15-Mashg’ulot. Vasiyat qilingan tuyalar. Dono mo’ysafid
Uch og‘a-inilarning otasi vafot etayotib vasiyatnoma qoldiripti. Unda bunday deyilgan ekan: «Mening bor-yo"g‘i 17 ta tuyam bor. Ularning 1/2 qismini katta o‘g‘limga, 1/3 qismini o‘rtancha o‘g‘limga, 1/9 qismini kenjatoyimga beringlar». Otaning farzandlari tuyalarni vasiyatga rioya qilgan holda bo‘lisha olmay ancha qiynaliptilar. Shunda yoMdan tuyada o‘tib ketayotgan bir mo‘ysafid ularning muammosini hal qilib beribdi. Xo‘sh, mo‘ysafid masalani qanday hal qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |