Kulachokli mexanizmlar
Kulachokli mexanizmlar texnikaning xilma-xil sohalarida juda ko‘p ishlatiladi. Bunday mexanizmlar, ayniqsa, avtomatik mashinalar ishida juda yaxshi natijalar beradi.
Kulachokli eng oddiy mexanizm ko‘rsatilgan. Bu mexanizm, asosan, to‘rtta zvenodan: qo‘zg‘almas zveno, ko‘zg‘almas o‘q atrofida aylanuvchi zveno (kulachok), to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yuqoriga va pastga harakat qilib turuvchi zvenodan (tolkateldan) iborat.
4-rasm
Tekis tolkatelli kulachokli mexanizm.1 – qo‘zg‘almas zveno; 2- kulachok; 3 – tekis tolkatel.
Kulachokli bunday mexanizmlarda kulachok burchak tezligi bilan aylansa, tolkatel ma’lum oraliqqa (balandlikka) ko‘tarilib, yana oldingi vaziyatiga qaytib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |