TOSHKENT VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH QONIQARLIMI?
Toshkent viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash ko'rsatkichlari soliq to'lovlari, eksport, murojaatlar, tadbirkorlik, kichik biznes, sanoat, xizmat, chakana savdo, investitsiya, xotin-qizlar va yoshlar yo'nalishlariga bog'liq holda belgilanadi.
Prezidentimizning 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida”gi qarori bu boradagi o'rganishlarni olib borishda muhim dasturilamal bo'lmoqda.
Xususan, ushbu yo'nalishlar bo'yicha tuman va shahar hokimliklari tomonidan amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo'lib, joylarda xalq deputatlari tuman shahar kengashlarining sessiyalari o'tkazilgan holda hal etilishi lozim bo'lgan masalalar ko'rib chiqilyapti.
Bu yo'nalishda olib borilgan tahlillarga ko'ra, kichik biznes sohasida viloyatda joriy yilning 1 aprel holatiga 2 ming 350 ta yangi tadbirkorlik sub'ekti tashkil etilib, bugungi kunda ro'yxatdan o'tgan kichik biznes sub'ektlari soni 47 ming 541 tani tashkil etmoqda. Bu borada faoliyat ko'rsatkichlari bo'yicha eng yuqori natija qayd etgan Bo'ka tumani 104,0 foizga, Bekobod tumani 103,5 foizga, Quyi Chirchiq tumani 102,3 foizga, Bo'stonliq tumani 102,1 foizga va Oqqo'rg'on tumani esa 101,8 foizga etgan.
Shuningdek, soliq to'lovlarining yig'ilish darajasi shu davr mobaynida 933 milliard 786,2 million so'mni tashkil etib, belgilangan rejaga nisbatan 99,1 foizga bajarilgan. Amalga oshirilgan soliq to'lovlar hajmi hududlar kesimida o'rganilganda, viloyatdagi soliq tushumlarining asosiy ulushi Zangiota, Qibray, Toshkent tumanlari, Chirchiq va Angren shaharlariga to'g'ri kelyapti. Bu bo'yicha juda past foizni tashkil etgan hududlar Oqqo'rg'on tumani va Bekobod shahridir.
Bundan tashqari, viloyat hududiy eksport rejasi ko'rsatkichlari bajarilishini ta'minlash bo'yicha ko'rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning yanvar-mart oylarida 156,4 million AQSh dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, belgilangan prognoz 123,3 foizga bajarilgan. Hisobot davrida viloyat eksportidagi yuqori ulushni Chirchiq shahri 36,6 million AQSh dollar, YAngiyo'l tumani 18,1 million AQSh dollarini tashkil etmoqda. Bu rejani bajarmagan hududlar Qibray va Zangiota tumanlaridir. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan eksport hajmlari bo'yicha Chirchiq shahar 224,0 AQSh dollarga to'g'ri kelsa, Pskent tumanida esa bor yo'g'i 7,7 AQSh dollarni tashkil etmoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi tomonidan murojaatlarning ko'rib chiqilishi bo'yicha 2021 yil 1 aprel holatigacha Toshkent viloyati bo'yicha jami 1 ming 195 ta murojaat kelib tushgan. Tadbirkorlar tomonidan qilinayotgan murojaatlar mas'ul xodimlar tomonidan byurokratik to'siqlarga uchrayotgani va sansolarlikka yo'l qo'yilayotgani sababli takroriy murojaatlar ko'payishiga olib kelmoqda.
Viloyatda sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish barcha tuman va shaharlar uchun ustuvor yo'nalish etib belgilangan bo'lib, 2021 yilning yanvar-mart oylarida faoliyat yuritayotgan 8 ming 800 ta sanoat korxonasi tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 16,3 trillion so'mni yoki o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,0 foizni tashkil etmoqda.
Jami sanoat mahsulotlari tarkibida yuqori ulush Olmaliq, Bekobod va Angren shaharlari va Qibray tumanlariga to'g'ri keldi. Shuningdek, Parkent, Chinoz va Pskent tumanlarida bu holat viloyatning jami sanoat mahsulotlari ishlar chiqarish hajmlaridagi ulushi bir foizga ham etmaydi. Bu esa o'z navbatida, tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, “qoniqarsiz” hududlar tarkibiga kirib qolishi ehtimoli mavjud.
Hozir Toshkent viloyati aholisi 2 million 986,2 ming nafar bo'lib, shundan 1 million 336,5 ming nafari iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Shuni alohida e'tiborga olib, yoshlar va xotin-qizlarni mehnat bozorida talabga ega bo'lgan mutaxassisliklar bo'yicha kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishsizlar bandligini ta'minlash choralari ko'rilyapti.
Umuman olganda, mutaxassislar tomonidan har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati asosiy ko'rsatkichlari chuqur tahlil qilinib, ulardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.
YALPI HUDUDIY MAHSULOT 108.1%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
SANOAT 109.6%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
QISHLOQ O`RMON VA BALIQ XO`JALIGI 103.3%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
ASOSIY KAPITALGA KIRITILGAN INVESTITSIYALAR 104.5%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
105.0%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
104.1%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
YO'LOVCHI AYLANMASI 99.3%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
CHAKANA TOVAR AYLANMASI 120.7%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
115.2%
2021- yilning yanvar- mart oyiga nisbatan foizda
DOIMIY AHOLI SONI 2,954,420
Aholining joriy hisobi bo'yicha
Toshkent viloyati to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-aprel oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 6,4 %ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 74,4 %ni tashkil etgan va ishlab chiqarish hajmi 1735,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |