Xulosa chiqarish
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo‘lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo‘ladi.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko‘rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. SHu sababdan xulosa chiqarishda fikr o‘rtasidagi shunday bog‘lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |