Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagilardan iborat.
Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan to‘ziladi: agar sub’ektga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geometrik shakl izini ko‘rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko‘pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o‘sha ob’ektda saqlanib turadi, shundan so‘ng asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o‘zining aniq qon turini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi. Goho butunlay yo‘qolishi uchun qaytadan paydo bo‘lishi mumkin. Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi.
O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo‘linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda ob’ektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday ko‘rinadi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘u xonada ko‘z oldida bir narsaga, masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa so‘ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. CHunonchi, hodisalarga qarab o‘zaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi.
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda ko‘zatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishini va qisqa muddat davom etishi ko‘zatiladi.
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan bo‘lib, “eydos” yunoncha “obraz” degan ma’noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba’zi odamlar shu davrlarda ko‘zatilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi o‘zoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni ko‘zatish mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy qismlari, to‘zilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo‘lsalar, aniq texnik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar o‘zoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yo‘llari yopilib qolgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi A.R. Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan va shunga ko‘ra eydetik xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega bo‘lib, sub’ektlarning oldiga qo‘yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga olma va undan sal o‘zoqroqda joylashgan irmoq tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm o‘rtasidan bo‘lib, qo‘yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo‘yish istagi kuchayib borayotgani so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: irmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo‘lib, sub’ektning ruhiy ko‘rsatmasi ostida sifat va miqdor o‘zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o‘spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan asta-sekin so‘na boradi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, eydetik obrazlarni kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalstiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo bo‘lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub’ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko‘rinishi, mazasi, og‘irligi, vaznini o‘zaro birlashtirib aks etadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni o‘z tarkibiga kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari ajratilib, ma’lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o‘z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bog‘lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat beradi.
Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo‘lib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo‘lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |