IKKI IRMOQ
Habib Po‘latov
Baland tog‘ etagida paydo bo‘lgan ikkita katta-kichik
qo‘shni buloqdan yonma-yon ikki irmoq oqib chiqdi. Katta
buloqning irmog‘i kichik buloqnikiga qaraganda kuchli roq
edi. Yana «tole»ni qarang! U oqib borayotgan yo‘lda
hech qanday to‘siq uchramadi. Kichik irmoq ning yo‘li
sermashaqqat ekan. Biroz yurganidan keyin kattakon
xarsangtoshga duch kelib qoldi. Shunda ham noumid
bo‘lmadi. Yeng shimarib ishga tushdi. Uning tirishqoqlik
bilan o‘ziga yo‘l axtarayotganini ko‘rgan katta irmoq:
– Ey, bechora, shunchalik nimjonsan-u, yo‘lga chiqib
nima qilar eding, – dedi.
– Og‘ayni, bunday gaplarni qo‘y, – dedi kichik ir
-
moq. – Undan ko‘ra o‘ng tomoningdan ozroq joyni
o‘pirib yubor. Menga ham yo‘l ochilsin.
– Ho, tirrancha. Hali sen boshqalarning mehnati
hisobiga yashashni ham bilasanmi? Bor, bor, toshing-
ni ter! – dedi-da, katta irmoq o‘pkasini qo‘ltiqlab uzoq-
larga yugurib ketdi. Bir-biridan yoqimli, bir-biridan chi
-
royli daraxtlar uning yo‘liga peshvoz chiqib:
– Biz tomondan yur, – deb iltimos qildilar.
– Bilaman, sizlar hammangiz tekinxo‘rsizlar, yaqi-
ningizga borsam, bas, ildizingiz bilan suvimni shimirib,
tinkamni quritasiz, – dedi-da, katta irmoq yo‘lni chap
solib jo‘nab qoldi. Oxiri cho‘l-u biyobonda qumlikning
bag‘riga bosh qo‘ydi-da, holdan ketdi.
Kichik irmoq kecha-kunduz mehnat qildi, niho yat,
xarsangtoshning bir yonboshidan yemirib o‘tib yana
135
yo‘lga tushdi. U yo‘l-yo‘lakay daraxtlar bilan do‘stlashdi.
Ularning ildizlari irmoq suvining yer ostiga singib ke-
tishiga yo‘l qo‘ymadilar. Yaproqlari quyosh nurini to‘sib,
bug‘lanishdan saqladilar. Kichik irmoq ham, o‘z navbati
-
da, yashil do‘stlarini qondirib sug‘ordi. Shunda o‘zining
yo‘lda boshidan o‘tkazgan hamma mashaqqatlarini ta-
momila unutib, o‘ziga o‘zi:
– Bunday yashash juda soz bo‘lar ekan, – dedi.
Kichik irmoq quvona-quvona yo‘l bosib, azim daryo
bo‘yiga qanday yetib kelganini ham sezmay qoldi.
– Behuda tentirab yurma, – dedi unga daryo. – Bi
-
ronta ko‘lmakka tushib qolsang, suvingni sasitadi. Bor
-
di-yu, qumlik cho‘lga chiqib qolsang, o‘z qa’riga yutib
halok qiladi. Kel, bizga qo‘shil!
Irmoq
bu
so‘zni
eshitib
o‘zini daryo bag‘riga otdi. Uning
suvi tezda daryo suvi bilan bir
jon-bir tan bo‘lib ketdi. Irmoq
qo‘shilganidan keyin daryo yana
-
da kuchliroq bo‘lib oldi. Dasht-bi
-
yobonlarga oqib, bironta ham giyoh unmagan taqir yerni
bog‘-bo‘stonga aylantirdi. Shunda kichik irmoq o‘ziga o‘zi:
– Ko‘pchilik bilan birgalikda mehnat qilib yashash
juda ham soz bo‘lar ekan, – dedi.
1. Nima uchun kichik irmoqning yo‘li sermashaqqat
bo‘ldi?
2. Kichik irmoq va uning do‘stlari bir-biriga qanday yor
-
dam ko‘rsatdi?
136
Do'stlaringiz bilan baham: |