DJ q M q O'fqB
Bu yerda;
DJ – didaktik (o'quv) jarayon;
M – o'quvchilarning o'qishga motivatsiyasi;
O'f –o'quvchining o'qish (o'zlashtirish) faoliyati;
B –o'quvchining bilish faoliyati boshqarish.
Pedagogika fanida ta'lim jarayonining ―yaxlitligi ―tizimliligi va ―kompleksligi tushunchalarini bir xil tashkil qilish mavjud emas. Ta'lim jarayonining yaxlitligi tushunchasi tizimlilik tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir.
Tizim – bu mustahkam birlikni va yaxlitlikni tashkil etadigan ko'plab o'zaro bog'langan elementlardir (tarkibiy qismlar). Ta'limni tizimli shunday talqin qilish ko'rinishida tasvirlab Ta'lim yaxlit tizim sifatida ko'plab o'zaro bog'liq elementlarni o'z ichiga olgan yaxlit tizim sifatida deb aytish mumkin: maqsad, o'quv axborotlari, pedagog va o'quvchining pedagogik kommunikatsiya (muloqot, aloqa) vositalari, ularning faoliyatlari shakllari va o'quvchilarning o'quv faoliyatlari va xulqini pedagogik boshqarishni amalga oshirish usullari.
1 Дьяченко В.Д. Оганизационная структура учебного процесса и его развитие. – Москва, Педагогика, 1984. – с. 44-45.
Ta'lim jarayonini tizim sifatida tizim tashkil qiluvchi tushunchalar mavjud bo'lib, ular sirasiga ta'lim masadi, o'qituvchi faoliyati, o‗quvchi faoliyati va natija kabilar kiradi. Bu jarayonning o'zgaruvchan tashkil etuvchi bo'lib boshqarish vositalari ishtirok etadi. Ular o'quv materiali mazmuni, ta'lim metodlari, ta'lim moddiy vositalari (ko'rgazmali, texnik, darsliklar, o'quv qo'llanmalari va boshqalar) va ta'limning tashkiliy shakllaridan iborat bo'ladi. Barcha tarkibiy qismlarning yaxlitligi va birligini birlashtiruvchi muloqotlar jarayonini o'z ichiga oluvchi dars uni tashkil etish va bilim olish borasidagi hamkorlikdan iborat ta'limiy faoliyati hisoblanadi.
Ta'lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi ―ta'lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta'lim funksiyasi ta'lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta'limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta'lim jarayonining uchta funksiyalarini ajratib ko'rsatadi: ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta'lim berish funksiyasi ta'lim jarayoni birinchi navbatda bilim, ko‗nikma va malakalarini shakllantirishga va ulardan amaliyotda foydalanishdan iborat bo'ladi. Bilim pedagogikada fan asoslari, tushunchalari, qoida, qonunlari, nazariyalarini xotirada saqlab qolish, tushunish va takrorlash sifatida belgilanadi. Bu funksiyasini to'la amalga oshirish bilimlarining to'laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliyligini ta'minlashi kerak. Bu esa ta'lim jarayonini yaxshi tashkil etishni, o'quv fani mazmunidan asosiy g‗oyalarni tushunish uchun muhim bo'lgan elementlari tushib qolmasligi, bilimlar umumiy tizimida uzilishlar bo'lmasligi kerak.
Zamonaviy didaktika bilimlar o'quvchining mahorati bilan egallanadi deb hisoblaydi. Demak, bilim berish faqat ―abstrakt‖ bilimlarni yuzaga keltirish emas, balki yangi bilimlarni olish va hayotiy masalalarni hal etishda undan foydalanish mahoratini rivojlantirishdan iboratdir.
Malaka deganda faoliyat usulini bilish, bilimlarini amaliyotda qo'llash olish qobiliyatini tushunish kerak. Bu xuddi bilimlaridan amalda foydalanish kabidir. Umumiy ko'nikma va malakalarga og'zaki va yozma nutqni bilishi, axborot materiallaridan foydalana bilishi, o'qishi, kitob bilan ishlash, referat yozish, ma'lumotnoma adabiyotlar bilan, bibliografik apparat bilan ishlash, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta'limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta'lim jarayonida bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'quvchining rivojlanishi sodir bo'lishini ko'rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo'nalishlarda sodir bo'ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyojsababli sohalari rivojlanadi. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o'qituvchi va o'quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o'zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta'limning o'quvchi shaxsini rivojlantirishga maxsus yo'naltirilganligi ―rivojlantiruvchi ta'lim termini bilan nomlandi. XX asr 60-yillaridan boshlab pedagogik fanda rivojlantiruvchi ta'limni qurishga turlicha yondoshishlar ishlab chiqiladi.
Bularning hammasi ta'limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o'quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob'ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o'rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.
Ta'lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Pedagogika fani tarbiya va ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik ta'lim va rivojlantirish o'rtasidagi bog'liqlik kabi ob'ektiv va qonuniy hisoblanadi deb hisoblaydi. Ammo ta'lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar ta'siri bilan (oila, mikromuhit va boshqalar) qiyinlashadi, bu tarbiyalashni ancha murakkab jarayonga aylantiradi.
Tarbiyalash funksiyasi. Ta'limning tarbiyalovchilik xususiyati – har qanday davrda ham va har qanday sharoitda ham shubhasiz doim amal qiladigan yaqqol namoyon bo'ladigan qonuniyatdir. Tarbiyaviy funksiyasi ta'lim mazmuni, shakli va metodlaridan tabiiy ravishda kelib chiqadi, lekin shu bilan birga u o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatlarini maxsus tashkil etish yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta'lim jarayonida shaxsning ma'naviy-ahloqiy va estetik tasavvurlari, dunyoqarashi tizimlari, jamiyatda odob qoidalariga amal qilish qobiliyati, unda qabul qilingan qonunlarni bajarish qobiliyati shakllantiriladi.
Ta'limning tarbiyalovchilik xususiyati birinchi navbatda ta'lim mazmuni hisoblanadi. Lekin barcha o'quv fanlari ham bir xilda tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarda bu xususiyat yuqori. Tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar mazmuni gumanitar fanlar bilan bir qatorda ko'p jihatdan o'quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish, ularning borliqni anglashlari, buning asosida ularda ijtimoiy hayot va faoliyatga nisbatan munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Ta'lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o'qituvchi va o'quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o'qish jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari, o'quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o'qituvchining rahbarlik qilish usuli hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatning eng qulay usuli demokratik usuli deb hisoblaydi. Bu usul o'quvchilarga insonparvarlik tuyg'usi asosida yondashishni anglatadi. Boshqa tomondan demokratik usul ta'lim jarayonida faoliyatlilikni va rahbarlik rolini samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |