BAQA BILAN TAQA
Aziz Abdurazzoq
I
Taqachining ustaxonasiga yaqin yerdagi ko‘lmakda
bir baqa yashar ekan. U o‘zining qanday qilib ko‘lmak
suvda paydo bo‘lib qolganini bilmas ekan. Qiladi
-
gan ishining ham tayini yo‘q ekan. Taqachini yaxshi
ko‘rar ekan-u, buni taqachi bilmas ekan. Azbaroyi yax
-
shi ko‘rganidan uning sayrashi ham taqachining bolg‘a
urishiga o‘xshar ekan. Taqachi shogirdi bilan birga
«taqa-taq», «taqa-taq» qilib bolg‘a urganida, baqa ham
unga o‘xshatib «vaqa-vaq», «vaqa-vaq» deb sayrar
ekan.
Bir kuni o‘sha baqa ko‘lmakdan chiqib, taqachi ning
oldiga boribdi. Salom bergan ekan, taqachi eshitmabdi.
Shoh bo‘lsam-u,
Shoqolday –
O‘rmonda giz-gizlasam.
Qo‘ldan berib imkonni,
So‘ng yurarman armonda –
Sendan semiz hayvonni
Topish mushkul o‘rmonda.
Qadrlayman men har choq
Tabiblarning so‘zini,
Totmoqchiman hoziroq
Quvvatdori tuzini.
72
Bolg‘aning shovqinida baqaning tovushi yo‘qolib ketibdi.
Taqachi bolg‘ani qo‘yib, sandon ustidagi temirni olovga
solayotganda baqa yana salom beribdi. Taqachi uning
ovozini eshitibdi-yu, o‘zini ko‘rmabdi. U yoqqa-bu yoqqa
qarayveribdi. Baqa o‘zini bildirish uchun «vaqa-vaq»
deb sayrab yuboribdi. Shunda salom bergan baqa
ekanligini taqachi bilib qolibdi.
– Vaalaykum assalom! – alik
olibdi taqachi. – Xo‘sh, xizmat?
– Har kuni uzoqdan siz
-
ga tikilib yotaman, – deb gap
boshlabdi baqa. – Nechta otga
taqa qoqqaningizgacha bilaman.
Sanab yotaman.
– Xo‘sh, nima bo‘libdi? –
debdi taqachi. – Maqsading
nima? Tezroq aytaqol.
– Maqsadim shuki, – debdi
baqa, – menga ham taqa qoqib
qo‘ysangiz.
Taqachi hayron bo‘libdi:
– Iye, iye, sen ot emassan-ku! Taqani nima qilasan?
– Taqa menga juda zarur, – debdi baqa. – Nega
desangiz, men baland sakraganim bilan oyog‘imdan to
-
vush chiqmaydi. Agar taqa qoqtirib olsam, sakraganim
-
da hammayoqni jaranglatib yuborar edim. Oyog‘imdan
o‘t chaqnar edi. Axir men ham dunyoga umid bilan
kelganman. Besh kunlik umrimni o‘zimning borligimni
bildirib o‘tkazsam deyman.
Taqachi baqani otashkurak bilan qisib olib, uloqti-
rib yuboribdi. Baqa shalop etib ko‘lmak suvga tushibdi.
73
U yerda ancha vaqt xafa bo‘lib yotibdi. Lekin ertasiga
yana taqachining oldiga borishga qaror qilibdi.
1. Baqa nima uchun oyog‘iga taqa qoqtirishni havas qildi?
2. Gap uqmas baqaning qaysarligini qanday baholash
mumkin?
II
Bundan keyin baqa har kuni bir marta taqachining
oldiga boradigan bo‘libdi. Har borganida taqa so‘rab
yalinaveribdi.
Uning yalinib-yolvorishi taqachining joniga tegibdi.
– Shuncha yil taqachilik qilib, bolg‘aning taraq-turuqi
jonimga tegmagan edi, – debdi u. – Ammo sening xi
-
raligingdan charchadim.
Baqa ham bo‘sh kelmabdi.
– Qulog‘im tinch bo‘lsin desangiz, oyog‘imga taqa
qoqib qo‘ying, – debdi u.
Ertasi kuni taqachi baqaning to‘rttala oyog‘iga taqa
qoqib qo‘yibdi.
– Qani, endi yurishingni tomosha qilay, – debdi
taqachi. Baqaga bu gap ta’sir qilmabdi. Sakramoqchi
bo‘lgan ekan, o‘rnidan qo‘zg‘alolmabdi. Sir boy bermas-
lik uchun sekin-sekin yurib ko‘lmakka boribdi. Suvga
tushib yotib o‘ylabdi: «Taqa og‘ir bo‘lar ekan. Lekin
o‘rganib ketaman. Endi meni boshqa baqalar ko‘rsa,
havasi keladi.
Shu yaqin o‘rtada hovuz bo‘lsa kerak. Axtarib
ko‘ray. Agar hovuz topsam, u yerda baqalar bo‘ladi.
Ularga taqamni ko‘rsatib hayron qoldiraman». Shu xa-
yol bilan yo‘lga tushibdi. Ikki soat yurar-yurmas rosa
terlab ketibdi. Baqa bo‘la turib taqa bilan yurish oson
-
74
mi, axir?! U bir necha joyda dam olib, yo‘lda davom
etibdi. Hovuzni ham topibdi.
Haqiqatan u yerda baqalar ko‘p ekan. Hovuzdan
chiqib oftobda isinib yotishgan ekan. Ular taqali baqani
ko‘rib hayron bo‘lishibdi.
– Oyoqlaringdagi qanaqa temir? – deb so‘rabdi
baqalardan bittasi.
– Taqa, – deb javob beribdi baqa.
Shu payt uzoqdan chopib kelayotgan ot dupuri eshi-
tilibdi. Baqalar cho‘chib hovuzga sho‘ng‘ib ketishibdi. Bir
mahal hovuzdan chiqib qarashsa, taqali baqa yo‘q emish.
– Mehmonimiz qayoqqa ketib qoldi ekan? – deb
hayron bo‘lishibdi ular.
– U ham biz bilan suvga sho‘ng‘igan edi, – debdi
bir baqa. – Men ko‘rgan edim.
Suvning tagiga tushib qarashsa, haqiqatan mehmon
baqa yuzaga chiqolmay taqalari loyga botib yotgan ekan.
Uni ko‘plashib ko‘tarib olib chiqishibdi. Taqali baqa
oftobda yotib, anchadan keyin o‘ziga kelibdi.
– Nima bo‘ldi senga, mehmon? – debdi bir baqa.
– Taqa bilan yurib bo‘lar ekan-u, suzib bo‘lmas
ekan, – debdi u.
Baqalar unga taqasini oldirib tashlash kerakligini ay
-
tishibdi. Taqali baqa bunga rozi bo‘libdi-yu, yana taqa
-
chining oldiga borishga uyalibdi. Baqalar maslahatlashib,
uni o‘zlari olib boradigan bo‘lishibdi.
Shunday qilib, ertasi kuni yo‘lga chiqishibdi. Taqa
-
chining oldiga borib voqeani aytishibdi. Taqachi qosh-
lari ni chimirib, biroz o‘ylanib qolibdi. Keyin:
– Ha, mayli, – debdi u. – Bir o‘zi kelsa, balki olib
tashlamas edim. Sizlar ko‘pchilik bo‘lib iltimos qilyapsizlar.
75
U shunday deb, baqaning oyog‘idagi taqalarni olib
tashlabdi. Shundan keyin baqa yengil tortib, o‘zining
yangi tanishgan og‘aynilari bilan birgalikda sakrab-sak-
rab yo‘lga tushibdi.
– Endi bundan buyon mana shu og‘aynilaringdan
ajralmagin, – deb nasihat qilibdi taqachi. – Bular nima
qilsa, sen ham shuni qilgin. Baqa bo‘lsang baqa
-
ga o‘xshab sayrab yuraver. Endi taqani havas qila
ko‘rma. Uni otga chiqargan. Sen ikki dunyoda ham ot
bo‘lolmaysan.
Taqadan ozod bo‘lgan baqaga bu gap ma’qul
bo‘libdi-yu, lekin u lom-mim deb og‘iz ocholmabdi.
1. O‘ziga noloyiq ishga qo‘l urgan kishilar maqsadiga
erisha olmasligini taqali baqa misolida izohlang.
2. Ertakni yana qanday nomlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |