XULOSALAR
Ushbu berilgan mavzudan shularni Xulosa qilib ayganda O’zbekistonda amalga oshirilgan keng ko’lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon tsivilizatsiyasi bilan aloqador ekanligini alohida qayd etish lozim. O’zbekiston umumjahon o’zgarishlar jarayonlari oqimida o’zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo’lgan mamlakat sifatida o’ziga xos mavqe egalladi. Yangi tsivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazishga qodir bo’lgan davlat sifatida o’zining keng imkoniyatlarini namoyon etdi
Respublikada badminton sport turini yanada keng rivojlantirish, aholi keng qatlamlarini, xususan, yoshlarni badminton sport turi bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, yuqori malakali trener kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, mavjud moddiy-texnika bazadan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1- muvofiq tasdiqlandi.Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
badminton sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish; badminton sport turi bo‘yicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan malakali trenyerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash;
aholining keng qatlamlari o‘rtasida badminton bo‘yicha ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash;
O‘zbekistonda badminton sport turini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, zarur hollarda xorijiy trenyerlar va mutaxassislarni jalb qilish;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida badminton sport turining sog‘lom turmush tarziga ijobiy ta’sir etuvchi vosita ekanligini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish.Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shaxsiy mas’uliyati belgilab qo‘yilsi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. A.A.Pulatov, О.М. Savatyugin, Sh.Sh. Isroilov. Badminton nazariyasi va uslubiyati. (o‘quv qo‘Ilanma). -Т.: «Fan va texnologiya», 2017, 300 bet.
2. Узбекистан Республикаси Крнуни ’’Таълим тугрисида”
// Олий таълим. Меъёрий хужжатлар гуплами. Т.: Шарк;, 1997.
3. Узбекистан Республикаси К^онуни ’’Кадрлар тайёрлаш
миллий дастури тугрисида”. // Олий таълим. Меъёрий
хужжатлар туплами. Т.: Шарк;. 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |