Ko‘zatish va ko‘zatuvchanlik.
Idrokning o‘ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri ko‘zatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi ko‘zatish bilan har doim o‘zviy bog‘liq. CHunki odam idrok qilayotganida nimanidir ko‘zatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi ko‘zatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi.
Ko‘zatishning muvaffaqiyati oldindan qo‘yiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog‘liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini ko‘zatuvchanlik deyiladi. Ko‘zatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
Akademik I.P.Pavlov ko‘zatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shahridagi fiziologiya institutining oldi tomoniga “Ko‘zatuvchanlik, ko‘zatuvchanlik va yana ko‘zatuvchanlik” deb yozdirib qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |