Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Download 64,63 Kb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi64,63 Kb.
#83322
1   2   3
Bog'liq
Aldasheva Gulsara

asosiy davrida (oktyabr- may) quyidagi ishlar olib boriladi:

1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish

2.Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi


bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;

4. Bo‘g‘in o‘qish;

5. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

Tayyorlovguruhlaridayildavomidao‘tkaziladiganmashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma—ketlikda olib borilishi kerak.

Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Har bir mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar berilgan.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq yangi, rivojlangan jamiyat qurish yo‘liga kirdi. Zahmatkash halqimiz o‘zining fidoiy mehnati va tinch hayoti bilan dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallash maqsadida barcha sohalarda chuqur islohotlarni amalga oshira boshladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi, ongiga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.

XXI asrga qadam qo‘ygan o‘zbek halqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – bu ozod va obod Vatan, erkinvafarovon hayot barpo etishdir. Albatta ushbu g‘oyani amalga oshirishda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga etkazish, ular nutqini o‘stirish muhim o‘rin tutadi. Har bir inson rivjlanishida, boshqa kishilar bilan muloqot qila olishid anutq asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida o‘z fikrini ta’sirchan etkazish datushunarli, mantiqiy, aniq, ravonnutqqa egabo‘lgankadrlarnitayyorlashkabimasalalardolzarbbo‘libkelmoqda.Ushbu dasturda maktabgacha ta’lim tizimida, tadqiqot ishining samarali yakunlanishida tajriba-sinov ishlarining ilmiy-pedagogik va tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.

Bolаlаr fikrlаridа murаkkаb sintаktik tuzilmаlаrni shаkllаntirishni «yozmа nutq vаziyati»dа, ya’ni bolа mаtnni аytib turаdigаn, kаttа yoshli kishi esа, uni yozib borаdigаn vаziyatdа аmаlgа oshirish tаvsiya etilаdi.

Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.

Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.

Shundаy qilib, nutqning grаmmаtik tuzumini shаkllаntirish jаrаyonidа sintаktik birliklаr bilаn аmаllаr bаjаrish kо‘nikmаsi shаkllаnаdi, muаyyan muloqot shаroitidа vа rаvon monologik fikrlаrni tuzish jаrаyonidа til vositаlаrini ongli rаvishdа tаnlаsh tа’minlаnаdi.

Bolа tilining grаmmаtik tuzumini shаkllаntirish uning nutqi (tili) rivojlаnishining umumiy oqimidа rо‘y berishi lozim; pedаgogik rаhbаrlik shаkllаri vа metodlаri umumiy nutqiy rivojlаnishning bosqichmа-bosqich xususiyatgа egаligini, eng аvvаlo diаlog vа monologni, sо‘zgаchа bо‘lgаn mаzmunli-semаntik tizimdаn vаziyatgа oid ixtiyoriy iborаli nutqqа о‘tish (undаn keyinchаlik diаlog vа monolog rivojlаnаdi), bolаlаrning nutqiy hаvаskorligi sohаsi sifаtidа tengdoshlаr bilаn muloqotning diаlogik shаkllаrini о‘zlаshtirishni hisobgа olishi lozim.

Grаmmаtik kо‘nikmаlаrni shаkllаntirish usullаri vа yо‘llаri О‘rgаnilаyotgаn tilning grаmmаtik tuzilishini shаkllаntirish metodlаri vа usullаri: аyrim sо‘zlаr vа iborаlаr misolidа grаmmаtik shаkllаrni kо‘rgаzmаli nаmoyish qilish; о‘yin vаziyatlаri, nutqiy mаshqlаr, ijodiy tusdаgi rolli о‘yinlаr, hаjmi unchаlik kаttа bо‘lmаgаn mаtnlаrni tinglаsh vа boshq.

Bolаlаrgа о‘zgа tilni о‘rgаtishdа grаmmаtik qoidаlаr аlohidа о‘zlаshtirilishi lozim bо‘lgаn predmet hisoblаnmаydi vа uni bolаlаrgа yod olish tаklif etilmаydi. Qoidаlаrni аmаldа о‘zlаshtirib olish kо‘nikmаlаri mаxsus tаshkil etilgаn vа bolаlаrning о‘rgаnilаyotgаn grаmmаtik hodisа mohiyatini tushunib yetishlаrigа qаrаtilgаn о‘yin-mаshqlаrdа shаkllаntirilаdi. О‘yindаgi hаrаkаtlаr kо‘plikdаgi ot ishtirok etgаn fikrlаrni tuzishdаn iborаt bо‘lmog‘i lozim. Bundа boshqа hаr qаndаy grаmmаtik qiyinchiliklаrni bаrtаrаf etishgа intilish tаlаb etilаdi. Bolаning minimаl о‘z fikrini аytishi ikki sо‘zdаn iborаt bо‘lishi kerаk: ikki qо‘g‘irchoq, beshtа аyiqchа, sаkkiztа koptok vа h.q. Bundаy jumlаlаr motivini hosil qilish uchun bir nechtа о‘yinchoqlаr, hаyvonlаr, nаrsаlаr tаsvirlаngаn surаtlаrni nаmoyish qilish tаvsiya etilаdi yoki pedаgog (bolа) nomlаnishi bir xil bо‘lgаn bir nechtа о‘yinchoqlаrni qо‘ligа olаdi.

Grammatika bolalarning rammatik nutqini о‘zlashtirish jarayonida strategik о‘rin tutadi, zero «Grammatika – shunday vositalar repertuariki, uning vositasida birinchidan, mustaqil narsalar va fikrlar о‘rtasidagi munosabatlar muayyan qoidalar asosida ifodalanadi, о‘zgadan, muayyan qoidalar asosida yangi sо‘zlar hosil bо‘ladi» (L.V.Sherba). Shunday qilib, grammatik tizim nafaqat mantiqiy munosabatlar ifodalovchisi sifatida sintaksis va morfologiyani, balki sо‘z hosil qilishni ham о‘z ichiga oladi.Bolalarda grammatik operatsiyalar kо‘nikmalarini shakllantirish uchun bola о‘rganilayotgan tildagi u yoki bu grammatik elementlarni qо‘llashga zarurot bо‘ladigan о‘yinlardan foydalanish lozim: otlarning kо‘plikdagi soni, son – kо‘plik yoki birlikdagi otdir va boshq. О‘rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini bola turli xil nutqiy faoliyat jarayonida о‘zlashtiradi. Bola sabab-oqibat, miqdor va boshqa munosabatlarni bilish orqali, bir vaqtning о‘zida ularni grammatik shakllar va tuzilmalar orqali ifodalash (birlik va kо‘plik, otlar kelishigi, fe’l zamonlar va turlari va boshq.) usullarini ham bilib oladi. Bola turli-tuman grammatik vositalarni о‘zlashtirib oladi (Qaratqich kelishigi qо‘shimchalari, sо‘z hosil qilishda kо‘plik son, suffikslar).

OBolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о‘zlashtirganligining kо‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.

Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о‘rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Ravonlikning asosiy kо‘rsatkichi sifatida sо‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni о‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:

- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;

- nutqni о‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;

- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо‘lishi kerak, xususan: ona tilini о‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо‘shilishi, о‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;

- о‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;

- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;

-nutqni о‘qitish bolalarning tilni о‘rganish bо‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо‘lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о‘zlashtirishining murakkab, kо‘p omilli jarayonidir;

-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;

-bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о‘ziga xosliklarini kо‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir kо‘rsatishning eng samarali yо‘llarini tanlashi lozim.

.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar etarlicha fikrini aniq va ravon ifodalayolmasliklarining asosiy sababi shundaki:



1) bolalar nutqidagi nuqsonlarni bartara fqilish;

2)tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish;

4) so‘z birikmasi, lug‘at, gap ustida ishlash orqali og‘zaki va yozma nutq o‘stirish;

5)bog‘lanishli nutq ustida ishlashda o‘yin va mashq, mashg‘ulotlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilmagan.

Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.

Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim.

2.1.Bolalarning savodga orgatishda oqish hamda sinfdan tashqari oqishning bogʻliqligi

Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.

Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:

1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.

2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.

Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.

Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o’rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go’zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg’otadi. 

2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga o’tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi o’tkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, o’simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o’qituvchi topib, tanlab o’quvchilarga o’qishga tavsiya etadi.

3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, bog’lanishni, nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bolalar adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.bolalar adabiyoti o’quvchiga jonajon o’lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o’yinlari, ertaliklari, orzu istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega. 

Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari barcha orzu istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslariniyosh avlodda o’g’il-qizlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdab ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladi. O’quvchi yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak,desagina o’z xalqini munosib farzandi bo’la oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. “Uch og’ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va to’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashi kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushunib yetadilar.

“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanishida alohida o’rni bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatan ham xalqning “Qayna xumcha”, “Ochil dasturxon”larini zo’ravonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’ituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so’ngrabolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o’qishga o’tadilar. Bunda asosan o’qituvchi o’quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi.

Sinfdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.

Sinfda va sinfdan tashqari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. O’z navbatida grammatika va to’g’ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. 

Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.

Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimazni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli ammo sharafli kasbimizni sidqidildan bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir. Chunki yurtboshimiz aytganlaridek “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”.


Mavzu: Inson odobi bilan.

Darsning maqsadi: Odob inson ko’rki ekanligi, odobli bola elga manzur bo’lishini bir so’z bilan aytganda, odob xulq atvorlar yugindisi ekanligini o’quvchilar onggiga cingdirish va shu orqali ularni odobsizlikdan, noo’rin xatti-harakatlardan o’zlarini saqlashdan iborat.

Darsni jihozlanishi:

Plakat va ko’rgazmalar. Kitob jurnallardagi odobli bolalarning suratlari.

Xalq maqollaridan namunalar.

Darsning borishi:

O’qituvchi:

Odob insonning oily fazilatidir. Xazrat A.Navoiy ham o’z asarlarida shu jumladan “Hayratul abror” dostonida odobni to’la tushuntirib beradi. Yoshi ulug’larga samimiy hurmat-izzat keltirish har kimning holatiga qarab bo’lishi kerak. Agar yosh bolaga tik turib salom berilsa, uni odob demaydilar. Gadoning oldida sajda qilish kerak emas, unga bir tiyin berilsa shu karam bo’ladi. Bolalar Navoiy bobomiz nihoyatda kamtar bo’lganlar. 

Hozir sinfdoshlaringiz Alisherning odobi bilan bog’liq bir voqeani namoyish qilishadi. (Oldindan tayyorlangan 7nafar, biri Sh.A.Yazdiy rolida, biri Alisher, qolganlari uning o’rtoqlari qiyofasida chiqishadi)

O’qituvchi (izoh beradi):

A.Navoiy 1447 yili Taft shahrida mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib qolibdi.

Sahnada bir mo’ysafid xayolga cho’mib o’tiribdi. Shu payt bir to’da (5-6) nafar bolalar quvalashib o’ynay boshlaydilar. Ularni kuzatib o’tirgan mo’ysafid bolalarni yoniga chorlaydi.

-Qani bolalarim buyoqqa kelinglarchi, bolalarning mo’ysafidning ovozini eshitib tarqab ketishadi. Faqat 5-6 yoshlar chamasidagi bola qoladi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa matodan tikilgan ixcham kamzul, oyog’ida etikcha. U yugurib kelib, qo’llarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi.

- O’g’lim oting nedur?-deb so’radi mo’ysafid. 

-Alisher, dedi bola.

-Maktabga qatnaysanmi?

-Qatnayman. Qur’onning taborak surasigacha o’qiganman.

-Men chaqirganimda o’rtoqlarining qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So’roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo’lsin. Olim, fozil bo’lib, yaxshi obro’ga erishgaysan,-mo’ysafid uni duo qiladi.

Bu sahna ko’rinishidan keyin bo’lib o’tgan voqealar bolalar bilan tahlil qilinadi. Alisherning yoshi ulug’ kishilarga salom berishi, o’zini tutish, odobli ekanligi uqtiriladi. 

Shuningdek, insonga xos odatlardan biri kulgu haqida ham A.Navoiyning fikrlaridan foydalanish mumkin. 

O’qituvchi: Kulgu-insonga xos odatlardan biri, boshqacha aytganda, kulgi orqali odamning qanday ekanligini bilish mumkin. Hozir tengdoshlaringiz bu haqda Navoiy ijodidan namunalar keltiradi.

1-o’quvchi: 

Bo’lmas odobsiz kishilar arjumand,

Past etar ul xaylini charxi baland.

O’qituvchi: (izoh beradi) Har bir kishining izzat hurmati odobi orqali keladi.

2-o’quvchi:

Tarki odobdin biri kulgu durur, 

Kulgu odob tarkiga belgu durur.

O’qituvchi: Adabsizlikning bir ko’rinishi noo’rin va beo’xshov 

Kulgudir. Demak, bo`lar-bo`lmasga irjayish yoki bo`lmasa ho`mrayib yurish insonning zebi-ziynati emas.

3-o’quvchi: Izzati haddan kam esa xo`p emas ,

Haddan ortuq dog`I marg`ub emas.

O`qituvchi : O`zga kishilar to`g`risida ,kichikka shavqatda bo`lishi kerak.. O`rta kishilarga esa o`rtacha kishilarga esa o`rtacha muomala qilish lozim deydi. Darvoqe, bolalar, Payg`ambarimiz Rasulolloh Alayhis Salom ‘Hadis’ da ‘Ko`p kulmang, ko`p kulish dilni o`ldiradi’ deb nasihat qilgan ekanlar. 

Endi bolajonlar mana bu rasmga A. Navoiy portretiga ishora qilib. / qaranglar undan qanday ma`noo`qiyapsiz? 

4- o’quvchi: Bobomizning yuzlari tiniq ekan. 

5- o’quvchi: Yuz- ko`zlaridan odobli ekanliklari bilinib turbidi. 

O`qituvchi: Barakallo, juda ham to`g`ri angladinglar. Demak, biz odobni ko`proq kimdan o`rgansak bo`lar ekan? 

O`quvchilar: Navoiy bobomizdan. SHundan so`ng mashg`ulot yakunlanadi. Navbatdagi mavzu e’lon qilinib, o`quvchilarga odob-ahloqqa oid 4-5 maqollarni o`rganib kelish topshiriladi. 

2.2 Savodga oʻrgatishda sinfdan tashqari oʻqishi

Nutq ikki ko’rinishga ega –og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovuchlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak.

Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoko etolmagan o’quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqasli odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi.

Ba’zi bolalar tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay hamolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o’zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug’diradi. Bunday hollarda logoped mashg’ulotlar yordamiga muxtoj bo’ladilar.

Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat uyg’otishni ko’zda tutadi.

Og’zaki nutiqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.

Boshlang/ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib boorish bog’anishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi.

Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir.

Savod o’rgatish darslarida amaliy mashg’ulatlarga keng o’rin berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o’yin va o’yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she’r va maqollardagi notanish so’zlar o’qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Masalan, “Kim sezgir” , “Bu nima” , “Nomini ayt” o’yinlari1.

Mashqning bu turlari o’quvchilarga yangi harf o’rgatilgandan keyin uni qay darajada o’zlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.

O’qituvchi doskaga o’rnatilgan harflarni ma’lum bir tartibda teradi va uni o’qigach, oquvchilarga ham navbat bilan o’qitadi. So’ngra bolalarga sezdirmay ayrum harflar almashtirib qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning sezgirligi, topgirligi baholanib, rag’batlantiriladi.

Mehnat ta’limi darslarida ham o’quvchilarning nutqini o’stirishga katta e’tibor berilib, o’rgatuvchi xarakterdagi o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Masalan: “Mehmon kutamiz”, “sabzavotlar va me’valar do’koni”, “Shar shaklidan kim ko’p narsa yasaydi?”.

O’yinlar orqali milliy qadriyatlarimizdan, o’zbekona me’rosimizdan foydalanib, qadr-qimmat, mehir-oqibat, odob-axloq, ota-ona va kattalarni hurmat qilish kabi xislatlarni bola qalbiga singdirish mumkin. Masalan: “Odobli bola”, o’yinida sinf guruhga bo’linib, har guruhdan bir o’quvchi ishtirok etadi.

O’qituvchi: -Xo’sh bolalar, odobli bola ertalab, o’rnidan turib nima qiladi”.

O’qituvchi: -Odobli bola erta barvaqt turib, badan tarbiya qiladi, ota- onasiga va oila a’zolariga salom beradi.

O’quvchi: -Odobli bola qanday salom beradi?

O’qituvchi: -“Assalomu alaykum” deb salom beradi, keyin nonushta qiladi.

O’qituvchi: -Odobli bola dasturxon atrofida qanday o’tiradi.

O’qituvchi: -Odobli bola kattalardan pastda o’tiradi, “Bismillohir rahmonir rahim”, deb dasturxonga kattalardan keyin qo’l uzatadi, og’zida ovqat bilan gapirmaydi.

Shu kabi savol-javoblardan keyin guruhlar javobi izohlanib, to’plagan ballar e’lon qilinadi va rag’batlantiriladi.

Bu xildagi dars-o’yin turdagi mashg’ulotlar bolalarni mehnatsevarlikka tayyorlaydi, ularning mustaqil, ijodiy faoliyatini, lug’at boyligini oshirib, nutqini rivojlantirishga yordam beradi va darslarning uzviy bog’liqligini mustahkamlaydi.

Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo’lishidan qat’iy – nazar, birinchi galdagi vazifamiz o’quvchilarning ongli, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishiga erishishimiz, nutqini o’stirishga harakat qilmog’imiz lozim.

Bu tadbirlar o’quvchilarning yil davomoda olgan bilimlarini namoyish qilishga, tahlil etishga va mustahkamlashga, og’zaki nutqini o’stirishga, eslash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, echim). Masalan, bolalar O’.Usmonovning “Chumchuq bola” hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, Tal’atni aytadilar; “Laqma it” ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, xo’roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin. Ammo, o’qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O’qituvchi bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug’doyzordan tutib olgani, uni qiynagani, ko’chada o’rtog’i Tal’atni ko’rib qolgani, Boboxonning ishidan Tal’atning xafa bo’lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o’chirg’ichga almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. Shunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab qiladi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.

Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqlikni yoritishga yo’naltirilishi lozim. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko’pincha boshang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.

O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o’qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo’linadigan, bu bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o’qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo’yilgan birinchi qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3-sinfdan boshlab o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o’quvchi:

1) o’qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab beradi;

2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;

3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.

Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf izohli o’qish darsida keng qo’llanadigan metodik usullar yordam beradi:

1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;

2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;

3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish. O’quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan matn mazmunini o’zlashtirishga yordam beradi.

Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular:

1) ijodiy qayta hikoyalash;

2) inssenirovka qilish;

3) o’qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.

1.Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o’zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya qilinadi.

2.Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

3.O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi. Agar o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki tasvirlab beradi, ya’ni so’z bilan rasm chizadi.

4.O’qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo’llanadi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo’llanadi.

2.3 Savodga oʻrgatishda manaviy va marifiy tabdirlaning oʻrni

Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan.

Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish.

Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o’qish uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

1.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.

2.Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.

3.Asar janri va mavzusini xilma-xilligiga e’tibor berish.

4.O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.

5.O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishni hisobga olish.

6.Mavsumiy tamoyilga amal qilish.

Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi.2 STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarning idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.

STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:



    • har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;

    • har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar-asarlarni hisobga olish;

    • har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;

    • har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;

    • o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma’lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;

    • har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.

