QOR ODAMNING SOVG‘ASI
Oqiljon Husanov
Hamma bolalarning eslarida bor: bundan uch yil av
-
val qish juda qattiq keldi. Ariqlarda suvlar muzladi,
87
yer lar tosh-metinga aylandi. Hadeb qor yog‘averganidan
kamqatnov yo‘llarda yurish qiyinlashib qoldi.
Bir kuni dadam nonushta paytida akamga:
– O‘t kirvoy! – dedilar. – Bugun yakshanba, dam
olish ku ni. Maktabga bormaysan. Eshakni aravaga
qo‘shgin-da, bironta o‘rtog‘ingni yoningga olib, chaylaga
borib kelgin. Avval aravaga makka poyasini ortinglar.
Ustiga ketganicha yantoq bosinglar – qo‘y bilan sigirga
yemish bo‘ladi.
Akam «xo‘p» dedilar. Dadam birozdan keyin:
– Sherik topolmasang, yakka o‘zing borma. Ukang
Kamolni yoningga olvolarsan, – dedilar.
Men sevinib ketib, dalaga ketayotganimizni aytish
uchun Alisherlarnikiga chiqdim. «Akang «xo‘p» desa-
lar, men ham borardim», – dedi u. Akamdan so‘ragan
edim, aftimga qarab turdi-da:
– Agar injiqlik qilmaydigan bo‘lsa, mayli, men
boshqa hech kimni chaqirmay qo‘ya qolaman, – dedi.
Shunday qilib, Alisher ikki-
miz aravaning oldiga o‘tirib ol dik.
Akam eshakka mindi. Uchovi-
mizning ham boshimizda qu loq-
chin, oyog‘imizda ichi jun botin
-
ka, ustimizda palto...
Akam chayla yoniga yetga
-
nimizda aravani to‘xtatib, eshak ustidan pastga irg‘idi.
Biz ham birin-ketin yerga tushdik.
Uchovimiz ichkariga mo‘raladik. Chaylaning ichi o‘tin-
cho‘pga, yem-xashakka to‘la edi. Akam makkapoyalar
-
ni o‘roq bilan qo‘zg‘ayotganida chaylaning ichi changib
ketdi.
88
– Tashqariga chiqib turinglar, – dedi akam bizga
qa rab. – Eshakdan ham xabardor bo‘linglar, aravani
olib ketib qolmasin.
Chaylaning orqasiga o‘tdik.
– Alisher, qor odam yasaymizmi? – dedim men.
– Bo‘pti. Yur! Qayerda yasaymiz? – dedi Alisher.
– Huv, ana u yerda.
Ikkovimiz aravadan tushib, ariqning narigi tomoniga
sakrab o‘tdik-da, ishga kirishdik. Qor odamni beligacha
yasadik. Biroq yuqorisini ko‘tarishda ancha qiynaldik.
Qorimiz ilashmay to‘kilib ketaverdi.
– Ichiga bironta cho‘p tiqmasak bo‘lmaydi, – taklif
qildi Alisher.
Boya yo‘lda kelayotganimizda arava ustida ko‘rgan
kosovni olib keldim. Kosovni yerga qoqish uchun chay
-
laning ichidan guvala topib chiqdim. Kosovning kuygan
tarafini yuqoriga qilib yerga qoqa boshladik. Yer ajriqzor
bo‘lsa ham qattiq ekan. Kosovning uchi yerga ozgina
kirar-kirmas guvala ikkiga bo‘lindi. Yaxshi bo‘ldi dedik-da,
guvalani kosovning ikki tomoniga tirab qo‘ydik. So‘ngra
qaytadan qor yig‘ishga tushdik...
Qor odamimiz binoyidek chiqdi. Og‘zini kattaroq qilib
yuboribmiz. Iljayganga o‘xshab qolibdi.
– Mayli, iljaysa yomonmi? – dedi Alisher. – Ko‘rgan
odam hazilkash ekan, deydi-da...
Akam bizni chaqirib qoldi. Aylanib chayla oldiga bor
-
sak, bir o‘zi makkapoyani aravaga ortib bo‘libdi.
– Endi uchovimiz ham piyoda yuramiz, – dedi akam.
Biz «xo‘p» dedik. Akam eshakni yetakladi. Chayla-
ning orqasidan o‘tayotganimizda arava to‘xtadi. Biz hay
-
ron bo‘ldik.
89
– Anovi qor odamni sizlar yasadilaringmi? – deb
so‘radi akam biz tomonga qarab. Biz «ha» degandek
boshimizni qimirlatdik.
– Obbo azamatlar-ey, rosa boplabsizlar-ku.
Biz yo‘l-yo‘lakay qor odamni qanday yasaganimizni
akamga aytib berdik.
Akam o‘sha yili bahorda armiyaga ketdi. Biz ham
ikki yilgacha chaylaga ko‘chib chiqmadik.
Akam harbiy xizmatdan qaytgach, dadam dala-
dagi brigadaga o‘tdilar. Biz yana chaylamizga ko‘chib
chiqdik.
Qovun-tarvuzlarimiz yaxshi bo‘ldi, handalaklar pishib
katta qovunlar to‘rlagan paytda dalalar shunaqayam
chiroyli bo‘ldiki... O‘sha kunlari akamning tug‘ilgan kun
-
larini o‘tkazdik.
Bir mahal akam dadamga qarab:
– Bu tol ilgari yo‘q edi-ku, qachon ekkansiz, dada?
– deb so‘radi.
– Men ham hayronman, – dedilar dadam. – Ilgari
yo‘q edi.
Akam shu payt o‘rnidan turib tol poyasining yuqori
tomoniga tikildi. Menga qarab bir kulib qo‘ydi-da, da-
damga gapirdi:
– Buni Kamoljon bilan Alisher ekkan, bu tol o‘sha
kosovdan unib chiqqan, – dedi akam. – Buni qor
odam ning bizlarga qoldirgan sovg‘asi, desak ham
bo‘ladi...
1. Hikoyaning «Qor odamning sovg‘asi» deb nomlanishini
izohlang.
2. «Qor odam» bolalarga qanday sovg‘a qoldirdi?
90
Do'stlaringiz bilan baham: |