Mashqning borishi: Ishtirokchilar guruhining har bir ishtirokchisi qo‘liga alohida kartochkalarda “LIDER” va “FAROSAT” so‘zlari vertikal xolda yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Kartochkada so‘zlardagi harflar vertikal ko‘rinishda yozilgan bo‘lib, ishtirokchi har bir harfning ro‘parasiga o‘sha harf bilan boshlanadigan, va o‘zida mavjud deb hisoblagan shaxsiy sifatlarni ko‘p o‘ylamasdan yozib chiqishi kerak.
O‘yin mashqi maqsadi: ishtirokchilarda o‘z-o‘zini to‘g‘ri anglash va o‘ziga nisbatan senzitivlikni shakllantirishdan iborat.
“Sud yig‘ilishi”mashqi
Mashqning borishi: Ushbu o‘yinda ishtirokchilar quyidagi rollarga bo‘linadi: sudya, advokat jamoatchilik vakili, er, xotin, qaynona, qaynota.O‘yindagi vaziyat: er-xotinning ko‘proq jamoat ishlari bilan bandligidan norozi. Uningcha, xotin uy ishlarini bajarishi, konkret vaziyatda u yoki ishni, yoki oilani tanlashi kerak.
O‘yin mashqi maqsadi: Rolli o‘yin vositasida ziddiyatli sharoitlarda shaxslararo o‘zaro murosa yo‘llarini qidirish orqali er –xotin va boshqalardagi ayol vazifalariga nisbatan qotib qolgan fikrlarni, ya’ni ustanovkalarni o‘zgartirish. O‘yin ishtirokchilarida bu borada yangicha yondoshuvlarni shakllantirish bo‘yicha yo‘l –yo‘riqlarni ishlab chiqish.
Ishtirokchilar uchun topshiriqlar:
1. O‘yin metodlarining shaxs ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyatini tahlil qilish va esse yozish.
2. Mashg‘ulotlarda faol qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish.
Munozara metodlaridan foydalanish texnikasi
Reja:
1.Munozara metodi va uning ijtimoiy psixologik ahamiyati.
2.Munozara uchun mavzular tanlash.
3.Breynstorming metodi.
Kutilayotgan natija: Ishtirokchilarni faol ijtimoiy metodlardan biri bo‘lgan munozara metodlari bilan tanishtirish. Trening guruhi ishtirokchilarida munozara shaklida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnikasini hamda bunday mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Munozara metodlariga asoslangan trening mashqlari bilan tanishtirish, trening mashqlarining ahamiyatini o‘zlarida his etishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotning bosqichlari:
1.Rejaning birinchi savoli bo‘yicha ishtirokchilar bilan munozara o‘tkaziladi. Ijtimoiy psixologik muammolar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari haqida fikr yuritiladi. Ijtimoiy psixologik muammolarni hal etishda munozara metodlarining ahamiyati tahlil qilinadi.
2.Munozaralar uchun mavzu tanlashda jamiyatda mavjud psixologik muammolar asos qilib olinishi ta’kidlanadi. Munozara uchun quyidagi savolli mavzular tanlanishi mumkin:
YOmon rahbar – bu ...
YAxshi (yomon)ma’ro‘za – bu...
Agar kishi loqaydlik qilsa – ...
XXI asrda yoshlar qanday bo‘lishi kerak?...
Giyohvandlikka qarshi qanday kurashish mumkin?...
Oiladagi nizolarni qanday bartaraf etish mumkin?...
Erta turmush qurishning oqibatlari qanday bo‘lishi mumkin?...
Zo‘ravonlik – bu...
Do'stlaringiz bilan baham: |