Sinfdan tashqari o’qish darslarining muhim vazifalari:

    • asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;

    • qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma’lumotlari o’qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o’qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to’qish”, “Bilimdonlar anjumani”, kontadqiqotlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirish, o’qish tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.

    • Sinfdan tashqari o’qishning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO’ bosqichlariga rioya qilish. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllariga:

1. Kitobni targ’ib qilish. Sinfdan tashqari o’qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Ko’rgazmalar tashkil qilinadi, o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi, shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbatlashiladi.

3. Sinfdan tashqari o’qish yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekstadqiqotiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.

4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo’ladi.

5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.

1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4- sinfda o’qigan kitobiga taqriz yozadi, o’z mulohazalarini yozadi, ya’ni munosabat bildiradi.



XULOSA

Ma’lumki savod o’rgatish jarayoni o’quvchilarnng nafaqat xat savodlarini chiqarish, Kelgusida ularning fe’l –atvori, ko’plab ko’nikmalar va odatlarning shakllanishida ilk bosqich sanaladi. Shunday ekan biz, o’quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o’rgatish orqali ularda iroda, tartiblilik, ozodalik kabi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin. O’quvchilar savodli va to’g’ri yozish oqali e’tiborli, irodali, tartibli bo’lishga o’rganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo’lgan fazilatlardan biridir. Savod o’rgatish jarayonida ta’limiy diktantlardan foydalanishga bag’ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishda biz ana shu masalani ko’rib chiqdik. Unda asosan o’quvchilarni savodli va husnixat asosida yozishga o’rgatish masalalari, darslarni interaktiv usulllar hamda didaktik o’yinlardan foydlalanib tashkil etish masalalirga asosiy e’tibor qaratildi. Ilmiy metodik adabiyotlar, tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda boshlang’ich ta’lim jarayonini kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o‘zgacha yo‘nalish, o‘zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til me'yorlarini singdirish kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, savod o’rgatish jarayonida ham pedagogik texnologiyalarning ilg‘or usullariga tayanib ish ko‘rmoq joiz hamda bolalar idrok eta oladigan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va ular qisman maxsus o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga kiritilishi zarur. Boshlang’ich ta'limining samaradorligini oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakalarini tarbiyalashdir. Buni 1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Davlat tili to’g’risidagi qonun-amalda” Qumri Abdullayeva, Boshlang’ich ta’lim jurnali 2007-4-son. 5-bet.32b

  2. 2. G`offorovaT, G`ulomova X, Eshturdiyeva G “1-sinfda savod darslari” Toshkent “O`qituvchi” 1996 yil, 86 bet

  3. 3. N.T.Sabirova. Interaktiv metodlar bilan o’quvchilarni boshqaramiz. - Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITI aspiranti. Maktab va hayot jurnali 2008 yil 5- son 46b betlar 94

  4. 4. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. Ona tili darslari (qo`llanma).- Toshkent, 1999.86b

  5. 5. Abdurahmonov G`. O`zbek tili grammatikasi. – Toshkent, 1996.

  6. 6. Mahmudov N., Nurmonov A. O`zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent, 2002. 228 b.

  7. 7. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o`qitish metodikasi. Boshlang`ich ta`lim fakultetlari uchun darslik.- Toshkent: Noshir, 2009. 347 b.

  8. 8. Qosimova K., Ne`matova A. 1-sinfda ona tili darslari. – Toshkent, 2004.126 b.

9. Qudratov O., G’aniyev T. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. –T.: Aloqachi,2004.-3-b.

10. Omonov N., Xo`jayev N. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2009. 286 b



11. Safarova R., G`ulomov M. va boshqalar. Savod o`rgatish darslari.- Toshkent, 2003.86b

  1. 1 Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T., «O'qituvchi», 2003- yil.




  1. 2 Ma'qulova B. va boshqalar. Boshlang'ich sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari. T., «O'qituvchi», 1996- yil.




Download 64,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish