Sirkul oyoqchalarini charxlash
Charxlash stanogini tayyorlash;
Sirkul oyoqchalari shunday keltirilsinki, ular bir-biriga jips tegib tursin.
Sirkulni chap qo‘l bilan o‘rtasidan (stopor vintidan nariroqdan) ushlash; o‘ng qo‘l bilan ikki oyoqchaning sharnirli birikkan joyidan ushlash.
Sirkulning oyoqchalarini charxtoshga nisbatan kerakli burchak hosil qilib joylashtirish;
Avval bitta oyoqning uchini charxlash; shundan keyin, oyoqchalarning vaziyatini o‘zgartirish va ikkinchi oyoqchani charxlash. Bunda shunga intilish kerakki, oyoqchalarning uzunligi bir xil bo‘lgani holda ular simmetrik bo‘lsin va oyoqchalartekislikda bir-biriga jips tegib tursin Sirkul oyoqchalarining o‘tkir uchini qayroqtoshda qayrab, yon yoqlaridagi oyoqchalarning ichki tekisliklaridagi g‘udurlarni ketkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |