О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
«Himoyaga ruxsat etilsin»
“Maktabgacha va boshlang’ich
ta’lim” fakulteti dekani
________
«____» ________2021 y
|
«Himoyaga tavsiya etilsin»
“Boshlang’ich ta’lim”
kafedrasi mudiri: ________O.M. Jabborova
«____» ________2021 y
|
KURS ISHI
“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti
5111700 – “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yо‘nalishi
18/2 -guruh talabasi
Abdurahmonova Dinora
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan
Mavzu: 1-sinfda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
CHIRCHIQ – 2021
MUNDARIJA
-
KIRISH
|
I BOB. 1-sinfda matematikadan sinfdan tashqari
ishlarni tashkil etishni nazariy asoslari
|
1.1. Matematik o‘n minutlik, qiziqarli matematika soatlari, matematika
to‘garagi tavsifi
|
1.2. Matematik viktorina, matematik ertalik, matematik musobaqa tavsifi
|
1.3. Quvnoqlar va zukkolar klubi, matematik ro‘znoma, matematik
ekskursiya tavsifi
|
II BOB. 1-sinfda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi
|
2.1. 1- sinfda qiziqarli matematika to‘garagini tashkil etish
bo‘yicha tavsiyalar
|
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
|
|
KIRISH
Barkamol avlod haqida so‘z borganda, davlat ta‘lim standartlarini, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish, oily va o‘rta maxsus ta‘lim, umumta‘lim tizimida ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisiliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta‘lim – tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor‖ Shu sababli zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan pedagogik texnologiyalarini boshlang‘ich sinfda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda joriy etish hozirgi davr talabidir.[6]
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya katta.
Matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo‘lishi kerak. SHundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham
sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potentsial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning matematik madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Boshlang‘ich sinf matematikadan sinfdan tashqari ishlarni sifati va samaradorligini oshirish uchun, matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasini ishlab chiqish kerak.
I BOB.. 1-sinfda matematikadan sinfdan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: |