Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti 5,5 baravarga oshdi.
So’nggi 12 yil ichida jahon iqtisodiy inqirozi davriga qaramay, ichki mahsulot ishlab chiqarish 8 % ga oshdi.
Mamlakatning 60 % dan ortig’ini yoshlar tashkil etadi.
Davlatning ijtimoiy sohaga ajratgan ulushi 5 % ga oshdi.
Real daromadlar kishi boshiga 9 martaga oshdi.
Hozirda mamlakatimiz jahonda iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanayotgan davlatlar ichida 5-o’rinni egalladi
Xalqaro e’tirofga ko’ra O’zbekiston ”Butun dunyo baxtlilik indeksi” da 158 davlat ichida 44, MDH mamlakatlari ichida 1-o’rinni egalladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat YaIM dagi ulushi 56 % ni tashkil etadi, aholining 75-77 % esa aynan shu sohada faoliyat ko’rsatmoqda.
Har yili davlat byudjetining qariyib 60% tibbiyot, ta’lim, kommunal soha, ijtimoiy soha va boshqa tarmoqlarga ajratiladi. Bosib o’tilgan 27 yillik yo’limizga nazar solsak, eng avvalo, yurtimiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, jahonda taraqqiyotning ”O’zbek modeli” deb tan olingan, mashxur 5 tamoyilga asoslangan va puxta o’tlangan taraqqiyot modeli hayotga chuqur tadbir etilib, barcha jabhalarda yuksak natijalarga erishilgani ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.
Avvalom bor shu kunlarning asoschisi mustaqillik me’mori 1-prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovdir. Ularning say harakatlari tufayli davlatimiz gullab yashnadi. Boshqa davlatlar orasida o;z nomi va o;rniga ega boldi.
Hozirgi kunda prezidentimiz Shavkat Miromoonivich Mirziyoyev davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun astoydil harakat qilmoqdalar. Ularning tashabbuslari blan 2017-2021 yillar mobayniga moljallangan harakatlar starategiyasi tuzib chqildi. Bu esa davlatimizning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qoshadi.
Bundan tashqari bu yil “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tashkil etildi. Uning maqsad va vazifalari yoshlar uchun hizmat qiladi.
Bugungi darsimizga yakun yasar ekanman, Prezidentimizning: "Amir
Temur bobomizning "Kuch adolatda" degan mashhur ta'birini bugungi kunga nisbatan qo'llab aytadigan bo'lsak men unga qo'shimcha qilib "Kuch bilim va tafakkurda" degan bo'lar edim", deb aytgan ajoyib so'zlari bilan va yoshlarimizga qarata: " Obod Vatanning ozod farzandi bo'l!" deya otalarcha aytgan so'zlari bilan yakunlamoqchiman.
Dars yakuni: Vatan haqida she'r va
qo'shiqlar ijro etiladi.
Shunday go'zal diyorda istiqlolning ilk porlayotgan yulduzlari
Siz o'quvchi yoshlarsiz. Siz Vatanimiz kelajagini yaratuvchilarisiz.
Siz hozirdan boshlab merosimizni chuqur o'rganishingiz Vatanni jondan sevishingiz, odobli, sog'lom yetuk bo'lib ilm cho'qqilarini
egallashingiz kerak.
Darsda faol qatnashganlarni rag’batlantrildi.
Uyga vazifa:
Hurmatli o’quvchilar! Siz darsdan keyingi bo’sh vaqtingizda sinfdosh va tengdoshlaringiz bilan Mustaqillik sizga nima bergani, siz davlat rivoji, mustaqillikni asrab-avaylash uchun qanday hissa qo’shishingiz haqida suhbatlashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |