Test dasturlari
Translyator kompilyatorlari
Qobiqlar
Bir masalali ,1 foydalanuvcili
Ko’p masalali ,ko’p foydalanuvcili
Sozlash dasturlari
Diagnostika dasturlari
Translyator interpritatorlari
Utilitlar
Tarmoq
Nazoratning maxsus dasturlari
Assemblerlar
Antivirus vositalari
Tizimli dasturlarning asosiy vazifasi foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlashdir.
Bu foydalanuvchiga bir qancha qulayliklarni yaratadi. Masalan Windows operatsion tizimida bir paytning o’zida bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatlari mavjud.
Windows operatsion tizimi hozirgi kunda eng ommabop bo’lgan operatsion sistema bo’lib uning bir qancha variantlari mavjud. Masalan : Windows 3.1 , Windows 3.11 , Windows 95 , Windows NT , Windows ME , Windows XP , Windows Vista va boshqalar. Ular bir biridan bajariladigan amal yoki dasturlar soni , xotiradan egallagan joyi va ishlash tezliklari bilan farq qiladi. Windows operatsion tizimi foydalanuvchiga bir paytning o’zida bir nechta dastur oynasi bilan ishlash imkoniyatini beradi. Windowsning birinchi varianti 1983 yilda ishlab chiqilgan.
MS DOS operatsion tizimi IBM PC kompyuteri mualliflari buyurtmasiga muvofiq Microsoft firmasi tomonidan 1981 yilda yaratilgan. Hozirgi kungacha uning bir qancha variantlari mavjud. Eng oxirgi varianti 1994 yilda yaratilgan MS DOS 7.0 bo’lib u Windows – 95 tarkibida mavjud. MS DOS operatsion tizimini Windows operatsion tizimidan farqi unda dasturlar ketma – ket rafishda ishlaydi , ya’ni faqat bitta dastur ishini tugatgach ikkinchi dastur bilan ishlash mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda bu operatsion sistemadan juda ham kam foydalaniladi.
Sistemaviy dasturiy ta'minot (SDT) quyidagilarni bajarishga karatilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmoKining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmoKi apparat kismining ishini tashkil kilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy kismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi(xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat kursatuvchi dasturiy ta'minot aloxida, kushimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarining minimal tuplamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
— operatsion tizim (OT);
— tarmok operatsion tizimi.
Yordamchi(xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) kulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis kiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmok ishini ta'minlovchi va boshka dasturlardir.
Shunday kilib, sistemaviy dasturiy ta'minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yokilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo) boshkaradi, foydalanuvchi bilan mulokotni tashkil etadi, bajarish uchun boshka dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan kulay mulokotni(interfeysni) ta'minlaydi.
Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichkoncha, printerlar va boshkalar)ni boshkarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Uozirgi davrda kuplab OTlar mavjud:
— UNIX;
— MS DOS;
— OS/2;
— WINDOWS 95;
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy kismlardan iboratligini biz oldingi bobda aytib utgan edik. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir.
Apparat ta'minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari va kushimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muxim kismi bulib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan xujjatlarni uz ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz xar kanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib koladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bolanish kanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi bolanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi uzaro bolanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro bolanish esa — dasturiy interfeys, apparat kismlari va dasturlar orasidagi uzaro bolanish — apparat — dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan mulokotda buladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan uzaro mulokoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
— sistemaviy dasturiy ta'minot;
— amaliy dasturiy ta'minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir predmet soxasi buyicha ma'lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saklash va joriy etishga muljallangan.
Savol va topshiriqlar
Tizimli dasturlar haqida umumiy ma’lumot bering.
Windovs operatsion tizimi haqida tushuncha bering.
Tizimli dasturiy ta’minotni yaratish usullari haqida nimalarni bilasiz?
www ziyo net.uz
www.kutubhona.uz
www.must ish.uz
Foydalanilgan adabiyot
1.Sattorov A.. Informatika va axborot texnologiyalari.T.:”O’qituvchi”. 2003 y.
2.Ahmedov A., Tayloqov N. Informatika. T.:”O’zbekiston”. 2002 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |