HUNARSIZ KISHI O‘LIMGA YAQIN
I
O‘tgan zamonda bir podshoh yashagan ekan.
Kunlarning birida u ovga chiqibdi-da, o‘sha yerdagi
bir o‘tinchining go‘zal qizini ko‘rib, sevib qolibdi.
Podshoh tomonidan kelgan sovchilarga:
– Podshohingizning nima hunari bor, men hunarli
kishiga turmushga chiqaman, – debdi qiz.
58
Sovchilar:
– Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar
bo‘ladimi? Podshoh barcha hunarli fuqaroning otasi
bo‘ladi, – deyishibdi.
Qiz:
– Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarli-
ning o‘zi kerak. Zamon o‘zgarishi bilan bugun pod
-
shoh bo‘lgan kishi ertaga tilanchi bo‘lib qolishi mum
-
kin. Podshohingizga borib ayting, menga hunarini
ko‘rsatsin, undan so‘ng tegaman, – debdi.
Sovchilar qaytib kelib, qizning javobini aytibdi
-
lar. Podshohning bu so‘zlarga achchig‘i kelib, qizni
o‘ldirmoqchi bo‘libdi-yu, biroq qizga bo‘lgan sevgisi
bunga yo‘l bermabdi.
Nima qilarini bilmay, o‘zini o‘qitgan muallim bilan
kengashibdi.
Muallim «Yetmishta yangi hunar» degan kitobni
keltiribdi-da, uni tovush chiqarib o‘qibdi. Bir yerdan
«hunarsiz kishi o‘limga yaqindir»
degan so‘zlar chiqib qolibdi.
Muallim ham shu yerda kitobni
yopibdi-da:
– Qizning so‘zi to‘g‘ri, «Hu-
narliga tegaman» desa, haqqi
bor, – debdi.
Podshohning
ilgarigi
dardi
-
ga yana ming dard qo‘shilibdi.
Muallimga
ruxsat
beribdi-da,
o‘zicha bir hunar o‘rganmoqqa
59
ahd
qilibdi.
Ertasiga
podshoh
taxtiga
o‘tirgan
chog‘ida, bir kishi bir gilam olib kelibdi. Bu gilamni
ko‘rishi bilanoq podshoh ning ko‘ngliga gilam to‘qishni
o‘rganish
havasi
tushibdi.
Gilamdo‘zdan
gilam
to‘qishni o‘rgatishni o‘tinib so‘rabdi. U podshohga gi
-
lam to‘qishni yigirma besh kun davomida o‘rgatibdi.
Kerakli narsa larni tayyorlab, podshoh o‘z qo‘li bilan
gilam to‘qib, o‘tinchining qiziga sovchilardan berib
yuboribdi. Sovchilar qizga podshohning o‘z qo‘li bilan
to‘qigan gilamini ko‘rsatganlarida u:
– Mana endi podshoh men istagan kishi bo‘libdi,
borib aytinglar, to‘yni boshlayversin, – debdi.
1. O‘tinchining qizi podshohga qanday shart qo‘ydi?
2. Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi?
Podshoh-chi?
II
Podshoh tezda to‘y qilib, o‘tinchining qiziga uy
-
lanibdi.
O‘sha kunlarda el orasida taomining yaxshiligidan
bir kabobchining dong‘i chiqqan ekan. Podshohga
ham uning kabobi yoqib, ko‘ngli istagan chog‘larda
u yer dan kabob oldirib yer ekan. Kunlardan bir
kuni yarim kechada podshohning kabob yegisi kelib
qolibdi, borib kabobchining do‘konini taqillatibdi.
– Kimsan, nima ishing bor? – debdi kabobchi.
– Men bir musofirman, qornim och, kabob yegani
keldim, – debdi podshoh.
60
Podshoh kabobchining uyiga kirib ko‘rpachaga
o‘tirgan ekan, birdan gumburlab yerto‘laga yiqilib
ketibdi. Yerto‘lada podshohdan boshqa bir necha
odamlar ham bor ekan.
Shunda u aniq bilibdiki, kabob yegani kelganlarni
zindonga tashlab, so‘ngra qul qilib sotishar ekan. Bu
yerga meni o‘lim haydab kelgan ekan, debdi pod
-
shoh va chidamoqqa majbur bo‘libdi. Oradan bir
necha kun o‘tgandan so‘ng gal podshohga yetibdi.
Podshoh:
– Agar sizning istagingiz aqcha topish bo‘lsa,
me ning yaxshi hunarim bor, yigirma kunda bir gilam
to‘qiyman. U gilamni podshohga tortiq qilsangiz, juda
ko‘p pul beradi, – debdi kabobchining odamlariga.
Ular maslahatlashib: «Hunaring tufayli o‘limdan
qutulding, bizlarga gilam to‘qib ber», – deyishibdi.
Podshoh yigirma kun orasida bir gilam to‘qib, cheti
-
ga yonidagi muhrini bosib:
– Mana, gilamni podshohga tortiq qilib olib bo ring!
– debdi. Kabobchilar gilamni podshohning o‘rdasiga
olib boribdilar. Vazir gilamni sinchiklab ko‘zdan ke
-
chirgach, bir chetida podshohning muhrini ko‘rib
qolibdi. U darhol navkar yo‘llab, kabobchi ning ma
-
konini o‘rab olib, podshoh va boshqa asirlarni zin
-
dondan qutqaribdi. Podshoh xalqni to‘plab, ular
uchun ibrat bo‘lsin deb, odam larni qiynab, so‘ngra
qul qilib sotadigan kabobchilarni bozor ning o‘rtasida
dorga ostiribdi.
61
1. «Hunarli kishi xor bo‘lmas» maqolining ertak mazmu
-
niga qanday aloqasi bor?
2. Matndan hunarning afzalligi haqidagi o‘rinlarni tanlab
o‘qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |