Toshkent viloyatidagi «orzu» fermer xo‘jaligining 50



Download 142,13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.06.2022
Hajmi142,13 Kb.
#660226
Bog'liq
CASE STUDY



CASE STUDY 
Toshkent viloyatidagi «ORZU» fermer xo‘jaligining 50 
gektar yeri bo‘lib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Fermer 
xo‘jaligi yerdan unumli foydalanib, meva va sabzavot ekinlaridan 
barakali hosil yetishtirib keladi. Sarf-xarajatlardan tashqari har 
yili o‘rtacha 100 mln. so‘m sof foyda oladi. Fermer xo‘jaligining 
rahbari Rustam akada, taraqqiyoti va farovonligi yilida, hosilning 
bir qismini qayta ishlash uchun sex qurish g‘oyasi paydo bo‘ldi. 
Yetishtirilgan mahsulotni o‘zida qayta ishlash transport 
xarajatlarini kamaytiradi, yangi ish o‘rinlarini ochishga imkon 
beradi va mahsulot qayta ishlangandan so‘ng, uning narxi ham 
oshadi. Shu maqsadda sex qurilishi va qayta ishlangan 
mahsulotlarni sotishning biznes loyihasi ishlab chiqildi. Hisob-
kitoblar bu ishni samarali ekanligini ko‘rsatmoqda. Loyihaga 
ko‘ra, qayta ishlash sexining qurilishi, ishlab chiqarish 
uskunalarini Germaniyadan sotib olish va o‘rnatib, to‘liq ishga 
tushurish xarajatlari, loyiha baholangan kundagi milliy valyuta 
kursi bo‘yicha fermer xo‘jaligiga 800 mln. so‘mga tushar ekan. 
Hozir xo‘jalik hisob raqamida 100 mln. so‘m mablag‘ bo‘lib, 
qolgan mablag‘ni xo‘jalik rahbari bankdan qarzga olishni 
mo‘ljalladi. Davlat qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida
kichik va o‘rta biznes sub’ektlari o‘z iqtisodiy va moliyaviy 
ahvollarini yaxshilab olishlariga sharoit yaratish maqsadida, 
banklarga markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 
50% chegirmasidan kelib chiqqan holda, kredit berishga ruxsat 
berdi. Xo‘jalik rahbari banklarning fermer xo‘jaliklari uchun 
ajratadigan 
kredit 
imkoniyatlarini 
o‘rganib, 
quyidagi 
ma’lumotlarni aniqladi:
1) «A» bankda fermer xo‘jaliklariga kreditlar yillik 20% bilan 
beriladi. Qarz qiymati va foizlar muddat oxirida bir yo‘la 
qaytariladi.


2) «B» - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining fermer 
xo‘jaliklari uchun ajratadigan kreditlari yillik 24% bo‘lib, bunda 
kreditorning ishtiroki 25% ni tashkil etadi, ya’ni bank sexni 
quruvchi pudratchilarga 300 mln. so‘m mablag‘ni o‘tkazishi 
uchun xo‘jalik bu mablag‘ning 25% ni bankka o‘tkazishi kerak 
bo‘ladi;
3) «C»ning fermer xo‘jaliklari uchun ajratadigan kreditlari yillik 
26% bo‘lib, bank o‘z mablag‘ining qadrsizlanishini oldini olish 
maqsadida ushbu foizga ustama, qo‘shimcha ravishda kredit 
shartnomasida davlat tomonidan har yil oxirida e’lon qilinadigan 
inflyatsiyani o‘sish darajasini hisobga olgan holda qarzni 
qaytarish sharti ko‘rsatilgan. Foizlar esa har yarim yil oxirida 
o‘tkaziladi.
4) «D» kredit uyushmasida naqd pulda oyiga 5.5%, hisob 
raqamiga o‘tkazish orqali oyiga 3.5% bilan kredit beriladi.
Rustam aka inflyatsiya ko‘rsatkichlari haqida Davlat statistika 
ko’mitasi 2020 yil yakuni bo’yicha bergan hisobotida infilyatsiya 
tempi 11%-11,5% ni tashkil etgan. 2021-yilda inflyatsiya darajasi 
9,98 foizni tashkil etdi, deya xabar beradi. 2022-yilda infilyatsiya 
8% bo’lish kutilmoiqda va hozirda markaziy bankning asosiy 
(qayta moliyalashtirish) stavkasi 17%ni (u har yili o‘zgarib turishi 
mumkin) tashkil etishini «Birja» gazetasining 33(2000)-sonini 
o‘qib bilib oldi. Bu gazetada yana oxirgi to‘rt yillik inflyatsiya 
darajalari haqidagi ma’lumotlar ham berilgan bo‘lib, ular mos 
ravishda 8%, 7,8%, 7% va 6% larni tashkil etadi. Ushbu 
holatlardan kelib chiqib, fermer xo‘jaligining kredit olish va uni 
qaytarish imkoniyatlarini baholang. 
Masalani qo‘yilishi (Masalani yechish rejasi): 
Bu muammoni hal qilish uchun quyidagi masalalarni hal 
qilishimiz kerak bo‘ladi:


1) Fermer xo‘jaligi, birinchi navbatda, qaysi bank bilan 
hamkorlik qilish, ya’ni qaysi bankdan qarz olishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
2) Fermer xo‘jaligi qarzni qancha muddatga olishi kerakki, uni 
o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, shu muddatda o‘z 
majburiyatini vaqtida, to‘la bajara olsin. 
3) Qarzni qaytarish rejasini tanlash va bank bilan shu sxema 
bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib borsin. 
Kelishilgan sxema bo‘yicha qarzni qoplashda, xo‘jalikning qarz 
bo‘yicha yillik sarf-xarajati qancha bo‘ladi? 
Banklarning kredit shartnoma shartlarining moliyaviy tahlili 
uchun hozircha 5 yil muddatni asos qilib olamiz, chunki qolgan 
muddatlar bo‘yicha ham shu nisbat saqlanadi, xo‘jalikning o‘z 
imkoniyati darajasida kreditni qancha muddatga olishi mumkin 
ekanligini esa bankni tanlaganimizdan so‘ng aniqlaymiz. Yana 
yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, shartli ravishda, markaziy 
bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 5 yil davomida 
o‘zgarmaydi va infliyatsiya darajasi o‘rtacha 8%ni tashkil etadi 
deb faraz qilyaylik


Download 142,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish