Sezgi borasidagi nazariyalar
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu faoliyatiga sho‘ng‘iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam (ko‘pincha vaqtincha muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo‘lishi mumkin. Mobodo axborotlarni ko‘zatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida bo‘zilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to‘xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki uslubga o‘rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.
Sezgilarning resteptor nazariyasiga ko‘ra resteptor–sezgi a’zolari ularga ta’sir qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sust javob qaytaradi, sezgilar harakatga qarama – qarshi turuvchi sust jarayondir. Harakatning o‘zi esa aksincha faol (aktiv)dir.
Hozirgi davrda sezgilarning resteptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonlarining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligi qator tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta’kidlab o‘tilgandir.
Sezgi jarayonining faolligini tan oluvchi nazariya sezgilarning reflektor nazariyasi deb ataladi. Hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust xususiyatga emas, balki tashqi olam ta’sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol ravishda ajratgan holda hatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, asalari bir xil turkumdagi gullarga nisbatan aralash hollardagi gullarga faolroq javob reakstiyasini bildiradi. Mushuk sichqonning qimirlashiga e’tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi shunga o‘xshash kamerton tovushiga aslo parvo ham qilib qo‘ymaydi.
Bu omillar shuni ko‘rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik xususiyatiga ega, ikkinchidan ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok etadi.
AQSHlik psixolog Neffning ta’kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reakstiyalari ko‘zatilgan: tomirning qisishi, teri galvanik refleks, goho ko‘z harakati, bo‘yin muskullarining, taranglashuvchi qo‘lning harakat reakstiyasi sodir bo‘lishi mumkin.
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, ko‘zni yumib, jismni farqlash uchun qo‘l bilan uni paypaslash kerak, aks holda uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g‘adir-budurligini bilib, sezib bo‘lmaydi.
I.M.Sechenovning fikriga ko‘ra jismni ko‘z bilan idrok qilish uchun ko‘z o‘sha narsani “qidirsin”, faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga chiqqan bo‘ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko‘z harakatlari nazariyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular makro va mikro ixtiyoriy va ixtiyorsiz ko‘rinishlarga ajratiladi.
Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi:
Konvergent, divergent, gorizontal, vertikal, parsimon va boshqalar. Ko‘z harakati yordami bilan fazoda o‘rin almashib turgan jismlarni topish, bilib olish va idenfikastiyalash amalga oshiriladi. Ko‘z harakatlari uch jufti tashqi muskullari, ya’ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro‘yobga chiqadi, ko‘zning makro va mikro harakatlari sezgining mexanizmi rolini bajarish imkoniyatiga ega.
Jahon psixologiya fani ma’lumotlariga qaraganda sezgilar atrof- muhit to‘g‘risida va o‘zimiz haqimizda yagona bilish manbai sifatida xizmat qiladi. Sezgilar shunday bir axborot kanaliki, ular tashqi olamdan va ichki tana a’zolaridan keladigan barcha holatlar, taassurotlar xuddi shu yo‘llar orqali miya po‘stiga etib boradi, insonga ta’sirlarga nisbatan to‘g‘ri javob reakstiyalari qaytarishga yordam beradi.
His etish yoki sezgining filogenetik taraqqiyoti shuni ko‘rsatadiki, hayvonlarda ma’lum narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat ehtiyoj ekanligiga qarab rivojlangan.
Bu holatlar ko‘pincha xorij olimlari tomonidan izchil ravishda o‘rganilgan, ularning o‘ziga xos omillar mexanizmlari mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, turli asalari xatti-harakatlari ko‘zatilganda, gulga o‘xshash murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differenstirovkasi oson kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl gullarga oid bo‘lmasa, u holda arida differenstirovka juda qiyinchilik bilan vujudga kelgan. Tadqiqotchi Bostning ko‘zatishicha, jonivorlar qurt-qumursqalarga xos bo‘lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi harakatlarga befarqlik bildirmagan, moboda tovushlar qattiq va tez sur’atda kechsa, ularga hech qanday e’tibor bermagan. Ushbu vazifani olim biologik shartlanganlikdan kelib chiqqan tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan o‘zviy bog‘lagan.
I.P.Pavlov tomonidan analizatorlarning murakkab o‘zaro ta’sir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po‘stida namoyon bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ko‘rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o‘z ifodasini topadi. Bu bosh miya po‘stida kechadigan fiziologik jarayonlarni bosib o‘tishi zarur bo‘lgan zonalar perekretik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning klassifikastiyasi ularning turli spestifik tavsiflariga, ya’ni moddalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham ajratiladi.
Sezgilarni ob’ektiv yo‘nalishi bo‘yicha E.N.Sokolov, Vinogradovlar tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ elementlar fiziologik nafas olish tizimida o‘zgarishga sabab bo‘lishini tushuntirib berilgan. Ushbu vaqt reflektor o‘zgarishlarni sezgining ob’ektiv ko‘rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi. Ma’lumki, sezgini paydo qiluvchi har bir qo‘zg‘atuvchi, reflektor jihatdan yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galvanik reflektorlarning paydo bo‘lishi, teri qalinligining o‘zgarishi miyaning elektr faoliyatining o‘zgarishi, ko‘zlarning qo‘zg‘atuvchi tomon burilishi kabilar. Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Xuddi shu sababdan ular sezgilarning ob’ektiv ko‘rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.
Tajribalarda shu narsa qayd etilganki, qo‘zg‘atuvchilar intensivligi oshgan sari javob reakstiyasi ham intensivroq bo‘lib borar ekan. Bu esa sezgilarning intensivligini asos sifatida ishlatishga muhim negiz hozirlaydi. Tomir va elektrofizologik reakstiyalar chegaralarga odatdagi qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda yaqin qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan keskinroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |