usulning boshlanishi) sulfat kislota sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlandi. 1805-1810- yillarda kamerali usulda sulfat kislota ishlab chiqarish Angliya va Fransiyada keng taraqqiy qildi. 1804- yilda Rossiyada, 1820- yilda Olmoniyada sulfat kislota ishlab chiqarila boshlandi.

1787-1789- yillarda N. Leblan soda ishlab chiqarishning sanoat usulini yaratdi. Leblan usuli bilan 1823- yilda Angliyada birinchi marta soda ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. 1861- yilda soda ishlab chiqarishning ammiakli usuli - Solve usuli kashf etildi. 1886- yilda kontakt usulida sulfat kislota ishlab chiqarila boshlandi. 1855- yilda Bessemer, 1864- yilda Marten usulida po‘lat ishlab chiqarish yo‘lgaqo‘yildi.

XIX asming o'rtalariga kelib organik sintez sanoati taraqqiy eta boshlandi, organik bo'yoqlar, sintetik dori-damonlar, atir-upa mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Yu. Libixning 1840- yilda chop etilgan ilmiy ishlariga asoslangan holda kimyo sanoatining yangi tarmog‘i — mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1912- yilda azot va vodoroddan sanoatda Gaber usuli bilan ammiak sintezlashning yo'lga qo‘yilishi kimyo sanoati taraqqiyotida inqilob bo‘ldi, deyish mumkin. 1932- yilda S. V. Lebedov usulida sintetik kauchuk ishlab chiqarish tarmog'i paydo bo‘ldi. 1930-1950- yillarda N. N. Semenovning zanjirli reaksiyalari sohasidagi kashfiyotlari natijasida yuqori malekular birikmalar: poletilen, polistirol, polivinil xlorid va boshqalar sintezi, plastmassalar, sintetik smolalar, sun’iy va sin-tetik tolalar ishlab chiqarishlar oldindan belgilab qo'yilgan xossali birikmalar olishning yangi davrini boshlab berdi.

Kimyoviy texnologiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishida katta hissa qo‘shgan buyuk olimlardan: I.F.Glauber (1604—1670), M.V.Lomonosov (1711-1765), N.Leblan (1742-1806), A.L.Lavuaze (1743—1791), I.F.Gemelin (1750—1817), N.N.Zinin (1812-1880), I.E.Marten (1824-1915), D.I. Mendeleyev (1834— 1907), E.G.Solve (1838-1922), F.Geber (1868-1934), I.I.Andreyev (1880—1919), B.V.Bizov (1880—1934), S.I.Volfko- vich (1896—1980), A.G.Kasatkin (1903—1963) va boshqalami ko‘rsatish mumkin.

0‘zbekistonda kimyoviy texnologiya fanining rivojlanishida 0‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari: O. S. Sodiqov, S. Yu. Yunusov, X. U. Usmonov, M. N. Nabiyev, K. S. Ahmedovlar yaratgan maktablarning xizmatlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, texnika fanlari doktorlari, professorlar N. Rizayev,


  1. P. Levsh, N. Yusufbekov, S. Zokirov, Sh. G'ulomov, A. Ortiqov, V. I. Levsh, M. Yunusovlar ham bu sahani rivojiga muhim hissa qo‘shdilar.


  1. Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish