TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ
DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
,,PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA‘’ YO’NALISHI
SIRTQI TA’LIM SHAKLI
20/3-GURUH TALABASI
GULOV UMIDNING
Oila psixologiyasi fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Oilaning reproduktiv vazifasi va
er-xotin repraduktiv xulqi
REJA:
1.Oilaning reproduktiv vazifasi.
2.Er-xotin repeaduktiv xulqi.
Reproduktiv funksiya- bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo’lishdek baxtga muyassar bo’lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, o’zbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq, “uvali-juvali bo’linglar, qo’sha qaringlar” deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bo’lishi intilib kutulinadi
REPRODUKSIYA NMA ?
.Reproduksiya (re... va lot. produco — yarataman) — 1) tasvirlar (tasviriy sanʼat asarlari, bosma matn, harita, hujjatlar, fotosuratlar va boshqalar) ni fotografiya yoki poligrafiya usulida hosil qilish; 2) poligrafiya usulida hosil qilingan surat, racm, fotosurat va boshqa Asl nusxaning barcha xususiyatlari aniq hosil qilinadigan R. faks i mal R. deb ataladi; 3) psixologiyada — xotirada qolgan narsani aniq yaratish jarayoni; 4) biologiyada — organizmning oʻziga oʻxshash organizmlarni yaratishi, koʻpayishi.
oilalar nisbatida kam
Reproduktiv funksiya- bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo’lishdek baxtga muyassar bo’lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, o’zbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq, “uvali-juvali bo’linglar, qo’sha qaringlar” deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bo’lishi intilib kutulinadi. vChunki aynan wu omil yosh oilaning mustahkamligida katta ahamiyatga moliq bo’ladi.
“Farzandli oila” tushunchasi oila psixologiyasida ham, oila sotsiologiyasida ham muhim bo’lin, u oilada turmush tarzining deyarli barcha jabhalardagi ko’rsatkichlarning mezonidir. Chunonchi, o’zbeklarda “Bolali uy- bozor, bolasiz uy- mozor” degan naqlning ma’osi ham farzand tug’ilgan uyga farishtalar yog’iladi, yaxshilik va xursandchiliklar, to’ylar uchun yo’l ochiladi demakdir. Oila sotsiologiyasida va demagrafiyasida oiladagi farzdlar soniga ko’ra guruhlarga bo’linadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan “kam sinli oila”- bu 1-2 nafar bola bor oiladir. Bu raqam umuman demografik jihatdan baholansa, aholining o’sishi va tabiy yo’qotishlarning urini qoplash uchun kamdir.
Sotsiolog A.Antonovning fikricha (2005), jamiyatda aholi balnsini saqlash uchun o’rtacha farzandlar soni 2,5 nafardan kam bo’lmasligi lozim. Yoki oilalarning to’rtdan biri ikkita, uchdan biri uchta, 14%-befarzand yoki yolg’iz, 7% ko’p bolali, ya’ni beshtagacha bolasi bor oilalardan iborat bo’lsa, avlodlar vorisligi ta’minlanadi. Lekin Rossiya misolida bu masalaga e’tibor beriladigon bo’lsa, aholining reproduktiv o’sishida jiddiy pastlashish kuzatilmoqda.
źRomantik sevgi – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi. Olimlarning fikricha, romantik sevgi – eng kam anglanadigan, odamning biologik ehtiyojlari bilan bog’liq munosabatlardir. Bunday munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, ikkala tomon ham bir-birlaridan o’zlari ko’rishni xohlagan sifatlarni qidiradi va ko’radi. SHu bois ham ko’pincha romantik his-tuyg’ularga asoslangan munosabatlarning umri qisqa bo’ladi, chunki real xulq-atvor bilan ideal tasavvurlar o’rtasida ziddiyat, nomutanosiblik paydo bo’lishi mumkin.
Ayni shu munosabatlarning salbiy oqibatlari odamni qiynaydi, hayotdan umidsizlikni, boshdan kechirgan hissiyotlari yolg’onligini anglash unda juda qattiq aziyatlarni keltirib chiqaradi. Lekin bir yomonning bir yaxshisi bo’ladi, deganlariday, boshdan kechirilgan azoblar odamni shaxs sifatida takomillashuviga, ichki hissiyotlarning ko’p qirrali bo’lishiga olib keladi. Masalan, tashqi ko’rinishiga bee’tibor bo’lgan qiz bir yigit bilan romantik hissiyotlarga berilib qolib, toshoyna oldidan ketmaydigan, toza, orasta yurishga odatlanadigan, kiyimlarni ham hamisha bejirim kiyishga o’rganib boradi.
O’ziga jalb etish – yangi tanishlarning bir-birlariga noverbal belgilar orqali qiziqishi borligini bildirish. Bu davrda sheriklar dilidagi istak va xohishlarini yangi tanishgan odamida mavjudligini tahlil etadi. Bunga odatda asosan odamdagi aql-zakovat, samimiyat, qo’li ochiqlik, yumor hissi, ishonchlilik, dadillik, qizlardagi ibo kabi sifatlar sababchi bo’ladi. Bu sifatlar hammaga yoqadigan sifatlar bo’lgani uchun ham yangi tanishlar o’zlarida aynan sherigiga yoqadigan shu sifatlarni namoyon etishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |