SO‘ZLOVCHI YOMG‘IR
Abdurahmon Akbar
Ishim o‘zi shunaqa:
Hamma joyga yog‘aman.
Qarindoshman qor bilan,
Shudringvoyga tog‘aman.
Yaylovdagi suruvdek
Ko‘kda kezib yursak ham,
Bizlar asli Yerlikmiz, –
Deydilar Bulut onam.
– Vatan yashnasin desang,
Bo‘lsin desang chaman, bog‘,
Bolam, unga kuzdamas,
Ko‘proq ko‘klam chog‘i yog‘.
Onajonim so‘zidan
Kayfiyatim chog‘ bo‘lib,
Shoshilaman zaminga
Bahor kelganda kulib.
Hazillashib tortqilab
Maysalar qulog‘idan,
G‘ubor-changni yuvaman
Gullarning yaprog‘idan.
1. She’rga nima uchun «So‘zlovchi yomg‘ir» deb nom
qo‘yilgan?
2. Yomg‘irga
onasining
aytgan
maslahatlarini
o‘z
so‘zlaringiz bilan gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |