Toshkent viloyati
Piskent tumani
79- sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktab- internatining
Texnologiya fan o’qituvchisi
Latofat Abdumannonovaning
1 soatli dars ishlanmasi
MAVZU : ”Sen qudrat manbau,saodat maskani ,jonajon
O’zbekiston!”
Ta’limiy: O'quvchilarga o'zligini chuqurroq tanishtirish. Ularda erk, istiqlol, Vatan tuyg'usi tushunchalarini mustahkamlash .
Tarbiyaviy: Yuksak didli, aqlan barkamol, ma'naviyati yetuk, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash Vatanni sevishga, unga munosib farzand bo'lishga undash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish, lug’at boyligini boyitish, bilim ko’nikma malakalarini shakllantirish.
Uslubi: bahs-munozara, rasmlar orqali savol – javob.
Jihozi: Prezident asarlari, Vatanimiz ramzlari, mustaqillikka atalgan rasmlar.
Darsning borishi Tashkiliy qism.
D ars salomlashish bilan boshlanadi. Davlatimiz madhiyasi ijro etiladi. Vatanimizni madh e'tuvchi she'r o'qiladi.
Assalom ulug' xalq o'zbegim
Dili pok qutlug' xalq o'zbegim
Assalom hur taqdir istiqlol
Iqbolim, sharafim o'zbegim.
Tong bilan yangraydi madhiyam Porlaydi yuksakda quyoshim Yo'l ko'rkam, el ko'rkam, dil ko'rkam Karvoning boshlayver yurtboshim!
Jonajon maktab haqida she'r:
Assalom,maktabim ulug' koshona! Assalom, jon tanim Vatanim - ona! Men seni sog'indim yurak-yurakdan Naqadar azizsan oftob-nurxona!
Aziz o'quvchilar avvalom bor sizlarn Bilimlar kuni bilan, Istitqlol bayramimiz bilan tabriklayman. Mana O'zbekistonimiz Davlat mustaqilligining 29 yilligini nishonlamoqda. Milliy istiqlol o'zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo'l
da ming- minglab Vatan yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo'lga kiritilishi katta yutuq uning qadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish oldimizdagi sharafli burchimizdir.
Asrga tatigulik 29 yil mamlakatimiz tarixida xalqimiz xotirasida benazir yillar bo'lib kirdi. O'zbekiston dovrug'i olamga yoyildi. Yurtboshimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti - jahonning bosh minbaridan nutq so'zlab, dunyo xalqlari taqdirining muhim jihatlarini qamrab olgan muammolarni qo'ydi, mazkur muammolar yechimini ko'rsatib berdi.
12 raqamining ham o'zgacha ramziy ma'nosi bor. 12 oy, 12 shahrimiz darvozasi. Davlatimiz bayrog'idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqador.
-To'g'ri "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat!" deb ta'kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikamizda hamma narsa: tabiiy boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy va ma'naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi bu diyorda mehnatsevar va iste'dodli xalq yashaydi.
Mustaqillik - iymon e'tiqod erkinligi.
Mustaqillik - milliy qadriyat, ma'naviyat va madaniyat, ma'rifat va din-diyonat ozodligi ...
O'z elimsan, o'z tilimsan O'zbekistonim o'zing ! Bu jahonda bir quyoshday Bir charog'bonim o'zing!
Muqaddas kitobimiz Qur'oni karimda "Vatanni sevmoq iymondandir" deyiladi. Iymon ishonchdir. Demak, e'tiqodli, aniq fikrga ega, vijdonli, andishali, insofli kishilar iymonli hisoblanadi. Ular Vatanning qadriga yetishadi va ko'z qorachig'dek asraydi.
Mana shunday ozod va obod diyorda yashar ekanmiz, ozodligimiz uchun kurashib, istiqlol tamal toshini qo'yishda jonlarini fido qilganlar oldida bosh egib, ularni e'zozlab hurmat bilan tilga olamiz.
Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo'lgan To'maris, Shiroq, Najmiddin Kibrolar nomini yodga olish.
Har bir inson kelajal sari intilib yashaydi va yana ham ko'proq yutuqlarga erishib yashaydi.
Shukurlar bo'lsinki, ota-bobolarimiz orzulari bugungi kunda o'zining mustahkam ifodasini topmoqda. Yurtimiz mustaqil, osmonimiz tinch, maqsadlarimiz oily, yo'limiz porloq.
O'lkamizning kundan-kunga go'zallashishi, turli qurilish ishlari: chiroyli yollar, mahobatli ko'priklar, xotira maydonlari, zamonaviy binolar, kollej va litseylar, bog' va gulzorlar kishini hayratga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |