Tabiiy eksperiment – kiziktirayotgan fenomen tekshiriluvchiga tabiiy xisoblangan sharoitlarda maksadli tashkil etilib urganiladi.
Laboratoriya eksperimenti – fenomen maxsus joylarda, maxsus asbob – uskunalar vositasida ataylab urganiladi.
Modellashtirish – kupgina usullar yordamida urganilyapgan xodisaning tub moxiyati ochilmaganda kullaniladigan usul bulib, usha xodisaning umumiy xossai yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, usha model asosida tadkikotchini kiziktirgan jixat urganiladi va xulosalar chikariladi.
REJA:
3.1. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi.
( Nerv tizimi Neyronlar. Akson. Dendrit. Miya.)
3.2. Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari.
3.3. Ijtimoiy xulq-atvorga ta’sir etuvchi omillar
3.4.Ijtimoiy xulq-atvorga ta’sir etish texnologiyalari. Ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish
Tanch so‘z va iboralar:
Nerv tizimi, neyronlar, akson, dendrid, miya, endokrin tizmi, genetika, irsiyat
Agar jonli mavjudodlarning xayot kechirish muxiti hamma joyda mutlako bir xil bo‘lganida, extimol, Er yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Hakikatda esa muxit iqlim jixatidan ham, yashash sharoiti jixatidan ham g‘oyat rang-barang bo‘lib bu organizmlarning tabaqalanishini taqazo etadi. Er yuzida xodisalar juda rang-barang bo‘lsa ham, ularning siklili almashinuvi va xakozolar mavjuddir. Barcha jonzot mavjud shart-sharoitlarga moslasha boradi.
Misol uchun, jumladan, muxitning harorati o‘zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalarning tezligi hami o‘zgara boshlaydi: harorat ko‘tarilishi bilan reaktsiyalarning tezligi oshadi, pasaygan taqdirda pasayadi, harorat xaddan ziyod oshib yoki pasayib ketganda esa bir xujayrali organizm xalok bo‘ladi. Agar juda past haroratli sharoitga joylashtirilsa, shubxasiz, boshka bir qanday jonli organizm ham shunday qismatga uchraydi. Lekin mana shunday sharoitlarda yo’qsak taraqqiy etgan hayvonlarning xatti-harakatlarida jiddiy tafovut bo‘ladi.
SHunday qilib, hayvonlar muxitga bevosita bog‘liqligidan sein-asta kutila boradi. Lekin jonli mavjudotlar rivojlanishning har qanday darajasida ham bunday bog‘liqlikdan xech qachonn kutila olmaydi. Muxit - jonli organizmning xayot kechirish shart-sharoiti, jonli mavjudotlar xayot kechirishning bosh omili, boshkachasiga aytganda, jonli organizmlarining xayot kechirishi muxitning shart-sharoitlari bilan aniq belgilab qo‘yilgandir.
Aks ettirishning bir-biriga o‘xshashligi eng avvalo sezgi a’zolari va nerv sistemasining to‘zilishiga bog‘liqdir. Retseptor muayyan tudagi ko‘zgatuvchilarga kanchalik nafis javob qilsa, reaktsiya ham shunchalik bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Bunda ma’lum darajada tugridan-tugri boglanish bor. Masalan, kurish retseptori kuyoshning tarkok nurini aks ettirishga moslashuv munosabati bilan rivojlanadi.
Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv sistemasining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv sistemasining rivojlanish darajasi mukarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaqlini belgilab beradi. Nerv xujayralari fakat turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) ham xosil qiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv sistemasi eng kup mikdrdagi kugatuvchilarni kabo‘l qilish va kayta ishlash imkonini beradi. Negaki, sezuvchan nerv xujayralari ko‘zgatuvchilarga bevosita yakin joylashgan bo‘lada va ko‘zgalishini taxlil etish sifatini o‘zgartirib yuboradi.
Tananing har bir qismida gangliylar kushilib, bir-biri bilan nerv yullar orkali boglangan nerv markazlarini tashqil qiladi. Ayniksa bosh qismida joylashgan markaz murakkab to‘zilgandir.
Nerv sistemasining oliy tipi - naychasimon nerv sistemasidir. U naychasimon qilib birlashgan nerv xujayralaridan tashqil topgan bo‘ladi. Umurtkalilarda evolyutsiya jarayonida orka va bosh miya - markaziy nerv sistemasi paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Nerv sistemasi va retseptorlarning rivojlanishiga muvofik ravishda psixik aks ettirish shaqllari ham murakkablashadi. Bosh miyada turli xildagi funktsiyalarni o‘z zimmasiga oladigan alohida cheklangan markazlar xosil bo‘ladi. Bu markazlar maxsus nerv birikmalari - assotsiativ zonalar orkali o‘zaro bog‘lanadi.
SHunday qilib, psixikaning evolyutsiyasi retseptorlar funktsiyalari shaqllarining, shuningdek signal faoliyatining murakkablashuvida ifodalanadi.
3.2. Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari.
Psixikaning moddiy asoslari to‘g‘risida fikr yuritganda, avvalo, u miyaning xususiyati ekanligini ta’kidlash joiz. Bilish jarayonlari to‘g‘risida gap ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning psixik faoliyati tana ko‘pgina a’zolarining yordami bilan ishga tushadi. A’zolarning ba’zilari ta’sirotlarni qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini to‘zadi hamda uning amalga oshishini nazorat qiladi. SHuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch-quvvat, g‘ayrat, shijoat baxsh etadi, yana bir tun esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funkstiyaning yig‘indisi organizmning tashqi muhitga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy vazifalarning ijro etilishi va bajarilishini ta’minlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o‘n million yillar davom etgan evolutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning fiziologik mexanizmlari o‘zluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalasha borib, buning natijasi o‘laroq organizm muhitning o‘zgarishlariga tez reaksiya bildiruvchan va moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir hujayrali amyobaning hayot kechirishi, uning ozuqa qidirish imkoniyati, o‘z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada cheklangandir. Undagi yolg‘iz hujayraning o‘zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab to‘zilishga ega bo‘lgan hayvonlarda a’zolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko‘rish, uni farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy funkstiyasi signallarni idrok qilishdan iborat hujayralarning vujudga kelishida o‘z aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor deb nomlanmish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari mushak to‘qimalari ishini, bezlarning shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv a’zolarni hamda funkstiyalarni bir-biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imkoniyati yaxlit narsa sifatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasida yuzaga keladi.
Nerv sistemasining asosiy elementlari nerv hujayralari hisoblanib, ularning funkstiyasi qo‘zg‘atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dendritdan, aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarimsharlarning qobig‘i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanaladi.
Miya katta yarimsharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi ma’lumotiga qaraganda, miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o‘xshab ketadi. Miyada elektr toklari paydo bo‘lishining elektroensefalogramma ko‘rinishdagi kuchaytirgich yordamida yozib olishning kashf etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o‘zgarishlar ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Odam psixik hayotida katta yarimsharlar qobig‘i sirtining peshana qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funkstiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarimsharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Ma’lumki, psixikaning mazmuni — tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. SHuning uchun tashqi olam inson miyasida shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv-fiziologikjarayonlarning o‘zaro munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. SHuning uchun psixikaning o‘ziga xos xususiyatlarini nerv-fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bordiyu mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lmaganida edi, u holda psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emasdi. Psixik jarayonlar o‘zida faqat ichki fiziologik jarayonlarni emas, balki tashqi obektlarning tavsifini ham mujassamlashtiradi.
Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan. Orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan bo‘lib, nerv to‘qimasidan to‘zilgan va shaklan go‘yo yo’g‘on chilvirga o‘xshaydi. Orqa miya o‘zunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o‘ng va chap qismlarga bo‘linadi. Orqa miyaning atrof-chekkasida oq modda (nerv tolalarining to‘plami), o‘rtasida esa kul rang modda (nerv hujayralarining to‘plami) joylashganligini orqa miyaning ko‘ndalang kesigidan ko‘rish mumkin. Kul rang modda kesigi shaklan kapalakka o‘xshaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar, deb ataladi.
Orqa miyada nerv tutam bo‘lib joylashgan, qo‘zg‘alish periferiyadagi nerv uchlaridan, skelet muskullari, teri, shiliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv tolalarning tutamlari orqali nerv impulslari shaklida bosh miyaga etib boradi va bosh miyadan periferiyaga keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o‘tkazuvchi yo’llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo‘lmay, balki ongsiz reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo‘l-oyoq muskullarini, ko‘z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo‘ladigan bir qancha fiziologik jarayonlarni, ya’ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu markazlardan bir qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir.
Bosh miya kalla qutisida joylashgan bo‘lib, go‘yo orqa miya tepasidagi ustki qavat hisoblanadi.
Mutaxassislar tomonidan bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi 1-rasm.:
ketingi miya;
o‘rta miya;
oraliq miya;
oldingi miya.
Ketingi miyaga o‘zunchoq miya, Varoliy ko‘prigi va miyacha kiradi. O‘zunchoq miya bilan Varoliy ko‘prigi orqa miyaning go‘yo bevosita davomidir. Lekin shu bilan birga, o‘zunchoq miya orqa miyaga qaraganda xiyla murakkab vazifani o‘taydi. O‘zunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqoriroqdagi bo‘limlariga va, aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi bo‘limlaridan orqa miyaga impulslar o‘tib turadi. O‘zunchoq miya yadrolari emish, chaynash, yutish, so‘lak ajratish, me’da va me’da osti bezidan shira ajratish, qusish va shunga o‘xshash bir qancha murakkab reflektor jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishla shini idora etadigan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan markazlar o‘zunchoq miyadadir. Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo‘limlariga, shuningdek, yuqoriroqdagi qismlariga ko‘p yo’llar bilan mahkam bog‘langandir. Miyachaning juda qatta ahamiyatga ega eqanligi loaqal shundan ham ko‘rinadiki, miya cha olib tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funkstiyalari juda ham bo‘ziladi; harakatlar tartibsiz, chalkash, poyma-poy bo‘lib qoladi. Miyachasi olib tashlangan hayvon qaddini ko‘tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi va tanasi doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari keskin harakatlar qiladi.
O‘rta miya. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning tovush hamda yorug‘lik singari qo‘zg‘ovchilarga, shuningdek og‘irlik kuchiga nisbatan to‘g‘ri turishini idora etadigan to‘rt tepalik, qizil yadro va miyaning boshqa ba’zi bir uchastkalari o‘rta miya tarkibiga kiradi. O‘rta miyasi olib tashlangan mushuk, it va maymunlar normal harakat qila olmaydigan bo‘lib qoladi.
Oraliq miya muhim funkstiyalarni o‘taydigan bir qancha nerv uchastkalaridan iborat. Gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‘rta miya idora etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‘rta miyada deb taxmin qilinadi.
O‘zunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya va oraliq miya hammasi birgalikda miya dastasi yoki miya stvoli deb ataladi.
Oldingi miya va uning po‘sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan o‘shancha ko‘prok joy egallaydi. Oldingi miya ikkita yarim shardan – o‘ng va chap yarim sharlardan iborat. Bosh miyaning peshana bo‘ladigan ensa bo‘lagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o‘ng va chap yarim sharlari qadoq modda deb ataluvchi jism yordami bilan o‘zaro birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |