Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi


Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. SHaxsning irodaviy sifatlari



Download 6,52 Mb.
bet126/285
Sana31.01.2022
Hajmi6,52 Mb.
#419732
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   285
Bog'liq
УП УМК мажмуаси 2020

15.3. Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. SHaxsning irodaviy sifatlari.
Iroda-avvalo kishining o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘z intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o‘z- o‘zini idora qila olishi, o‘z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir.
Kishining ichki to‘siqlarni enga olish, o‘zini boshqarish va o‘z ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda ichki iroda deb yuritiladi. Kishi irodaviy zo‘r berish yo‘li bilan tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi to‘siqlarni engishi zarur bo‘ladi. Kishi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to‘sqinliklarni engib o‘tadi, voqelikni o‘z maqsadiga muvofiq ravishda o‘zgartiradi va uni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning to‘siqlarni, tashqi qiyinchiliklarini enga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladi.
Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo‘lish mumkin. Inson irodasi bitta, lekin u tashqi olamdagi o‘zgartirish va boshqarishga qaratilishi bilan birga shaxsiy, sub’ektiv holatlarni va jarayonlarni boshqarishga qaratilishi ham mumkin. Modomiki, shunday ekan, tashqi to‘sqinliklarni engish ichki to‘sqinliklarni engish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Inson tashqi olamga ta’sir etar ekan, tashqi olam hodisalarini boshqarish bilan bir vaqtda o‘zini, o‘z organizmini, qo‘l-oyoq muskullarini ham boshqaradi, ularning tarangligini kuchaytiradi yoki susaytiradi; ularning harakatlarini uyg‘unlashtiradi, butun organizmning moslashish vaziyatini vujudga keltiradi va zarur paytda bu vaziyatni o‘zgartiradi va hakozo. SHu bilan birga ixtiyoriy harakatlar, asosan mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik ko‘rinishlarini to‘xtatib va bosib turishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun odamning irodaviy zo‘r berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi to‘sqinliklarni engishga qaratilishi bilan bir vaqtda organizmning ichki ahvolini ham o‘zgartiradi. Inson tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartirar ekan, o‘zini-o‘z vujudini ham o‘zgartiradi.
Irodaviy harakatlar bajarilgandan keyin ularga baho beriladi. Qaror ijro etilgandan keyin, ba’zan esa qarorni bajarish jarayonida ham ko‘pincha harakatlarga baho berish, qarorni qanday ijro etilganligiga baho berish kerak bo‘ladi. Qarorni ijro etish yuzasidan qilingan baho berish qabul qilingan qarorni hamda qilinadigan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo‘ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo‘lish yoki mamnun bo‘lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Salbiy baho ko‘pincha qilingan ishlarga pushaymon bo‘lish, achinish, uyalish va afsuslanish kabi hislar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga beriladigan baho qabul qilingan qarorni yoki bajarilgan harakatlarni ma’qullovchi, oqlovchi yoki qoralovchi maxsus hukmlarda ifodalanadi.
Kishining xarakterini ta’riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo‘y, to‘g‘riso‘z deb ataymiz. Buning ma’nosi shuki dadillik va rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo‘l tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.

Download 6,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish