Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 6,47 Mb.
bet39/181
Sana30.05.2022
Hajmi6,47 Mb.
#619950
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   181
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Gallyustinastiya
Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyustinastiya deyiladi. Gallyustinastiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba’zan qo‘rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallyustinastiya hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo‘q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
Odatda illyuziyani gallyustinastiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyustinastiya yo‘q mavjud bo‘lmagan narsalarni tashqi ta’surotsiz idrok qilishdir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek ko‘rinishi, yo‘q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning dimoqqa urilishi kabilar gallyustinastiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Gallyustinastiya shaxsning biror narsa va holatni ko‘rgandek, eshitilgandek, his qilgandek kabi tasavvurning aks etishidir xolos. Gallyustinastiya hodisasi ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahsirashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv tizimini bo‘zadigan kasalliklarning oqibatida ro‘y berishi mumkin.
7.4. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish. Idrokning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar


Idrokning tasnifi
Idrokni klassifikastiya qilishda quyidagi 3 ta muhim tomoni hisobga olinishi kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan




  1. Idrok jarayonida qaysi analizatorning etakchi rol o‘ynashiga qarab: ko‘rish, eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta’m bilish idroklari bir-biridan farq qiladi.

  2. YAshash shakllariga qarab idrok: fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga bo‘linadi.

  3. Idrok faollik darajasiga qarab: ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo‘linadi. Bunga sabab idrokning diqqat bilan o‘zviy bog‘liqligidir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ma’lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Ixtiyorsiz idrok hamisha ixtiyorsiz diqqat bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan bir maqsadsiz, hech qanday iroda kuchi sarf qilinmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsani to‘satdan, ta’sir etayotgan narsalarning boshqa narsalardan keskin farq qilishi, haddan tashqari originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning butun faoliyati davomida o‘zluksiz davom etib, ayrim paytlarda ixtiyoriy idrok bilan almashinib turadi. Lekin shunday bo‘lsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli benihoya kattadir.
Ixtiyoriy idrok oldindan belgilangan muayyan bir maqsad asosida amalga oshiriladi. Idrokning ishtiroki asosan ixtiyoriy idrokda namoyon bo‘ladi. CHunki ixtiyoriy idrok ko‘pincha odamda irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Masalan, darsni ixtiyoriy idrok bilan eshitib o‘tirish odamdan anchagina iroda kuchini talab qiladi. Umuman olganda, har qanday ixtiyoriy idrokda albatta diqqat qatnashadi.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo‘lgan iroda jarayonining bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bordir. Odatda ikki idrok turi farq qilinadi. Ulardan biri sodda idrok bo‘lsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda idrok deganda atrofimizdagi turli-tuman narsalari masalan, xonadagi stol-stullar, shkaflar hamda shkaflardagi o‘yinchoqlarni idrok qilish sodda idrok qilishdan iboratdir.
Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko‘ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Fazoni idrok qilish

  2. Vaqtni idrok qilish

  3. Harakatni idrok qilish


Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish