Sinesteziya qo‘zg‘atuvchining bir analizatorga ta’siri bilan boshqa analizatorga xos sezgining paydo bo‘lishidir. Ko‘rish, eshitish sinesteziyasi ko‘proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo‘ladi. Masalan, kompozitorlardan Skrebin, A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda “rangdor eshitish” qobiliyati bo‘lgan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo‘lib qo‘shilishidir. “Masalan, “shirin so‘z”, “bag‘ri tosh”.
Sezgilar kontrasti qarama–qarshi sifatga ega bo‘lgan bir vaqtdagi qo‘zg‘alish tufayli sezgirlikning o‘zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo‘lib seziladi. Odam charchaganda sezgirlik pasayadi. Harakat oshganda sovuqqa sezgirlik o‘tkirlashadi. Sezgirlik kasbga ham bog‘liq. Masalan, rassomlarda rang sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |