Bo‘g‘in ustida ishlash
Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi.
O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar. 1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har darsda o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar.
O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni aw al bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.
O'quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
— „Vatan" so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga va; ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo'g'inga tan: ya’ni t, a, n harflarini yozaman. O'quvchi so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish
ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish. bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to ‘g‘ri ko'chirish uchun zarur. O 'quvchilar „So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'Iga bo'g'inlab ko'chiriladi" va „Bir harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'Iga ko'chirib bo'lm aydi" degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini I sinfdayoq o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan m ustahkam lashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim, ko‘ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada ko'proq mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab etadi.
Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi m urakkabroq so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.
Dasturga ko'ra, tutuq belgili {m a’no, sun’iy kabi) so'zlarni bo'g'inga bo'lish va ko'chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo'g'inda bo'lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga bo'lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo'g'inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo'g'inga o'tishi (kat-la, ik-ki kabi) o'quvchilarga 2-sinfdayoq o'rgatiladi
`
.
Xulosa
Xulosamiz tovushlar tovushsiz harflar kabi mavjud emas degan xulosa qilish mumkin. Biz nafaqat eshitishimiz, balki matnni ko'rishimiz kerak. Yosh bolalar avval gapirishni o'rganadilar, ya'ni. tovushlar chiqaradi va shundan keyingina ularga aytganlarini yozishga o'rgatiladi, ya'ni. og'zaki tovushlarni grafik yozuvlarini tuzing. Ba'zan bolalarga harf va tovush o'rtasidagi farqni tushunish qiyin bo'ladi, shu bilan bir so'zni tovushlar bilan imzolangan transkripsiya qilish mumkin. Bu shuni anglatadiki, har bir harf biz nutqda eshitgan tovushga muvofiq yozilgan. Keyin bolalar uchun harf va tovush o'rtasidagi nozik chiziqni ko'rish osonlashadi.
Tovushlar va harflar birma-bir mavjud bo'lolmaydi. Agar siz ularni talaffuz qila olmasangiz, xatlarni yozishda hech qanday ma'no yo'q va agar imkonsiz bo'lgan narsani yozsangiz, talaffuz qilishning ma'nosi nima.
Axir, inson umrida eshitgan barcha ma'lumotlarni eslay olmaydi, xatlar yordamga keladi. Tovushdan yoki harfdan ham muhimroq narsani aniqlashning iloji yo'q, chunki fikr yana ularning bir-birisiz mavjudligi imkonsiz va shunchaki mantiqiy emas degan fikrga keladi.
Adabiyotlar:
1. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.
2. Gʻafforova R, Nazarov Q, Yo’ldoshev Sh “1-sinf savod darslari”Toshkent 1997
3 Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva. Savod o'rgatish darslari. — Т.: „O'qituvchi", 1996. Q. Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o'stirish. — Т.: 1980.
4. . Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. „Ona tili darslari (1 –sinf o'qituvchilari uchun qo'llanma). - Т.: 1999..
Intyernyet saytlar:
Uz.m.wikipediya.org
http://kh-davron.uz
www.ziyonet.uz
www.referat.uz
Toshkent viloyati Zangiota tumani 38-IDUM
3-“A” sinf oʻquvchisi Baxtiyorova Diyoraxonning
“Tovush va xarflar” mavzusidagi ilmiy ishiga
TAQRIZ.
Oʻquvchi mavzuni yoritishda 3-sinf ona tili darsligida berilgan mavzulardan va qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanadi. Ilmiy ishda shu mavzu tahlil etilgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, tadqiqot vazifalari, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi va hajmi haqida ma’lumot berilgan.
Ilmiy ish uch bobdan iborat. Birinchi bob “Tovush va harflar haqida ma’lumot” deb nomlangan. Oʻquvchi bu bobda tovush va harflar haqida to’liq, kenroq yoritib beradi.
Ikkinchi bob esa “Unli va undosh tovushlar. Harf birikmalari ” haqida soʻz boradi. Bu bobda asosiy e’tibor ikki xil tovushning talaffuzlari va ishlatilishi haqidagi fikrlarga qaratilgan.
Uchinchi bobda esa “bo’g’in deb nomlangan.Bu bobda bo’g’inning qo’llanilishi va ahamiyati haqidagi fikrlarga qaratilgan.
Ishning yakunida umumiy xulosa berilgan. Adabiyotlar roʻyxati ilova etilgan.
Ishni ҳimoyaga tavsiya etaman. Boshlang’ich fani qituvchisi: Xolxodjayeva.D
“Kichik fanlar akademiyasi” doirasidagi ilmiy
loyihalar tanlovi ishtirokchisi haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |