Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti sport va chaqiriqqacha harbiy ta


Dastur bo‘limlari, o‘quv vaqtlari hamda o‘quv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik jadvali



Download 0,59 Mb.
bet12/12
Sana18.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#388924
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yakubov Shaxobiddin kurs ishi 8.03

11.5. Dastur bo‘limlari, o‘quv vaqtlari hamda o‘quv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik jadvali

O‘quv vaqtlari va dastur bo‘limlarini choraklarga taqsimlash yillik jadvali quyidagicha tuziladi. Buning uchun 8-sinfni misol tariqasida keltiramiz.



1-hujjat



Dastur bo‘limlari

1-chorak

18 soat

2-chorak

14 soat

3-chorak

20 soat

4-chorak

16 soat

Jami

68 soat

1.

Bilim asoslari

Dars jarayonida

2.

Gimnastika







8




8

3.

Yengil atletika

8







8

16

4.

Sport uyinlari

(vg‘b,bg‘b,qg‘t)



6

14







20

5.

Futbol

4







8

12

6.

Kurash







12




12

O‘quv ishlarining yillik jadvali (2-hujjat) birinchi hujjat asosida tuziladi. Bu hujjatni tuzishda quyidagi uslubiy talablarni bajarish shart:

  1. Ob-havo sharoitini hisobga olish.

  2. Boshlang‘ich sinflarda asosan aralash (majmuali) darslarni rejalashtirish.

  3. O‘rta sinflarda 50% gacha to‘liq darslarni, 50% gacha esa aralash (majmuali) darslarni rejalashtirish.

  4. Yuqori sinflarda 50%dan ko‘prog‘ini to‘liq dars qilib rejalashtirish.

  5. To‘liq va kompleks darslarni aniqlab olish.

  6. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini hisobga olish.

  7. Har bir o‘rgatiladigan mashqni har darsda ketma-ket 4-6 soatdan qo‘yish, ularning qaytarilish soni o‘rgatiladigan mashqning oson-qiyinligiga bog‘liq bo‘ladi.

  8. O‘quv materiallarini o‘rgatishda izchillik bo‘lishi shart, ya’ni avvalgi chorakda o‘rgatilsa, keyingi chorakda takrorlanadi yoki mustahkamlanadi.

  9. Batbaa (kross) yugurishni gimnastika darsi bilan aralashtirmaslik kerak.

O‘quv materiallarini choraklarga va darslarga taqsimlash jadvali

Bu hujjat 1 va 2-hujjatlar asosida tuziladi va uni tuzishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:



  1. Chorakda qabul qilinadigan o‘quv me’yorlarini aniqlab olish kerak.

2. O‘rgatish darslaridagi materiallar ketma-ket taqsimlanadi (masalan: 7-8, 8-10 martagacha, ya’ni 7 soat nazorat darsi, 8-bahoga norozi bo‘lganlar va darsga kelmaganlar uchun o‘quv me’yorini qabul qilish).

3.O‘quv materialini yanada muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish uchun har bir darsga 2-3tadan ortiq vazifa qo‘yilmasligi kerak.

4.Sinov me’yorlarini o‘rgatish jarayoni tugallanayotgan materiallardan qabul qilish kerak.

5. O‘quv yilining oxirida, ayniqsa, may oyida katta jismoniy zo‘riqishlar va keyinchalik charchash bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni berish tavsiya etilmaydi. Bu paytda umumiy charchashning oldini olishga eng ko‘p yordam beradigan mashqlar, harakatli o‘yinlar va har xil estafetalarni o‘tkazish kerak.

6. Takomillashtirish va mustahkamlash darslari bo‘lsa, oralarini ochib-uzib qo‘yish mumkin.

Ish rejasini tuzish uslubiyati

Bu hujjat 1, 2 va 3-hujjat asosida tuziladi. Unda quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish zarur:



  1. Shu chorakda o‘tkaziladigan o‘quv materiallarini yozib olish.

  2. Shu sinf dasturini o‘rganib chiqish.

  3. Uslubiy adabiyotlarni o‘rganib chiqish.

  4. Ish rejasini darsning tayyorgarlik va asosiy qismiga tuzish.

  5. Har bir o‘quv materialiga aniq vazifalar qo‘yish.

  6. Darsning bilim berish vazifasini qo‘yish.

  7. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash va irodaviy tayyorgarlikni tarbiyalash vazifalarini qo‘yish.

  8. Sog‘lomlashtirish vazifasini qo‘yish: a) alohida mushak guruhlarini mustahkamlash; b) to‘g‘ri nafas olish ritmini tarbiyalash, so‘ng shu vazifalarni hal etish yo‘llarini belgilash, har bir mashq uchun maxsus va yondashtiruvchi mashqlani tanlash.

Dars konspektini tuzish uslubiyati

Maktab yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayyorlangan dars konspektiga bog‘liq.

Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars oldiga aniq vazifalar qo‘yishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi. O‘qituvchi dars vazifalarini, mashg‘ulot o‘tkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan so‘ng dars mazmunini aniqlaydi.

Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni, so‘ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar darsda qo‘llaniladigan vositalardan to‘liqroq foydalanish va, shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy-uslubiy bo‘limiga:

- darsni maqsadga muvofiq tashkil etish;

- shug‘ullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari;

- o‘rgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari;

- darsni o‘tkazish sharoitlari yoziladi.

Dars jarayonida o‘rgatiladigan materiallarni hisobga olishda ularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirib ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar yoziladi.

Dars tugaganidan so‘ng o‘qituvchi ushbu konspektga o‘tkazilgan dars bo‘yicha o‘z mulohazalarini qisqa shaklda yozishi lozim. Dars konspekti maktabda jismoniy tarbiya sohasidagi o‘quv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan har bir sinf yoki parallel sinflar uchun tuziladi. Dars konspektida darsning nomeri, qaysi sinf uchun tuzilayotganligi va o‘tilish vaqti yoziladi.

Maktabda jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektining shakli quyidagicha:

DARS KONSPEKTI №

Tasdiqlayman:

“___"________2014y. Sinflar: 4a; 4b.

O‘tish vaqti: ___________

Vazifalar: 1.

2.

3.

O‘tkazilish joyi: ____________________



Asbob-anjomlar: _______________________

Dars qismlari

Dars mazmuni

Me’yori

Tashkiliy-uslubiy ko‘rsatma













Konspekt tuzishga baho: “ ”.

Dars o‘tishga baho: “ ”.

O‘qituvchining imzosi:

Dars konspektini tuzishda eng keraklisi asosiy va yordamchi vazifalarni aniq va metodik tomondan asoslangan holda ifoda qilishdir.

Dars oldiga qo‘yiladigan vazifalarni o‘qituvchi o‘ziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma’nosida ifoda qilinadi. Masalan: tanishtirish, o‘rgatish, mustahkamlash, ko‘rsatish va h.k.

Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Bular o‘quv materiali, har darsning ish rejasiga asoslanib belgilanadi va o‘rgatish tamoyillari hamda o‘tkazilgan dars natijalariga qarab aniqlashtirilib, shu darsda bajariladigan qilib ifodalanadi.

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari dars oldiga aniq vazifalarni qo‘yishda quyidagilarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga egadir:

1. O‘quvchilarning oldingi darslarni qanday o‘zlashtirganligi.

2. Har bir darsning ish rejasi, davlat dasturi va shu dars uchun taalluqli qo‘shimcha adabiyotlar.

3. Sinfdagi o‘quvchilar soni, dars o‘tkazish joyi sharoiti va mavjud sport anjomlari.

4. Dars jadvalining xususiyati, dars turi.

5. O‘quvchilarning sog‘lik holati, ularning jismoniy tayyorgarliklari va h.k.



Xulosa

Maktab yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayyorlangan dars rejasiga bog‘liq.

Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars oldiga aniq vazifalar qo‘yishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi. O‘qituvchi dars vazifalarini, mashg‘ulot o‘tkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan so‘ng dars mazmunini aniqlaydi.

Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni, so‘ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar darsda qo‘llaniladigan vositalardan to‘liqroq foydalanish va, shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy-uslubiy bo‘limiga:

- darsni maqsadga muvofiq tashkil etish;

- shug‘ullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari;

- o‘rgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari;

- darsni o‘tkazish sharoitlari yoziladi.



Dars jarayonida o‘rgatiladigan materiallarni hisobga olishda ularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirib ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar yoziladi. Dars tugaganidan so‘ng o‘qituvchi ushbu konspektga o‘tkazilgan dars bo‘yicha o‘z mulohazalarini qisqa shaklda yozishi lozim.

Foydalangan adabiyotlar

  1. Matveev, L. P. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi: Darslik. nat uchun. kult / L.P. Matveev. - M.: Jismoniy madaniyat va sport, 1991. - 543s.

  2. Karpushko N.A. Maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasiga bag'ishlangan "Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti" jurnali (1925-1994) // Nazar. va amaliy. jismoniy kult - M.: 1995 yil

  3. Maksimenko, A.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi asoslari: O'quv qo'llanma. qadash uchun qo'llanma. Universitetlar /

A.M. Maksimenko. - M.: Harbiy nashriyotning 4-filiali bosmaxonasi. - 2001. -

  1. Salomov R.S. “Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish” Tosh. 2002y. O‘quv qo‘llanma.

  2. Salomov R.S., Ro‘zioxunova M.M. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” Tosh. 1995 yil. O‘quv qo‘llanma.

  3. Xonkeldiev Sh.X., Abdullaev A.A. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” Tosh. 2005 yil.

  4. Matveev L.P. “Teoriya i metodika fizicheskoy kul'turo‘” FiS. 1995g.

  5. Internet saytlari

  6. Lex.uz

  7. Ziyonet.uz

  8. Cspi.uz

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish