Yog’larning erishi va emulsiya hosil qilishi
1) 5ta probirkaga 10 tomchidan o’simlik moyi tomiziladi. Birinchi probirkaga
2ml benzol, ikkinchi probirkaga 2 ml aseton, uchinchi probirkaga 2 ml benzin,
to’rtinchidan probirkaga 2 ml etil spirit va beshinchi probirkaga 2 ml suv qo’yiladi.
Moylarni turli xil erituvchilarda erish darajasi aniqlanadi. 2) 4 ta probirka olib,
birinchi probirkaga 1 ml suv, ikkinchi probirkaga 1ml 1% li oqsil eritmasidan,
uchinchi probirkaga 1ml syultirilgan sovun, to’rtinchi probirkaga 1ml natriy
karbanatning 10% li eritmasidan solinadi. Har bir probirkaga 5 tomchidan o’simlik
moyidan qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Birinchi probirkadan boshqa hamma
probirkalarda turg’un emulsiya hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |